Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Biologiyada milliy qadriyatlarimiz hamda estetik tarbiya orqali sindirish


Download 174.34 Kb.
bet5/7
Sana30.04.2023
Hajmi174.34 Kb.
#1409628
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SARDORA

2.2 Biologiyada milliy qadriyatlarimiz hamda estetik tarbiya orqali sindirish.
Tabiat insonning ma’naviy boyligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tabiat kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida san’atning ilxomchisi, buyuk ijodning manbai bo‘lib kelgan. Yozuvchilar, rassomlar va bastakorlarning eng yaxshi asarlarida tabiatning go‘zal manzaralari tasvirlangan. Tabiat go‘zalligi ijodiy kayfiyat yaratadi, ijodkorga ko‘tarinki ruh beradi, odamda ijobiy xis-hayajon uyg‘otadi, did, xis va tuygularni tarbiyalaydi. Tabiatni muhofaza qilishning bu barcha jihatlari ma’lum darajada shartli ravishda ajratilgan bo‘lib, aslida ko‘pincha ular o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Hozirgi kunda, ya’ni fan-texnika taraqqiyoti davrida tabiatga va uning boyliklariga ta’sir ko‘rsatish tobora ortib bormoqda. Yerlardan maksimal foydalanish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, yer osti boyliklarini qidirib topish va ularni ishga solish, suv, tuproq, o‘simlik, hayvon resurslaridan foydalanish ko‘lami kengaymoqda. O‘z taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga mo’ljallay oladigan va tabiiy resurslardan o‘zi belgilagan maqsadi yo‘lida foydalanish imkoniga ega bo‘lgan jamiyatgina tabiatdan oqilona foydalana oladi, degan xulosa chiqadi. Televidenie, radio, video, kompyuter o’yinlari va shu kabi zamonaviy texnika vositalarini kundalik turmushimizdan mustahkam o’rin egallashi, jahon axborot oqimi ma’lumotlarini qisqa muddatda, ko’p miqdorda, jonli ko’rinishda, yuqori samarada xayotimizga kirib kelishi globallashuv jarayonining muhim xususiyatlaridan biridir. Zamonaviy texnika vositalari yordamida bunday axborotlar oqimining kirib kelishining yangi texnologiyalari,o’smir- yoshlarning axborot madaniyatiga katta ta’sir o’tkazadi. Ayni damda yoshlar axborot olish maqsadida bo’sh vaqtlarini ko’p qismini internet–kafelarda dunyoning turli chekkalaridagi axborot resurslaridan foydalanib o’tqazmoqda. Bunday axborot resurslaridan foydalanish, tashqi va ichki sharoitlarning o’zaro ta’siri, tarbiyalash va o’z–o’zini tarbiyalash, yoshlarni siyosiy jihatdan kamol toptirish, uning ijodiy faolligini rivojlantirishning qudratli vositasi sifatida muhim rol o’ynaydi. Ana shu murakkab jarayon tarbiyani, axloq printsiplarini yoshlarni fazilatlariga, uning xohish irodasini, yo’nalishlarini belgilaydigan xislatlarga aylantirish mexanizmidan iborat bo’lib, yoshlarga ta’sir o’tkazish va tarbiya sohasidagi aniq vazifalarni hal etish uchun foydalaniladigan vosita va usullar yig’indisi hamdir. Bu vosita va usullar faqat ijobiy, bunyodkorlik maqsadlarida emas, balki salbiy, vayronkorlik maqsadlarida ham birdek ko’prik vazifasini o’taydi. Bu esa bizning vatanimizda o’z maqsadlarini izlaydigan ko’pgina qudratli mamlakatlarning geopolitik maqsadlariga qo’l keladi. Xalqaro hamjamiyatda o’z mavqeini kuchaytirib borayotgan O’zbekistonga o’z mafkuraviy ta’sirini o’tkazishga urinayotgan kuchlar talaygina bo’lib, ular o’z manfaatlariga yo’naltirilgan mafkuraviy ta’sir ko’rsatish orqali yoshlarimizning ongi va qalbini egallab, yoshlar faoliyatini o’z ta’siriga olishga urinmoqdalar. Shu borada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan «Yoshlarimizning ba’zan soxta g’oyalar orqasidan ergashib ketayotgani biz uchun eng katta xavf, desam mubolag’a bo’lmaydi» – deb bildirgan xavotirli fikrlari juda o’rinlidir(Islom Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot – pirovard maqsadimiz. – T.: 2000, 466-bet.).
Globallashuv jarayonlari, bir tomondan, o’smirlarning dunyoqarashi shakllanishiga, jahondagi xalqlarning etnik xususiyatlari va turmush tarzi haqida ko’proq ma’lumot olishiga xizmat qilayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, ularning bir qismida milliy qadriyatlar, milliy ma’naviyatning nisbatan kamroq o’zlashtirilishiga sabab bo’lmoqda. Bu jarayonda, ayniqsa, televideniya, internet, kompyuter o’yinlari, kinoseriallarning ta’siri kuchli bo’lmoqda.
Kishilar xulq atvorini ma’lum yo’nalishda boshqarish, ular ongida manipulyator (boshqaruvchi)ga kerakli fikr va mulohazalarni tarkib toptirish maqsadida inson ruhiyatiga maqsadli ta’sir o’tkazish informatsion terrorizmning asosiy maqsadidir. Informatsion terrorizm atamasi ostida, shuningdek, qabul qilinayotgan axborotga tanqidiy ravishda munosabatda bo’lishga o’rin qoldirmaydigan, kishiga majburiy singdiriladigan tashviqot ham tushuniladi. Bunda uzluksiz, namoyishkorona, ochiq-oydin tarqatiladigan axborotlarning sifati, mazmuni bilan birgalikda ularning ko’lami, hajmi ham hisobga olinadi. Informatsion terrorchilar rasmiy ommaviy axborot vositalarida tarqatiladigan xabarlardan tashqari, shov-shuv, mish-mish tarqatish singari usullardan ham foydalanadilar.
Suhbatdoshga ta’sir o’tkazmoqchi bo’lgan odam, ya’ni manipulyatorning taktikasida juda keng ta’sir ko’rsatish yo’llari mavjud. Bunda har bir kishiga individual tarzda ta’sir ko’rsatishga harakat qilinadi. Shuning uchun bu xususda ma’lumotga egalik xavfga duchor bo’lmaslik uchun o’ziga xos psixologik himoya vazifasini bajara oladi. Manipulyatorning birinchi harakati-bu boshqa reallikdagi haqiqatni tasvirlab berishdan iborat. Bu ilk qadamda kerakli tasavvurni shakllantirish maqsad qilib olinadi va mavjud qadriyatlarga putur yetkazishga intiladilar. Shuning uchun inson birinchi o’rinda o’zidagi ichki ovoz, manipulyatorni ―o’chirishi lozim, bu ichki ovoz, ―urinib ko’ray-chi, shoyad ishim yurishib ketar degan yo’l-yo’riqni beradi. Ikkinchi o’rinda, o’zining shaxsiy ―bo’yin ildirgichi darajasini belgilab olishi lozim. Bu, ―Menga shu kerakmi yoki kerak emasmi?‖, ―Nega buncha tez va oson?‖ kabi savollarni o’ziga berishdir. Uchinchidan esa, shaxs manipulyatsion vaziyatlarga o’zining hissiy munosabatini o’rganib olish lozim, chunki yaxshi, mustahkam, turg’un himoya o’sha munosabat hisoblanadiki, uni antimanipulyativ xulq-atvor deb ko’rsatsak to’g’ri bo’ladi. Jamiyatimiz barqarorligi uchun esa bu juda ham muhim hisoblanadi. Uning yetarli darajada shakllanganligi terrorizmga qarshi kurashishda ijtimoiy asos bo’lib xizmat qiladi.
Antimanipulyativ xulq-atvor – o’zganing yo’rig’iga ko’r-ko’rona yurmay, birovlarning huquqini poymol etmasdan, o’z haq-huquqlarini bilish, unga rioya etish va talab qila olishdan iboratdir. Buni ―assertiv xulq deyiladi, uning ma’nosi shundaki, inson xatti harakatlari chegarasi, me’yorini bilib, unga rioya etadi va birovlarning haq-huquqini hurmat qilib, odob doirasida uni joyiga qo’yadi.
Globallashuv jarayonida shakllangan kosmopolitizm nazariyasi – «jahon davlati» tuzishni va «jahon fuqaroligi»ni targ’ib qiluvchi ta’limot bo’lib, «Vatan» tushunchasi nisbiy xarakterga ega ekanini ro’kach qiladi. Bu oqim jamiyat taraqqiyotining dastlabki, inson ijtimoiy-oilaviy muhitdan tashqarida yashashi mumkin bo’lmagan davrlarida «Vatan» tushunchasi muayyan ahamiyatga ega bo’lmagan, deb uqtiradi. Uningcha, bugungi kunda ayrim insonlarning Vatanga bog’lanib qolishi shaxs erkinliklarining cheklanishiga olib kelmoqda emish. Ayni paytda, kospolitik qarashlar ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy -madaniy munosabatlarning globallashuv jarayoni Vatan tuyg’usini global miqyosda tasavvur qilish imkoniyalarini beradi, degan nazariyaga ham asoslanishini ta’kidlash zarur.
Aytish mumkinki, Vatan tuyg’usi – inson ma’naviy kamolotining eng muhim mezoni bo’lib hisoblanadi. Vatanga muhabbat inson ma’naviyatini shakllantiruvchi omillardandir. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Inson o’zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo’ladi».
Inson biror jismoniy kasallikka chalinsa, uning oldini olish, davolash mumkin. Millat mahnaviyatining zaifligi, uning xarakteridagi xafsalasizlik, befarqlik, g’ayratsizlik, o’zaro ichki munosabatlarda aldamchilik, qo’pollik, johillik, xudbinlik, yalqovlik va boshqa nuqsonlarda namoyon bo’ladi. Demak, hozirgi o’zimizni o’zimiz barkamol qilishimizga to’sqinlik qilayotgan ma’naviy jarohatlarimizni davolashimiz uchun masalaga aniq, ya’ni real milliy xarakterni o’rganish va o’zgartirish omili sifatida yondashmog’imiz zarur. Natijada millatning o’z ahvoliga o’zining munosabati, ijobiy jihatlarni oshirish va qusurlarni mahrifiy yo’l bilan davolab, kuchlantirib, jahonning ilg’or millatlari safiga qo’shilishi mumkin.
Jamiyatning o’z ertasi va kelajagiga ishonchi o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi. Buning zamirida voyaga etayotgan har bir o’smir yoshning qalbida millat baxt saodati yo’lida fidoiylik, mashuliyat, xisslaridan tarkib topgan vantanparlik qadriyatlarining shakllanishi yotadi.
Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishda tabiatda ro‘y beradigan asosiy jarayonlarning rivojlanishi va o‘zaro ta’siri qonuniyatlari haqidagi bilim katta ahamiyatga ega. Busiz tabiiy jarayonlarga baho berish, ularni hisobga olish, tabiatga ko‘rsatilgan har qanday ta’sirning kelajakdagi oqibatini bilish mumkin emas. Insonning tabiat bilan o‘zaro ta’siri jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish usullari mukammallasha borgan sari jadallashadi va uning samaradorligi oshib boradi.
Hozirgi zamon qurilish texnikasi, transporta, aloqa vositalari katta shaharlarda ilgarigi manzilgohlarga qaraganda yuzlab, minglab marta ko‘p aholi joylashishiga, melioratsiya, cho‘llarni serunum yerlarga aylantirishga, seleksiya va naslchilikni rivojlantirishga, hosildor ekin, mevalar, mahsuldor chorva mollarini yaratishga imkon beradi.
Sanoat rivojlanishi bilan atrof-muhitning ifloslanishi kuchaydi. Keyingi yillarda sintetik materiallar, ko‘mir, neft, gazni qayta ishlab mahsulot chiqarish, kimyoviy ug‘itlar ishlab chiqarish, avtomobil, suv va havo transportining juda rivojlanib ketishi, buning ustiga bir qancha mamlakatlarda tabiatni muhofaza qilishning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi atrof-muhitning ifloslanishiga olib keldi.
Ishlab chiqarishdan chiqarib tashlanadigan chiqindi, qishloq xo‘jaligida o’g‘it, gerbitsid va boshqalar atrof-muhitni zararladi. Tabiiy boyliklarning ancha kamayib qolganligi va atrof-muhitning ifloslanayotganligi bir qancha mamlakat hukumatlarini tabiatni muxofoza qilish tadbirlarini ko‘rishga majbur etdi. Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda o‘rmon kesish tartibga solindi, daryolarda baliqni ko‘paytirish boshlandi, ov hayvonlariko‘paytirilmoqda, ovchilikda tartib o‘rnatildi va muxofaza qilinadigan hududlar kengaytirilmoqda.
Hammamizga ma’lumki, fan-texnika taraqqiyotining asosi energetikadir. Odam tosh asrida endigina olovdan foydalangan davrda o‘rtacha sutkasiga jon boshiga energiya iste’mol qilish 5 kkal. ga teng edi. O‘rta asrda bu raqam 12 ming kkal. ga yetdi. Yoqilgi sifatida ko‘mirdan foydalanish esa, 26 ming kkal. gacha ortdi. Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan mamlakatlarda jon boshiga sarflanadigan energiya 200 ming kkal. dan oshib ketdi.
Yer yagona mehnat predmeta bo‘lmay, balki umumiy mehnat predmeti bo‘lib, insoniyat uchun turli tabiiy mehnat predmetlarini ham beradi (o‘rmondagi daraxt, foydali qazilmalar va boshqalar). Mehnat vositalari, avvalo ishlab chiqarish qurollari insonning tabiatga ta’sir etishida va moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etadigan vositalardir. Kengroq ma’noda aytganda, mehnat vositalariga ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo‘lgan hamma moddiy sharoitlar kiradi (ishlab chiqarish binosi, shu bino joylashgan yer, aloqa vositalari va boshqa). Mehnat vositalaridan eng muhimi -mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar va boshqalar. Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga mehnat predmetlari, mehnat vositalari, geografik muhit, aholining
zichligi va ortishi, inson ehtiyojining o‘sishi, ilm-fan taraqqiyoti kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi zamonda fan ham bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib bormoqda. Yo‘naltirilgan rivojlanish boshqarishni o‘zining shu jihati bilan farq qiladiki, u o‘zida turli maqsadlarini birlashtiruvchilar harakati mujasamlash bilan birga rivojlanishiga umumiy yo’nalish beruvchi ta’qiqiy va me’yoriy chizimlar bilan cheklanadi .
Ekologik siyosat. Ekologik siyosat–bu atrofimizdagi tabiiy muhitga nisbatan bo‘lgan siyosat - bu termin oxirgi 7-10 yil ichida ancha taomilga kirib keldi. Bunday shariyatda siyosat deganda muyyan maqsadlariga erishish borasidagi davlat-maqsadlari, vazifalari va unga erishish vositalari tushiniladi .
Ekosiyosati termining paydo bo‘lishi insoniyat tomonidan siyosatdagi uchinchi o‘lchovi – ekologik o‘lchovining paydo bo‘lishini tan olish bo‘lsa, shu bilan birgalikda davlatning asosiy, iqtisodiy va ekologik maqsad va vazifalarni yagona tizim sifatida ko‘rinishidir.
N.F.Reymers (1994) bo’yicha ekosiyosat iyerarxiyasi to‘rt bosqich (daraja)da
tashkil topadi .
1. Xalqaro – global ekosiyosat jaxon tabiiy resurslarni salohiyati va ularning global joylashuvi, sotsial-iqtisodiy rivojlanishidagi ekologik cheklanishlarning xisobga olgan xolda xalqora –huquqiy, siyosat va tashqi siyosat aksiyalarni o‘tkazish .
2.Mintaqaviy ekosiyosat. Bu siyosat kontinent, sub kontinet va jahonning yirik mintaqalari (Yevropa,O‘rta Yer dengizi, Dunay xavzasi) chegaraviy quriqxonalarni tashkil etish, turli ifloslanishlarni havflarni suv orqali o‘tishni nazorat qilish maqsadidagi davlatlararo hamkorlikni yaratish va jonli tabiiy resurslarni ovlashning mintaqaviy me’yorlarni o‘rnatishni nazarda tutiladi.
3.Milliy ekosiyosat. Mazkur siyosat hududlarning tabiiy resurs salohiyati va ekologik xolatiga bog‘liq xalqaro shartnomalar va ijtimoiy–iqtisodiy boshqaruv yechimlari qabul qilish va amalga oshrishni nazarda tutadi.
4.Lokal (maxalliy) ekosiyosat. Bu siyosat ham davlat ekologik siyosatning aynan o‘xshashi bo‘lib, faqat u kichik hududiy birlashmalarni o‘z ichiga oladi.
Ekosiyosatning maqsadlari va vazifalari global va milliy darajada o‘rnatiladi. Mintaqaviy hususiyatlariga qarab konkretlashtiriladi, ustuvorlikka belgilanadi. Ekologik siyosat maqsadi va vazifalari orasida bir muncha bajarilishi
lozim bo‘lganlari aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining ekologik siyosati uning hozirgi paytda olib borayotgan davlat siyosati maqsadlariga va manfaatlariga aynan mos kelishi lozim. Ya’ni Respublikada ijtimoiy yunaltirilgan bozor munosabatlarini rivojlantirish strategiyasi O‘zbekiston Respublikasi ekosiyosatni shakllantirishda ustivorlik kasb etishi kerak. Ekosiyosatni amalga oshirishda davlatning o‘rni katta. Xorijiy tajribalarda ham aynan shu xolat kuzatiladi. Davlat keng miqyosdagi ekologik qonunchilik aktlariga va uni nazorat qilishning maxsus organlariga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining ekologik siyosati tabiatning alohida komponentlarini muxofaza qilishga o‘tishda va inson uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishda namoyon bo‘ladi. Bu siyosatni amalga oshirishi 117 O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi ustivor rivojlanishini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
BMT ning (1992 yil Rio-De-Jeneyro) «XXI kun tartibi» xujjatida «Muxit va
rivojlanish»xalqaro konferensiyasida barqaror rivojlanishning asosiy tamoyillari jaxon jamoatchiligi tomonidan e’tirof etildi.
O‘zbekistonda «Atrof muxitni muxofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 2005 yilgacha mo‘ljallangan davlat dasturi» va «Tabiatni muxofaza
qilish va O‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirishni ekologik ta’minotining milliy rejasi» ishlab chiqilgan. Mazkur xujjatlarda Respublika ekologik siyosati, uning maqsadlari, barqaror rivojlanishning asosiy tamoyillari va yo’nalishlari aniqlangan birlamchi va istiqbol dasturlari, tabiatni muhofoza qilishning yo‘nalishlari va insonlar uchun munosib yashash muhitini yaratish yullari belgilangan .
O‘zbekiston Respublikasining tabiatdan foydalanish sohasidagi strategik
maqsadlari quydagilar :
* aholining genetik salomatligini saqlash ;
* ekologik xavfsizlikni saqlash ;
* «inson–ishlab chiqarish va atrof muhit» o‘zaro aloqadorligini ta’minlovchi
ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy siyosatining uyg‘unligiga erishish ;
*atrof muhitni muxofaza qilishning mustaxkam moliyaviy resurslarni
shakllantirish, shuningdek, tabiiy resurs saloxiyatini tiklash;
* atrof muxitni muxofaza qilish va tabiiy resurslrdan foydalanishning iqtisodiy
mexanizmlarni takomilashtirish;
* tabiatdan foydalanishlar uchun iqtisodiy rag‘bat choralarni qo‘llash
imkoniyatlarni yaratish ;
* O‘zbekistoning tabiiy resurs salohiyatidan samarali foydalanish ;
* Biorang – barangligini saqlash .
Hozirgi kundagi ekosiyosatining eng muhim vazifalaridan biri – ekologik
noqulay hududlar (Surxandaryo viloyatining Sariosiyo tumani (Tojikiston
alyuminiy zavodi), Toshkent va Fargona viloyatlarning Tojikiston va Qirg‘iziston
Respublikalari bilan chegarodosh xududlari (radiaktiv chiqindilari ), Orol bo’yi
(Orol dengizining qurishi)da inson salomatligi va ekotizimlar uchun qulay
vaziyatni yaratish xisoblanadi.
Ekosiyosatni amalga oshirishda ichki va tashqi ob’ektiv ommilarga
asoslanadi, hamda aniq harakat yo’nalishi belgilanadi. Masalan: tabiatni quriqlash
qonunchiligining yagona tizimini ekologik ma’yorlarini xo‘jalik faoliyatining xalqaro ekologik standartlariga o‘tishi, tabiatdan foydalanish sohasida
boshqarishning samarali tuzilishi shakllantirish va x.k.


XULOSA
Men bu kurs ishini tayyorlash davomida biologiya fan nomzodlari va doktrantlari bilan maslahatlashdim va shu mavzularni yoritib berdim:


    1. Download 174.34 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling