Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Mayda gulli tog‘ rayhoni-


Download 309.35 Kb.
bet7/8
Sana05.05.2023
Hajmi309.35 Kb.
#1429565
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sabinabonu

Mayda gulli tog‘ rayhoni- Origanum tytthanthum Jontseh. Ko‘p yillik, poyasi tik o‘suvchi, ko‘p sonli, yuqori qismidan shoxlanuvchi balandligi 30-60 sm. Bargi tuxumsimon yoki uzunchoqroq, to‘mtoq asosi ponasimon chetlari tekkis, yuzasi tuksiz. Gullari o‘troq boshoqsimon yarim soyabonsimon qalqonsimon to‘pgullarga to‘plangan. Kosachasi 3 mm uzunlikda kalta tuklangan. Tojbargi och ko‘kish-pushti 5 mm uzunlikda. Yong‘oqchasi to‘q-qo‘ng‘ir 0,75 mm uzunlikda. Iyul-avgust oylarida gullab iyul-sentyabr oyida urug‘lari yetiladi. Tog‘larning o‘rta va pastki mintaqalaridagi toshli-shag‘alli joylarida o‘sadi. Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.


XULOSA
Men bu kurs ishini bajarish davomida Yalpizdoshlar oilasi haqida ilmiy maqolalardan va chet el adabiyotlaridan foydalandim va shu kabi mavzularni yotritib berdim.
1. Yalpizdoshlar oilasini tuzilishi va turlari.
Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi Yalpizkabilar kichik sinfi, Yalpiznamolar qabilasiga mansub yer yuzidagi eng yirik oilalardan biri hisoblanadi. Uning vakillari asosan issiq va mo`tadil iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan. Bu oilaga 200 ga yaqin turkum va 3000 tur kiradi. O`rta Osiyoda 53 turkumga mansub 360 tur, O`zbekistonda esa 39 turkumga mansub 238 tur, Farg`ona vodiysida esa 26 turkumga oid 59 tur o`sishi ma‘lum.
2. Yalpizdoshlar oilasi O’zbekistondagi tarqalishi.
O‘simliklar hayotiy shakllari Raunkiyer sistemasi ancha sodda va oson bo‘lib, u 5 ta tipdan iborat. O‘simliklar hayotiy shakllarini Raunkiyer sistemasi bo‘yicha quyidagicha joylashtirish mumkin: fanerofitlar (ya’ni daraxtlar) yo`q, xamefitlar bo‘yicha barcha yarimbuta, chalabuta va butalar bitta katta guruhga (chalabuta) bo‘linadi, ya`ni ular 73 turdan (30,6%) iborat. Eng ko‘p turlar ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklar tipiga to`g`ri keldi (gemikriptofitlar 145 turdan iborat (61%).
3.Yalpizdoshlar oilasi dorivorlik xususiyati.
Lamiaceae oilasining 26 turkumga mansub 69 turi dorivor shifobaxsh xususiyatga ega bolib, turkumlar orasida Lagochilus Bunge ex Benth. 11 ta, Ziziphora L. 8 ta, Salvia L. 7 ta, Dracocephalum L. 7 ta turga ega bo`lib yetakchilik qiladi. Perovskia Kar., Stachys L. 4 tadan, Mentha L., Nepeta L. 3 tadan, Lycopus L., Lamium L., Scutellaria L. 2 tadan, qolgan 14 turkumning faqat 1 tadan dorivor vakillari borligi ma`lum bo`ldi.

Download 309.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling