Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Hid bilish analizatori Ko’rish analizatori Ta’m bilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epidermofitiya kasalligi
Teri kasalliklari. Qo’tir - teri kasalligi bo’lib, uni qo’tir kanallari paydo qiladi. Kana teriga kirib, o’ziga
yo’l ochadi va badanni xaddan tashqari qattiq qichishtiradi, qichishish issiq paytda va kechasi kuchayadi. Teri qishinish jarayonida tirnalib, o’sha joylarida ba’zan ekzema, yiringli toshmalar, chipqonlar paydo bo’ladi. Odamga ko’tir kasalligi hayvonlardan, kishilarga yaqin bo’lganda yoki o’sha kishilarning buyumlaridan yuqadi. Kal va temiratki zamburug’lar qo’zg’atadigan kasallik bo’lib, teri va sochlarni, gohida tirnoqlarni shikastlantiradi. Bu kasalliklar juda yuqumli bo’lib, uzoq vaqtgacha davolanishni talab etadi. Kal va temiratka kasalligini qo’zg’atuvchilari kasal uy hayvonlari, mushuk, it, quyon va boshqa hayvonlarning junida bo’ladi. Kasallar darhol kasalxonaga yotqiziladi. Teri va soch kasalliklarini oldini olish badan terisi, ichki va tashqi kiyimni ozoda saqlashga doir gigiyena chora-tadbirlariga amal qilinishi talab qilinadi. Epidermofitiya kasalligi. Epidermisning shox qavatida parazitlik qilib yashaydigan va junga ta’sir qilmaydigan har xil turdagi zamburug’lar keltirib chiqaradi. Bu kasallikda oyoq gumbazlari, barmoqaro burmalar, chov burmalari terisi va boshqa joylar terisi shikastlanadi. Kasallik qichish bilan davom etadi. Terlash kuchayib shox qavati uvalanib turadi. Shuning natijasida kasallik qo’zg’atuvchilarining chuqurroq kirishi va ko’payishiga qulay sharoit tug’iladi. Badanning qichishib turadigan joylarida suv bilan to’lib, bir-biriga qo’shilib ketishiga moyil bo’ladigan yaltiroq pufakchalar yuzaga keladi. Ular yorilib, bezillab turadigan katta-katta eroziya qoldiradi. Kasallik surunkasiga davom etadi va davo hamisha ham samara beravermaydi. Tavsiya qilinganidek avvaliga qichishish va og’riq bartaraf qilinadi, so’ngra esa parazit yo’qotiladi.Kasallikning oldini olish shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishdan iboratdir. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling