O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA KAFEDRASI
5110400-Biologiya bakalavr ta’lim yo’nalishi III kurs
304-guruh talabasi
ABDULAZIZOVA SARDORANING
BIOLOGIYA O’QITISH TEXNOLOGIYALARI VA LOYIHALASH
Fanidan
« BIOLOGIYA TA’LIM TARBIYA UZVIYLIGIDA MILLIY QADRIYATLATLARNI SHAKLLANTIRISHNI LOYIHALASH»
Mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: O.Turdiyeva
Qo’qon – 2023
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………….3
I BOB . BIOLOGIYADA TA’LIM TARBIYA UZVIYLIGINI LOYIHALASH.
1.1 Biologiyani o`qitishda ta`lim tarbiyaning uzviyligini ta`minlash yo`llari.
………………………………………………………………………………...………..5
1.2 Biologiya fani orqali ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish.………………………………………………………………...………11
II BOB . MILLIY QADRIYATLATLARIMIZNI TA’LIM JARAYONIDA LOYIHALASH.
2.1 Biologiyani o`qitishda o`quvchilarni ma`naviy-ahloqiy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, jismoniy, gigiyenik, mehnat bilan tarbiyalash masalalari.……………………………………………………………………………17
2.2 Biologiyada milliy qadriyatlarimiz hamda estetik tarbiya orqali sindirish………………………………………………………………………………26
XULOSA……………………………………………………………………………...35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………..………..37
ILOVALAR…………………………………………………………………...……...41
KIRISH.
Kurs ishi maqsadi: Umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey va kasb hunar kolleji ta’limi oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, ilm-fanning so’nggi yutuqlarini amalyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy, kasb-hunarli, milliy va umuminsoniy qadiryatlar ruhida tarbiyalangan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan barkamol shaxsni kamolga yetkazish, ularning ongiga milliy istiqlol g’oyalarini singdirish kabi qator vazifalarni amalga oshirish lozim. Ushbu vazifalarni hal etishda ta’lim muassasalarining pedogogik jamoasi, xususan har bir fan o’qituvchisi o’z pedogogik faoliyatida tub burilish yasashi zarur.
Kurs ishi vazifasi: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinfida o’qitiladigan biologiya o’quv kursidan o’quvchilarga organik olamning turli-tumanligi, sitologiya asoslari, hujayra va organizmda kechadigan hayotiy jarayonlar, ko’payish, individual rivojlanish, irsiyat va o’zgaruvchanlik, o’simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar selektsiyasi haqida bilim beriladi. O’quvchilarning kasb hunarga moyilligini nazarda tutgan holda biologiyani o’qitishda ko’proq amaliy masalalarga, ayniqsa qishloq xo’jalik, tibbiyot, o’rmonchilik, baliqchilik, oziq ovqat hamda xalq xo’jaligining boshqa sohalarida biologiyaning tutgan o’rni ko’proq ahamiyat qaratiladi.
Mavzuni dolzarbligi: O’zbek xalqi o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan buyon yoshlarimiz va bolalarimiz ma’naviy - ahloqiy tarbiyasi tizimida Vatan tuyg’usi, vatanga e’tiqod, vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvat his-tuyg’ularini shakllantirish, ularni o’z xalqi va vatanining sodiq farzandlari qilib tarbiyalash hayotimiz ma’naviyati va mazmuniga aylanmoqda. Vatanparvarlik kishilarning eng qadimiy va asrlar davomida sayqal topgan tuyg’ularidan biri bo’lib, hamma vaqt konkret – ijtimoiy psixologikmazmunga, o’ziga xoslikka ega
Kurs ishi predmeti: Insonning ma’naviy yetukligi undagi vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvat qadriyatlarini shakllanishi zamirida paydo bo’luvchi, shakllanuvchi va shaxs ma’naviyatini belgilovchi qadriyatlar bilan belgilanadi
Kurs ishi obyekti: Shahrimizdagi umumta`lim maktablari o`quvchi yoshlari vaoliyta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan talaba yoshlarda vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirish faoliyatini tashkil etish. Ta’lim muassasalaridamavjud darsliklar ma’lumoti, pedagogika va psixologiya to’g’risidagi oliy ta’lim darsliklari, biologiya o’qitish metodikasi haqidagi darslik va qo’llanmalar, to’g’ri internet ma’lumotlarini uyg’unlashtirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |