Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Biologiyani o`qitishda ta`lim tarbiyaning uzviyligini ta`minlash yo`llari


Download 174.34 Kb.
bet2/7
Sana30.04.2023
Hajmi174.34 Kb.
#1409628
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SARDORA

1.1Biologiyani o`qitishda ta`lim tarbiyaning uzviyligini ta`minlash yo`llari
O`zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma`naviya hloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog`liq bo`lgan uzluksiz ta`lim tizimi orqali barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi.shakllantirishni talab etadi. Tabiat to`g`risidagi yetakchi fanlarning biri sanalgan biologiya zimmasiga o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ancha ma`suliyatli vazifalar tushadi. Shu sababli, ham maktab biologiya o`quv fanining mazmuni o`quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirshida katta imkoniyatlarga ega.
Mazkur tizim o`zida o`quvchilar tomonidan fan asoslarini mustahkam o`zlashtirishlari barobarida, ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish, o`quvchilarni ma`naviaxloqiy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, jismoniy, gigiyenik, mehnat va bayramlar tarbiyalash masalalarini mujassamlashtiradi.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. O`quvchilarning biologiya o`quv fanini o`rganishi biologik ob`yektlarning tuzilishi, rivojlanishi va hayot faoliyati qonuniyatlarini tushunishga olib keladi. Bu bilimlar o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va z`tiqodlari sitemasini tashkil etadi. O`quvchilarning ilmiy dunyoqarashi biologik qonuniyatlarni «tabiatinsonjamiyat» munosabatlarining tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tushunishga asoslanadi.
«Ilmiy dunyoqarash» tushunchasiga biologiya o`qitish metodikasining turli manbalarida turlicha yondoshilgan. Jumladan, B.Ye.Raykov ilmiy dunyoqarash tushunchasini «dunyo haqidagi bilimlar majmuasi», V.V. Vsesvyagskiy «tabiatga nisbatan to`g`ri qarashlar majmuasi», N.M.Verzilin va V.M.Korsunskaya «insonning atrof muhitga munosabati, jamoa va jamiyatdagi xulqatvorini aniqlaydigan ilmiy tasavvurlar va tushunchalar tizimi» deb ta`rif berganlar.
Pedagogik ensiklopediyada «ilmiy dunyoqarash falsafiy, ilmiy, siyosiy, iqtisodiy, hukuqiy, axloqiy, estetik va e`tiqodlar yig`indisi, insonning moddiy borliq haqidagi qarashlari majmuasi hisoblanib, shular asosida inson tabiat va ijtimoiy muhitga o`z munosabatini namoyon etadi» deb ta`rif berilgan.Biologiya o`qitishda o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish uchun quyidagi shart-sharoitlarni vujudga keltirish zarur:
1. O`qituvchilar tomonidan o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ahamiyatga molik biologik g`oya, nazariya va tushunchalarni chuqur ilmiy falsafiy nuqtai nazardan tushunishi.
2. O`qitish jarayoni (mavzu, o`quvchilarnnng o`quvbilish faoliyati)ning har bir bosqichida o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda tutgan o`rnini tahlil qilish va aniqlash.
3. Biologiya o`qitishda o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashiga asos bo`ladigan tushunchalarning mazmuni va mohiyatini anglashlari, tabiiy hodisalarning sabablarini aniqlash va dalillashda, o`quv muammolarini hal etishda boshqa o`quv fanlaridan o`zlashtirgan bilimlariga asoslanishi, ya`ni nafaqat tabiiymatematik, balki ijtimoiygumanitar o`quv fanlari bilan fanlararo bog`lanishlarni amalga oshirish.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda o`quvchilar tafakkurining rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Biologiya o`quv fanlarining mazmuni dialektikmaterialistik nuqtai nazardan yoritilishi, o`quvchilar tomonidan organik olam va unda sodir bo`ladigan o`zgarishlarni tushunibgina qolmasdan, balki tirik organizmlarda boradigan hayotiy jarayonlarning mohiyati, mazkur jarayonlarga ta`sir ko`rsatadigan omillar, tirik organizmlarning yashash muhitiga moslashishi va xilma xilligining sabablarini anglaydilar.
Ma`naviy-axloqiy tarbiya. Insonning ma`naviyati uning ongida aks etgan barcha ijobiy ruhiy, intellektual fazilatlar, axloq esa umuminsoniy va millatning milliy qadriyatlari asosida jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma`qullangan xulqatvor me`yorlari majmuasi sanaladi. Barkamol shaxsni kamolga yetkazishda ma`naviaxloqiy yetuklik muhim ahamiyat kasb etadi.Shu sababli, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz taьlimni isloh qilish yo`nalishlaridan biri «milliy mustaqillik prinsiplari va halqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta`limning barcha darajalari va bo`limlarida ta`lim oluvchilarning ma`naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish deb belgilangan.Ma`naviy axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri biologiyani o`rganish jarayonida o`quvchilarda tabiat, mehnat, insonlarga nisbatan e`tiborli munosabatda bo`lish, tabiiy boyliklardan tejabtergab foydalanish, topshirilgan vazifalarni to`lato`kis, sifatli bajarish, rasmiylashtirish, ongli intizom, burch va ma`suliyatni tarkib toptirish, insonning qadrqimmatini hurmat qilishga o`rgatish sanaladi.
Vatanparvarlik tarbiyasi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta`lim tizimi orqali ijodkor, ijtimoiy faol, ma`naviy boy shaxs shakllanishi nazarda tutilgan. Shaxsning bu xususiyatlari o`quvbilish, ijtimoiy foydali mehnat jarayonida ko`zga tashlanadi. Maktab biologiya o`quv fanlari o`quvchilarda vaganparvarlik tuyg`usini shakllantirishda muhim o`rin tutadi.
O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samaradorligi quyidagilarga bog`liq:
1. O`quvchilarning xissiyotiga ta`yyor ko`rsatadigan o`quv materiallarini tanlash;
2.Tanlangan o`quv materialining o`rganilayotgan o`quv materiali bilan uzviyligini ta`minlash orqali mayishiy g`ururni shakllantirish;
3.O`qituvchi tomonidan o`quv materiallarini ehtirosli bayon etish;
4.O`quvchilarning o`quvbilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishda samarali metod va vositalardan foydalanish;
5.O`quvchilarni o`rganilayotgan mavzu mazmuni bilan bog`liq holda kasb tanlashga, Vatanning ravnaqi va mustaqillikning mustahkamlanishiga hissa qo`shishga safarbar etish;
6. Sharq ma`naviyati durdonalari, hadislar, hikmatli hikoyalar va afsonalardan foydalanish.

Vatanparvarlik tarbiyasi o`qitishning barcha shakllarida, shu jumladan, sinfdan tashqari mashg`ulotlarida amalga oshirish, bunda vatanni madh etuvchi she`rlar, qo`shiqlar, san`at asarlari, ma`naviyat durdonalaridan foydalanish tavsiya etiladi.


Ekologik tarbiya. «Hozir XX1 asr bo`sag`asida, fan texnika taraqiyoti jadal sur`atlar bilan rivojlanib bormoqda. Dunyoning jo`g`rofiy siyosiy tuzilishi o`zgarmokda. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko`rsatilayotgan ta`sirini tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o`zaro ta`sirini uyg`unlashtirish, inson va tabiatning o`zaro munosabatlarida muvozanatga. erishish muammolari borgan sari dolzarb bo`lib qolmoqda» Sayyoramizda ekologik muammolar va tanglik yuz berayotgan jarayonda o`quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish zarurati kelib chiqadi.
Ekologik madaniyat umumiy madaniyatning muhim tarkibiy qismi sanalib, shaxsning ma`naviy hayoti va kundalik hayotida hatti harakat shaklida namoyon bo`ladigan, hayotning va tabiatning bebaho ahamiyatini anglash, ularni asrab avaylash, muhofaza qilishda faollik ko`rsatish kabi sifatlarni o`z ichiga oladi.
Ushbu madaniyat albatta o`quvchilarning ekologik ta`lim va tarbiyasi asosida vujudga keladi. Ekologik ta`lim tarbiyaning asosiy vazifasi o`quvchilarda tabiatga nisbatan burch va ma`suliyat, ongli munosabatni tarkib toptirish, sharqona odob ahloq me`yorlariga mos xulq atvorni shakllantirish sanaladi.
1. O`quvchilar tomonidan tabiatning yaxlitligi, jamiyat va tabiatning o`zaro aloqadorligi haqidagi ilmiy bilimlarni o`zlashtirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishga asos bo`ladigan ekologik bilim, ko`nikma va malakalarni egallashga erishish;
2. Tabiat va uning tarkibiy qismlarining keng maьnodagi ahamiyatini tushunish, tiklanadigan va tiklanmaydigan boyliklarning farqiga yetish.
3. Tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish, atrofmuhitning tozaligini asrash, ko`kalamzorlashtirish va tabiiy boyliklarni ko`paytirish uchun amalga oshiriladigan tadbirlar, ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish manfatlarini shakllantirsh. O’smirlarda vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantirish jarayonida ommaviy axborot vositalari xizmatidan samarali foydalanish va ularning rolini oshirish, ana shu maqsadda ommaviy axborot vositalari bilan o’smir-yoshlar o’rtasida ijodiy hamkorlikka erishish, ularning faoliyatiga jamoatchilik bahosini berish tizimini ishlab chiqish va bu tizimning to’laqonli ishlashini tahminlashga erishish. O’smir yoshlarda vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantirishda axborotning elektron va bosma manbalariga asosiy e’tiborini qaratiladi
"Axborot"tushunchasi bugungi kunda global mohiyat kasb etmoqda.Uo’smir tafakkuriga turli yo’nalishlarda ta’sir o’tkazuvchi, yaxlit o’smir hayotini va taqdirini u yoki bu tomonga burib yuboruvchi, goh salbiy goh ijobiy mohiyat kasb etuvchi qudratli vositaga aylandi.
Aslini olganda axborot tushunchasi dunyo qarashni ifodalaydigan barcha bilimlar sohasida qadimdan mavjud bo’lgan.Kibernetikaning kelib chiqishi va rivojlanishi bu tushunchani "aloqa" va "boshqaruv"tushunchalari bilan birga keng qo’llanilishiga olib keldi.Hozirgi vaqtda axborotlarni hosil qilish, qayta ishlash, saqlash, ko’paytirish va tarqatish alohida ilmiy sohani – informatika sohasini tashkil etadi.Bu lotinchada tanishtirish, tushuntirish, sharq tillarida esa xabar, axborot ma’nosini bildiradi.
Axborot sohasining tez sur’atlar bilan o’sishi, uni avtomatlashtirish usullarining shiddat bilan rivojlantirilishi kompoyuterlarning yaratilishiga va kishilik hayotining turli sohalarini kompoyuterlashtirishga olib keldi.Bu esa o’z navbatida bugungi kunda g’oyatda tezkorlik bilan o’sib borayotgan "Axborotli jamiyat" nazariyasini maydonga keltirdi.
Kompoyuterlashtirilgan dunyo, yalpi axborotlashtirilgan globaltizimning vujudga kelishi millatlar, xalqlarni bir- biriga bog’labqo’ydi.Axborot olish, uni ishlash, saqlash va tarqatish texnologiyasining tasavvur qilib bo’lmaydigan darajadagi taraqqiyoti bugun jiddiy tashvishlar tug’dirmoqda.Chunki hozirgi zamon kompoyuterlarining eng so’nggi avlodi har birining protsessorida 80-100 million transistor bo’lib har soniyada ikki milliardgacha vazifani bajara oladi.Axborot texnologiyasining ana shunday mo’jizasi tufayli xohlagan kishi Yer yuzining xohlagan nuqtasidagi odam bilan soniyalarda aloqa o’rnatishi, muammoni lahzalarda hal etishi mumkin.Ana shu holatning o’zi o’smir faoliyatini, tafakkur tarzini, axloqiy me’yorlarini, olamga munosabatlarini, yaxlit olganda esa yangi yuz yillikdagi o’smir hayoti va taqdirini ifoda etadi. Boshqacha qilib aytganda, XXI asr sivilizatsiyasi axborot xuruji, informatsion-psixologi kurush qiyofasida o’zini namoyon etmoqda.
Insoniyatning kelajakdagi taqdiri va istiqboli xususida o’ylar ekanmiz, axborot texnologiyasi mohiyati, uning taraqqiyoti,o’smir va o’smiriyat hayotiga ta’sir o’tkazishi omillarini chuqur o’rganishni taqozo etadi.



Download 174.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling