Tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi p f. f d.(phd) M. G`. Boratova


Download 18.63 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi18.63 Kb.
#1779766
Bog'liq
тақриз монография ИНСТИТУТ ingliz


Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi p.f.f.d.(phd) M.G`.Boratova tomonidan tayyorlangan Professional activity and independent education in the field of teaching biology” (Biologiyani o‘qitishda kasbiy faoliyat va mustaqil taʼlim” nomli monografiyasiga


TAQRIZ
Jahonda kadrlar tayyorlash tizimini intensiv taraqqiyot strategiyalariga moslashtirish, yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, raqamli ta'lim muhitida mustaqil bilim olish va tanqidiy tafakkurni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Milliy yuksalish yo'lida rivojlanayotgan Yangi O'zbekistonni xalqaro mezonlarga, zamon talablariga mos, yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash va talabalarni yetuk soha mutaxassisi sifatida mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlash dolzarb ahamiyatga molik vazifаlardan sanaladi.
Ushbu inchliz tilida yozilgan monografiya ham ana shunday dolzarb vazifalarni amalga oshirish masalasiga bag‘ishlangan. Unda biologiyani o‘qitishda kasbiy faoliyat va mustaqil taʼlim yuzasidan to‘plangan maʼlumotlar chuqur o‘rganilib, taʼlim tizimiga zamonaviy yondoshish, kasbiy faoliyat, mustaqil taʼlim, mustaqil ish, mustaqil taʼlimning tashkiliy shakli, didaktik maqsadi va o‘tkazish joyiga ko‘ra turlari, axborot-kommunikatsion taʼlim muhiti, mustaqil taʼlimni tashkil etish metodlari, ularning didaktik tizimi haqida maʼlumotlar tahlil qilingan va amaliyotga qo‘llanilgan bo`lib, pedagogika oliy ta’lim muassasalarining “Bilogiya o‘qitish metodikasi”, “Bilogiya”, “Biоlоgiya, qo`shimcha Tabiiy fanlar” ta`lim yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasiga mos ishlab chiqilgan.
Mazkur qo`llanma “Bilogiya o‘qitish metodikasi”, “Biologiya”, “Biоlоgiya, qo`shimcha Tabiiy fanlar” ta’lim yo‘nalishi “Bilogiya o‘qitish metodikasi” fanidan talabalarining mustaqil ta’limini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish va baholashni tizimli yo`lga qo`yish orqali kasbiy faoliyatga maqsadli tayyorlash masalalari yoritilgan. Ayniqsa, talabalarda axborot bilan mustaqil ishlash, tahliliy-kryeativ yondashuvni qaror toptirish, o'z-o'zini rivojlantirish ishtiyoqini oshirish kabi yo'nalishlarni rivojlantirish, kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan bo`lib, kasbiy tayyorgarlik va kasbiy faoliyat, talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil ta'limdan foydalanishning ilmiy-metodik xususiyatlari, kasbiy faoliyatga tayyorlashga yo'naltirilgan mustaqil ta'limning tarkibiy tuzilishi va usullari, biologiya o'qitish metodikasidan talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil ta'limdan foydalanishning amaliy tahlili to’g’risida ma’lumorlar berilgan.
Bu bo`lg`usi pedagoglarning egallayotgan kasbi va ixtisosligi bo`yicha kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish va ularni ilmiy dunyoqarashlarini yanada rivojlantirishga yordam beradi. Monografiyadagi har bir paragraf yuzasidan berilgan ma’lumotlar raqamli ta’lim muhitida talabalarni kasbiy faoliyatga va ixtisoslik fanlariga bo`lgan qiziqishlarini orttirishda, talaba mustaqil ta’limini auditoriyada va auditoriyadan tashqarida tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishda muhim manbaa bo`lib xizmat qiladi.
Muallif M.G`.Boratova tomonidan tayyorlangan Professional activity and independent education in the field of teaching biology” (Biologiyani o‘qitishda kasbiy faoliyat va mustaqil taʼlim) nomli monografiyasidan pedagog olimlar, tadqiqotchilar, ilmiy izlanuvchilar, maktab o`qituvchilari va oliy ta’lim muassasalari bakalavr talabalari, magistrlar foydalanishlari mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, M.G`.Boratova tomonidan tayyorlangan Professional activity and independent education in the field of teaching biology” (“Biologiyani o‘qitishda kasbiy faoliyat va mustaqil taʼlim) nomli monografiyasi ayni o`z vaqtida yozigan bo`lib, uni tayyorlashga qo`yilgan barcha talablarga javob beradi va mazkur monografiyani chop etish maqsadga muvofiq, deb hisoblayman.


Navoiy davlat pedagogika instituti
Tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya”
kafedrasi dotsenti, p.f.n.: Malikova A.R.
Download 18.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling