Tabiiy fanlar 1-sinf
Download 1.45 Mb.
|
1- sinftabiiy fanlar namuna slayd
Tabiiy fanlar 1-sinf Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida oʻqitish metodikasini takomillashtirish vazifasi belgilangan. Shunga muvofiq, oʻtgan vaqtda darsliklarni yangilash boʻyicha muayyan ishlar bajarildi. Xususan, ilgʻor xorijiy tajribalar asosida 1–4-sinf darsliklari yangidan tayyorlandi. 1-sinf Tabiiy fanlar darsligi to‘rt bobdan iborat 1-bob. Atrofimizdagi olam (9 soat) 2-bob. Vaqt (7 soat) 3-bob. Atrofimizdagi olam qanday tuzilgan? (9 soat) 4-bob. Meningsog‘lig‘im(8 soat) 1-bob. Atrofimizdagi olam O‘zim haqimda nimalarni bilaman? Sezgi organlari. Maktabgacha yo‘l. Atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiat. Sinfda nimalar bor: atrofimizdagi narsabuyumlar. Qanday o‘simliklar bo‘ladi? Qanday hayvonlar bo‘ladi? O‘rmon va o‘tloq nima? Hayvonot bog‘i nima? Kuz nima olib keladi? 2-bob. Vaqt Vaqt, vaqt o‘lchov birliklari. Yil fasllari. Tabiat qishga qanday tayyorlanadi? Qish hodisalari. Suvning holati. Tabiat hodisalari. 3-bob. Atrofimizdagi olam qanday tuzilgan? Daftar qanday paydo bo‘lgan? Idish-tovoq qanday ixtiro qilingan? Transport nima maqsadda ixtiro qilingan? Maishiy texnikalar bizga nima uchun kerak? Telefon qanday bo‘lgan? Uydagi xavfsizlik qoidalari. Ko‘chadagi xavfsizlik qoidalari. Transportdagi xavfsizlik qoidalari. 4-bob. Meningsog‘lig‘im Nimauchun qo‘limizni yuvamiz? Foydali muolajalar: cho‘milish, tishlarni yuvish. Qanday taomlar foydali? Insonga sport nima uchun kerak? Sog‘liqni qanday asrash kerak Yangi darsliklardagi topshiriq va vazifalarni bajarish orqali oʻquvchilarimizda boshlangʻich sinflarda bilimni baholaydigan PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA kabi xalqaro dasturlarning masalalarini yechish malaka koʻnikmasi shaklanadi. Yangi darsliklar metodikasi 4K modeliga asoslangan. Bu metodologiya bolalarning rivojlanishiga qaratilgan boʻlib, kollaboratsiya, kommunikativlik, kreativ va tanqidiy fikrlash kabi asosiy kompetensiyalarni qamrab oladi. 1-sinf tabiiy fanlar darslarida 4K modeli asosidan tasavvur etish, gʻoyalarni ilgari surish, dalillar keltirish, maʼlumot yetishmasligini taʼkidlash va izlash, oʻz gʻoyalarini shakllantirish va boshqalarning gʻoyalarini rivojlantirish, taxmin va mulohazalarini baholay olish, guruh maqsadlarini qabul qilish va umumiy natijani baholash kabilar oʻrin oladi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling