Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Download 309.35 Kb.
bet1/8
Sana05.05.2023
Hajmi309.35 Kb.
#1429565
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sabinabonu


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


TABIIY FANLAR FAKULTETI


BIOLOGIYA KAFEDRASI
5110400-Biologiya bakalavr ta’lim yo’nalishi II kurs
201-guruh talabasi
G’ANIYEVA SABINA BONUNING
BOTANIKA FANIDAN
«YALPIZDOSHLAR OILASINING TUZILISHI VA TURLARI »
Mavzusida tayyorlagan


KURS ISHI


Ilmiy rahbar: A.Nematov


Qo’qon – 2023

MAVZU: YALPIZDOSHLAR OILASINING TUZILISHI VA TURLARI
REJA:
KIRISH.
ASOSIY QISM.
1.Yalpizdoshlar oilasini tuzilishi va turlari .
2.Yalpizdoshlar oilasi O’zbekistonda tarqalishi.
3.Yalpizdoshlar oilasi dorivorlik xususiyati.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Ilovalar.

KIRISH.
Botanika - tiriklikning bir qismi bo‘lgan o‘simliklarni o‘rganuvchi fan hisoblanadi. «Botanika» so‘zi yunoncha «botane» so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘kat, o’t degan ma’noni bildiradi. Hozirgi kunda planetamizda 500 millionga yaqin o‘simlik turlari bo‘lib, planetamizning hamma joyida: 149 mln km2 iborat quruqlikda hamda 361 mln km2 maydonni egallagan okean va dengizlardan л tashkil topgan suvliklarda keng tarqalgandir.
Mana shu o‘simliklaming morfologik va anatomik tuzilishini, ulami tashqi muhit bilan hamda o'zaro munosabatlarini, ularda yuz beradigan barcha hayotiy jarayonlar: oziqlanish, fotosintez, nafas olish, ko’rpayish, transpiratsiya, moslashish kabi tiriklik xususiyatiarini, ulami evolutsion taraqqiyot jarayonidagi rivojlanishi hamda yer yuzi bo‘ylab tarqalish qonuniyatlarini, bu o‘simliklarni yaqin va uzoq belgilariga asoslanib filogenetik sistemaga solishni, o‘simliklardan ongli ravishda foydalanish hamda ularni muhofaza qilish yo‘llarini botanika fani o‘rganadi.
Kurs ishi maqsadi: O`zbekistonda tarqalgan Yalpiznamolar qabilasiga mansub o`simliklarining zamonaviy holati, o`simlik jamoalarining xilma-xilligi, tur tarkibi, turlar morfologiyasi, tarqalish mintaqalari, hayotiy shakllari, xalq xo`jaligi va xalq tabobati hamda ilmiy meditsinada qo`llanilish usullarini o`rganish.
Kurs ishi vazifasi: ─ Yalpiznamolar qabilasiga umumiy tavsif;
─Yalpiznamolar qabilasining zamonaviy holatini o`rganish;
─Yalpiznamolar qabilasining turlar tarkibini aniqlash, kamyob va endem turlarning kamyoblik maqomini o`rganish
─ ayrim vakillarining morfologiyasini, bioekologik xususiyatlarini o’rganish;
─ taksonomik tahlil;
─ hayotiy shakllari va tarqalish mintaqalarini yoritib berish;
─ xalq xo`jaligi va tabobatda ahamiyatini o`rganish;
Mavzuni dolzarbligi: O`zbekistonda olib borilgan botanik izlanishlar ichida aynan Yalpiznamolar qabilasiga bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlar, manbalar va ilmiy adabiyotlarning, shuningdek, oilaning turlari ro`yhatini tuzilmaganligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Kurs ishi predmeti: O`zbekiston florasi ko`plab foydali, dorivor, efir moyli va manzarali o`simlik turlariga boyligi bilan boshqa floralardan ajralib turadi. Aksariyat o`simlik turlari meditsinada, kulinariyada, ko`kalamzorlashtirish va shu boshqa sohalarda keng ishlatiladi. Biroq, O`zbekiston florasidagi foydali ahamiyatga ega o`simlik turlari, turkumlari va oilalari hali to`la to`kis o`rganilgan emas. Kishilarning kundalik hayotida yoki ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida mahalliy bioxilma-xillikdagi ko`plab o`simlik turlari hali o`z o`rnini topgani yo`q. Yana bir faktni aytish mumkinki, dunyo florasidagi 300 000 dan ortiq o`simlik turlaridan faqatgina 2500 ga yaqin o`simlik turlari odamlarning kundalik turmush tarzida u yoki bu darajada ishlatiladi, xalos.
Kurs ishi obyekti: O`zbekistonda tarqalgan Yalpiznamolar qabilasi vakillari;
Kurs ishi muammosi: Natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, olingan natijalar Lamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o‘simliklar dunyosidan oqilona foydalanish va uni saqlash tizimini ishlab chiqish uchun asos sifatida xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, u kamyob va yo‘qolib borayotgan dorivor o‘simlik turlarining davlat kadastrini tuzish uchun, yovvoyi dorivor o`simliklarni madaniylashtirishga doir o‘tkaziladigan izlanishlar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.



Download 309.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling