Tabiiy fan


Download 0.72 Mb.
Sana10.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1184366
Bog'liq
tabiiy fan. 5-mavzu. Moddaning tuzilishi

Tabiiy fan


6
sinf
5-MAVZU. MODDA TUZILISHI
Tuzuvchi Toshkent viloyati Ohangaron tumani
22 – maktab Biologiya fani o‘qituvchisi
Holjigitova Barno Kadirovna

O‘tilgan mavzuni takrorlash

O‘tilgan mavzuni takrorlash


Tabiatni o‘rganishning turli metodlari mavjud:
1) Kuzatish va tavsiflash;
2) O‘lchovlar o‘tkazish;
3) Tajribalar o‘tkazish;
4) Taqqoslash;
5) Modellashtirish
Dushman ko‘zini chalg‘itish uchun zabralarda qanday moslanish paydo bo‘lgan?
Yo‘l – yo‘l chiziqlar
Bizga eng yaqin yulduz bu -
Quyosh – bizga eng yaqin yulduz
Biologiya fani nimani o‘rganadi?
Tirik tabiat va undagi o‘zgarishlarni
Globus nima?
Yer sharining modeli
Yer sayyorasida barcha tirik organizmlar yashaydigan qobiq nima deb atadi?
biosfera
Moddalar qanday holatda bo‘ladi?
MODDA TUZILISHI
Tabiatda moddalar gaz, suyuq va qattiq holatda uchraydi.
Gaz xususiy shakl va hajmga ega emas.
Gazlar idish shaklini va hajmini to‘liq egallaydi. Masalan, xonadagi havo. Gaz zarralardan tashkil topgan bo‘lib, ular to‘xtovsiz va tartibsiz harakatlanadi.
Suyuqlik biror idishga quyilsa, o‘sha idish shaklini egallaydi. Masalan, olma sharbati stakanga yoki piyolaga quyilganda, idish shaklini oladi.
MODDA TUZILISHI
Qattiq jismlar xususiy shakl va hajmga ega. Masalan, yog‘och qattiq jism, shuning uchun qattiq jismlar – stol, qalam va ruchka kabilar shaklini o‘zgartirmaydi.
Kichik bir tajriba o‘tkazamiz:
Moddalarning gaz, suyuq va qattiq holatda bo‘lishi moddaning tuzilishiga bog‘liq. Har bir modda o‘ziga xos xususiyatga ega. Moddalar ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda zarrachalardan tarkib topadi. Moddaning molekulasi shu moddaning juda mayda zarrachasidir. Suvning juda mayda zarrachasi – suv molekulasidir. Formulasi H2O
Zarralarning xossalarini qanday tushuntirish mumkin?
Moddaning zarralari o‘zgarmaydi. Barcha suv zarralari uchta holatda (qattiq, suyuq, gaz) ham bir xil. Ammo zarralarning joylashishi, harakati va ularning o‘zaro ta’sirlashuvi har bir holatda turlicha bo‘ladi.
Moddaning uch xil qattiq, suyuq, gaz holatiga uning agregat holati deyiladi.
1. Yonib turgan shamni kuzating. Undan oqib tushayotgan suyuqlik ma’lum vaqtdan soʻng qotadi. Bu jarayonni qanday izohlaysiz?
2. Un, shakar va tuz zarralarini taqqoslang.
3. Suv qanday tabiiy sharoitlarda uch xil holda bo‘la oladi?
4. Suv harorati 100 0C ga yetganda, u qanday holatga o‘tadi?
5. Oddiy paxta yog‘i (moyi), kungaboqar yog‘i (moyi) qishning sovuq va yozning issiq kunlarida nega har xil ko‘rinishlarga namoyon bo‘ladi?
6. Yer sharining qanday joylarida bir vaqtning o‘zida uch xildagi suv holatini ko‘rish mumkin?
7. Kundalik hayotda ishlatiladigan osh tuzi qattiq holatdan suyuq holatga va yoki suyuq holatdan qattiq holatga o‘tishi mumkinmi?
Mustahkamlash.
O‘tilgan mavzuni o‘qish va tabiatda mavjud uch xil holatdagi moddalar nomini yozib kelish:
Qattiq: _______________________________________________
Suyuq:_______________________________________________
Gaz:_________________________________________________
Vazifa
Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling