Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi
Biologiyani o`qitishda o`quvchilarni ma`naviy-ahloqiy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, jismoniy, gigiyenik, mehnat bilan tarbiyalash masalalari
Download 174.34 Kb.
|
SARDORA
2.1 Biologiyani o`qitishda o`quvchilarni ma`naviy-ahloqiy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, jismoniy, gigiyenik, mehnat bilan tarbiyalash masalalari.
O’zbekistonda ta’lim tizimining asosiy maqsad va mohiyatidan kelib chiqib shuni e’tirof etish mumkinki, yoshlar ongiga mustaqillikni mustahkamlash, xalqi bilan faxrlanish, vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantirishda ―pedagog-o’smir, tarbiyachi-tarbiyalanuvchi munosabatlarida mamlakatda ozod va obod Vatanni, erkin va farovon hayotni barpo etish bevosita o’smir yoshlarga bog’liqligini tushuntirishdir. Buni amalga oshirish uchun esa ta’lim jarayonida ularning jamiyat taraqqiyoti va ravnaqini ta’minlash, shuningdek, yoshlar tomonidan dunyoviy bilimlarning puxta o’zlashtirilishida muhim ahamiyat kasb etuvchi fanlar asoslarini o’zlashtirishga bo’lgan ehtiyoj hamda qiziqishni qaror toptirishga e’tibor qaratish lozim. O’smirlarda vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirishda zo’rlash, majburlash usullaridan qochish lozim. O’smir yoshlarda vatanparvarlik qadriyatlarini shakllantirish o’ta mas’uliyatli vazifa bo’lib, bu ish bevosita tarbiyachi–-o’qituvchilardan o’ta yuksak pedagogik mahoratni, pedagogik etika va insoniy madaniyat, psixologik savodxonlik darajasini talab etadi Vatanparvarlik qadriyatlari avvalambor, o’zbek oilasidagi tarbiya an’analari va ularni takomillashtirish, milliy qadriyatlarimizni turmush tarzining ajralmas bo’lagiga aylantirish, o’zaro muloqotda Sharqona madaniyat va zamonaviy shakllarni uyg’unlashtirish, xalqimizga ota meros mehnat tarbiyasi, uning farovon hayotning asosi sifatida qadrlanishiga erishish orqali shakllanib boradi. Mahallada o’smirlar o’rtasida vatanparvarvarlik g’oyalarini targ’ib etuvchi qiziqarli tadbirlarningkeng ko’lam va yuksak saviyada tashkil etish an’anasini rivojlantirish oila va mahalla hamkorliginingdolzarb vazifalridan sanaladi. Vatanparvarlik qadriyatlarini shakllanishining ichki shaxsiy munosabatlarning manbai o’smir faoliyati, muloqot va munosabat jarayonlari hisoblanadi. Ular o’zgarishi, barqaror-beqaror tus olishi, yoki yo’qolib ketishi mumkin.O’smirlar o’rtasida ijobiy shaxslararo munosabatlari jtimoiy adaptatsiya, ya’ni ijtimoiy vaziyat va munosabatlarga muvoffaqiyatli moslashish imkonini beradi. Ularda boshqalarga keraklilik hissini shakllanishiga imkon beradi. O’smir yoshlarda eng yuqori qadriyatlardan hisoblangan, Vatanparvarlik qadriyatlarini shakllanishida oila, ta’lim va tarbiyaning uzluksizligi katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada pedagogik talablarning o’smir shaxsiga ijobiy ta’sir etishi, o’smir tarbiyasi uchun mutasaddi bo’lgan mutaxsisslar, ota onalar uchun psixologik savodxonlik darajasini yuqori bo’lishligini talab qiladi aks holda butalablar o’smir shaxsi uchun o’ziga xos bosim sifatida qabul qilinadi. O’smir shaxsida ijtimoiy muhitdan begonalashuv,norozilik hissini shakllanishiga olib keladi.O’smirlik yoshiga xos ushbu xususiyatlarni tarkib topishida ulardagi hayotiy tajribaning yetishmasligi, o’z fikr va mulohazalarida tezkor, ayrim hollarda o’ylanmasdan qarorlar qabul qilishlari sabab bo’ladi . Yuqoridagilarni ta’kidlagan holda o’smirlarda vatanparvarlik qadriyatlarini shaklanishida quyidagi xulosa va amaliy tavsiyalarni keltirib o’tamiz 1. Vatanparvarlik qadriyatlarini shakllanishi o’smirlarda mustaqillik, intiluvchanlik,insonparvarlik kabi shaxs sifatlarini tarkib topishi bilan bog’liq.Bu borada ulardagi xissiy irodaviy xususiyatlarni tarbiyalab borishda o’smirlar bilan bevosita psixologik tashviqot va targ’ibot ishlarini olib borish zarur. 2. Mustaqillik yillari ishga tushirilgan va millatning faxriga aylangan sanoat korxonalarga,ekskursilar uyushtirish, ularda mehnat qilayotgan el hurmatiga sazovor bo’lgan insonlar bilan suhbatlar o’tkazish. 3. O’smirlardagi hayotiy, istiqbolli rejalarini Vatan, millat,xalq taqdiri bilan hamohanglikda idrok etishga yo’naltirish. Amaliy tavsiyalar 4. Vatanparvarlik yoki vatanparvarlik mavzuiga aloqador ilmiy-tadqiqot ishlarida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aholi bilan bog’liq holda shakllanayotgan vatanparvarliktushunchasi ilmiy kontseptsiyaga tayanisho’smirlarda vatanparavarlik qadriyatlarini shakllantirshborasidagi ta’lim –tarbiya ishlari samaradorligini oshiradi. 5. Yoshlar o’rtasida vatanparvarlikni shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimi, xususan, undao’smirlardagi ijtimoiy psixologik, individual tipologik xususiyatlarni o’rganishning o’rni muhimomildir. 6. Ta’lim muassasalarida har bir o’qitiladigan mavzularni fan o’qituvchilari Vatanmavzusi bilan bog’lash va bu sohada yirik ilmiy meros qodirgan vatandoshlarimizni eslatish. 7. Oilalarda o’smirlarni vatanparlik qadriyatlarini shakllantirish borasida mahalla fuqarolaryig’ini tomonidan targ’ibot-tashviqot ishlarini etnopsixologik xususiyatlarimizga xos tarzda olibborilishiga erishish . 8. O’smir Yoshlar o’rtasida vatanparvarlik va baynalminalchilik xisslarini kuchaytirish pedagogik psixologiya va ijtimoiy psixologiya fanlari bo’yicha o’quv qo’llanmalarini tayyorlashzaruriyati yuzaga keldi. 9. O’zbekistonda ommaviy axborot vositalari gazetalar, jurnallar va Veb-saytlarda vatanparvarlik to’g’risidagi ma’lumotlarni kengtarzda berib borish zarur. 10. O’zbekfilm studiyasi badiiy saviyasi yuqori vatanparvarlik tuyg’usidagi badiiy filmlarni yaratishda izlanishlar olib borishlari hayotiy zarur. 11. O’smir yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish. Biologiya fanlarini, jumladan biologiyani o‘qitishning samarasini keskin oshirish uchun quyidagi mummolarni hal etish zarur: - o‘qitishning barcha shakllari - dars va sinfdan tashqi mashg’ulotlaruchun ta‘lim va tarbiyaning samarali zamonaviy vositalarini ishlab chiqish va uni ta‘lim jarayoniga joriy etish; -biologiyani mustaqil o‘rganishning samarali metodlarini ishlabchiqish va joriy etish; . - bilim olishni individuallashtirish, o‘qitishni o‘quvchilarningqobiliyati va tayyorgarlik darajasiga binoan tabaqalashtirish; - o‘qitishni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar asosidatashkil etish; , - o‘quv-metodik adabiyotlarning ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalariga moslangan yangi avlodini yaratish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish; - biologiya ta’limida xalqimizning boy ma’naviy va ilmiy me’rosidankeng foydalanish; -biologik ta‘limni uquvchilarning faol mustaqil faoliyatiga asoslanib tashkil etishga imkon beradigan vositalarni ishlab chiqish; : - o‘quvchining o‘z bilimini o‘zi baholashi va nazorat qilishitexnologiyasini o‘quv jarayoniga tadbiq etish orqali uning mehnatini yengillashtiradigan va rag’batlantiradigan demokratik tamoyillarini:rivojlantirish; - o‘qitish jarayonida o‘quvchilar ongiga milliy istiqlol g’oyalarinisingdirish. -pedagogik jarayonning demokratik tamoyilda qayta qurish,rivojlantirish o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini rag‘batlantirish va belgilangan maqsadga yo‘naltirish; ularning individual faoliyatinicheklamaslik, mashg‘ulotni o‘quvchilar xohishi va istaklariga qarab tashkiletishni taqozo etadi. Yuqorida keltirilgan tamoyillarni amalga oshirish ta‘limni davlat va ijtimoiy talablarga mos holda qayta qurish va rivojlantirishni talab etadi. Buning uchun o‘qitishning barcha shakllari - darslar, dars va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiyalardan hamda o‘qitish vositalari va metodlaridan samarali foydalanish, pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishning metodik asoslarini ishlab chiqish, ta‘lim tarbiyaning uzviyligini ta‘minlash zarur bo‘ladi. Ta‘lim tarbiyaning uzviyligi o‘quv jarayonini aqliy, ahloqiy, vatanparvarlik, jismoniy, gigienik, mehnat, iqtisodiy, estetik, ekologik tarbiya bilan birga olib borish orqali ta’minlanad Vatanparvarlik tarbiyasi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’lim tizimi orqali ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi nazarda tutilgan. Shaxsning bu xususiyatlari o’quvbilish, ijtimoiy foydali mehnat jarayonida ko’zga tashlanadi. Maktab biologiya o’quv fanlari o’quvchilarda vaganparvarlik tuyg’usini shakllantirishda muhim o’rin tutadi. O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samaradorligi quyidagilarga bog’liq: 1. O’quvchilarning xissiyotiga tayyor ko’rsatadigan o’quv materiallarini tanlash; 2.Tanlangan o’quv materialining o’rganilayotgan o’quv materiali bilan uzviyligini ta’minlash orqali maishiy g’ururni shakllantirish; 3.O’qituvchi tomonidan o’quv materiallarini ehtirosli bayon etish; 4.O’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishda samarali metod va vositalardan foydalanish; 5.O’quvchilarni o’rganilayotgan mavzu mazmuni bilan bog’liq holda kasb tanlashga, Vatanning ravnaqi va mustaqillikning mustahkamlanishiga hissa qo’shishga safarbar etish; 6. Sharq ma’naviyati durdonalari, hadislar, hikmatli hikoyalar va afsonalardan foydalanish. Vatanparvarlik tarbiyasi o’qitishning barcha shakllarida, shu jumladan, sinfdan tashqari mashg’ulotlarida amalga oshirish, bunda vatanni madh etuvchi she’rlar, qo’shiqlar, san’at asarlari, ma’naviyat durdonalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ekologik tarbiya. «Hozir XXI asr bo’sag’asida, fan texnika taraqiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Dunyoning jo’g’rofiy siyosiy tuzilishi o’zgarmoqda. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko’rsatilayotgan ta’sirini tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o’zaro ta’sirini uyg’unlashtirish, inson va tabiatning o’zaro munosabatlarida muvozanatga. erishish muammolari borgan sari dolzarb bo’lib qolmoqda» Sayyoramizda ekologik muammolar va tanglik yuz berayotgan jarayonda o’quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish zarurati kelib chiqadi. Ekologik madaniyat umumiy madaniyatning muhim tarkibiy qismi sanalib, shaxsning ma’naviy hayoti va kundalik hayotida hatti harakat shaklida namoyon bo’ladigan, hayotning va tabiatning bebaho ahamiyatini anglash, ularni asrab avaylash, muhofaza qilishda faollik ko’rsatish kabi sifatlarni o’z ichiga oladi. Ushbu madaniyat albatta o’quvchilarning ekologik ta’lim va tarbiyasi asosida vujudga keladi. Ekologik ta’lim tarbiyaning asosiy vazifasi o’quvchilarda tabiatga nisbatan burch va ma’suliyat, ongli munosabatni tarkib toptirish, sharqona odob ahloq me’yorlariga mos xulq atvorni shakllantirish sanaladi. O’quvchilarda ekologik madaniyatni tarkib toptirishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim: 1. O’quvchilar tomonidan tabiatning yaxlitligi, jamiyat va tabiatning o’zaro aloqadorligi haqidagi ilmiy bilimlarni o’zlashtirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishga asos bo’ladigan ekologik bilim, ko’nikma va malakalarni egallashga erishish; 2. Tabiat va uning tarkibiy qismlarining keng maьnodagi ahamiyatini tushunish, tiklanadigan va tiklanmaydigan boyliklarning farqiga yetish. 3. Tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish, atrofmuhitning tozaligini asrash, ko’kalamzorlashtirish va tabiiy boyliklarni ko’paytirish uchun amalga oshiriladigan tadbirlar, ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish manfatlarini shakllantirsh. Estetik tarbiya. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim oluvchilarda boy estetik dunyoqarashni hosil qilish masalasiga keng e’tibor berilgan. Ma’lumki, estetika go’zallik elementlari, sharoitlari va qonunlari to’g’risidagi fandir. Estegik tarbiya go’zallik hissi, tuyg’ular, badiiy didni rivojlantirishga qaratilgan. Estetika mehnatda, ijtimoiy va shaxsiy hayotda o’z atrofida go’zallik barpo etishga intilishni vujudga keltiradi. Go’zallikni ko’ra bilish, idrok qilish, barpo etish va chiroyli ish ko’rish tarbiya vazifalaridan biridir. O’quvchilarni estetik tarbiyalashda biologiya o’quv xonasi, tirik tabiat burchagi, maktab tajriba yer maydonlarida vujudga keltirilgan tartib, shinamlik va guzallik muhim rol o’ynaydi. Biologiya o’quv xonasidagi o’simliklar, ko’rgazma vositalari estetik talablarga javob berishi va ma’lum bir mazmunda joylashtirilgan bo’lishi kerak. Estetik tarbiyaning vazifalari: 1.O’quvchilarni go’zallikni ko’rish va idrok qilishga, chiroylini xunukdan farq qilishga o’rgatish, bu bilan estetikani idrok qilish bilan bog’lash; 2. Tabiatda, mehnat jarayonida, o’z atrofida, shaxsiy va ijtimoiy hayotda go’zallikni o’rnatish va himoya qilishga, estetik didni mehnat va turmush madaniyati bilan bog’lash; 3. Turli hayotiy vaziyatlarda chiroyli ish tutishga, estetikani ma’naviyahloqiy qarashlar bilan uyg’unlashtirishga o’rgatishdan iborat. Biologiyani o’qitishda estetik tarbiya serqirrali bo’lib, uni dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlar va ekskursiyalarda amalga oshirish imkoniyati mavjud. Iqtisodiy tarbiya. Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o’tishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish zaruratini keltirib chiqaradi, O’quvchilar botanika, zoologiya, umumiy biologiya o’quv fanlarida o’simlik va hayvonlarning mahsuldorligi, dalalarning unumdorligini oshirish, tuproq va yerga nisbatan munosabatini tubdan o’zgartirish, olinadigan mahsulotlarni ham miqdor, xam sifat jihatdan orttirish masalalari bilan tanishadilar. O’qituvchi o’rganilayotgan mavzu mazmuniga bog’liq holda iqtisodiy tarbiyani amalga oshirishi zarur. Iqtisodiy tarbiya o’qitishning barcha shakllarida, shu jumladan, sinfdan tashqari mashg’ulotlarida amalga oshirish, bunda vatanimizning iqtisodiyoti va xalq xo’jaligining turli tarmoqlarini rivojlantirishda biologiya fanining tutgan o’rniga oid ma’lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi. Jismoniy tarbiya har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishning ajralmas qismi bo’lib, o’quvchilarning ma’navi axloqiy, aqliy, estetik jihatdan uyg’un rivojlanishini ta’minlaydi. Jismoniy tarbiya o’quvchilarning aqliy va ma’navi axloqiy tarbiya bilan uzviy holda amalga oshirilgandagina kutilgan natijalar, jumladan, o’z salomatligini asrash va mustahkamlash, hattiharakatlarning gigiyenik me’yorlari, harakat ko’nikmalarini tarkib toptirish mumkin. Jismoniy tarbiya masalasi biologiyani o’qitish metodikasida inson organizmining tuzilishi, hayotiy jarayonlari, rivojlanishi bilan uzviylikda o’rganish orqali amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiyaning muhim yo’nalishi gigiyenik ko’nikmalarni kundalik odatlarga aylantirish, hayotda gigiyenik me’yorlarga amal qilishga ongli munosabat, sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini tarkib toptirish, yoshlikdan sport bilan shug’ullanishga yo’naltirishdan iborat. Sport bilan shug’ullangan o’quvchilarda iroda va salomatlik mustaxkamlanishi, aniq maqsad sari intilish, qiyinchiliklarni bardosh va chidam bilan engishga kabi ijobiy fazilatlar vujudga kelishi ko’rsatib o’tiladi. Gigiyenik ta’lim tarbiya o’quvchilarning sog’liklarini saqlash va mustahkamlash shars’haroitlari va ularni vujudga keltirish haqidagi bilimlarga asoslanadi. Biologiyani o’qitishda gagiyenik tarbiya asosiy o’rinni egallaydi va mavzu mazmuniga bog’liq holda amalga oshiriladi. Masalan, botanikani o’rganishda o’simliklarning inson salomatligiga ko’rsatadigan ijobiy ta’siri, ularning atrof-muhitning mussafoligini saqlashdagi roli yoritiladi. Bakteriyalar bo’limi o’rganilganda, bakteriyalarning xilma-xilligi, hayotiy faoliyati, tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyatini o’rganish bilan bir qatorda, parazit bakteriyalar, ular tomonidan keltirib chiqaridadigan kasalliklar, mazkur kasalliklarni yuqtirmaslik chora tadbirlari haqida ma’lumot beriladi. Mehnat tarbiyasi. Barkamol shaxsni kamolga yetkazishda mehnat tarbiyasi muhim rol o’ynaydi. Shu sababli ham uzluksiz ta’lim tizimi oldiga qo’yilgan muhim vazifa, fan va texnikaning hozirgi bosqichidagi rivoji, davlat va jamiyat ehtiyojlari, o’quvchilarning kiziqishlari, qobiliyatlariga muvofiq holda kasb tanlashga yo’llash, ularda mehnat va o’quv mehnati ko’nikmalarini shakllantirishga e’tibor qaratish zarurligi ko’rsatilgan. Mehnat tarbiyasi o’qitishning nazariya va amaliyotning uzviy bog’liqligi prinsipini amalga oshirish, o’quvchilarda mehnat faoliyatiga nisbatan ijobiy motivlar, mehnat vositalari va qurollariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni vujudga keltirishga zamin tayyorlaydi. Biologiyani o’qitishda o’quvchilarni kasbga yo’llash, mehnat tarbiyasini amalga oshirishga imkon beradigan bilim va ko’nikmalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1. Qishloq xo’jalik, mikrobiologiya, tabiatni muhofaza qilish, inson mehnati faoliyatining ilmiy nazariy asoslari; 2. Ishlab chiqarish mehnati samaradorligi, o’simliklar va hayvonlarning mahsuldorligini oshirishni ta’minlovchi texnika va texnologiyalarning asoslari bilan tanishtirish; 3.Biologik qonuniyatlar va umumiy ko’nikmalardan amaliy faoliyat va turmushda foydalanish asoslari bilan tanishtirish. O’quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlashda qishloq xo’jaligi mehnati ko’nikmalari muhim ahamiyatga ega. Ular jumlasiga tuproqqa ishlov berish, o’g’itlash, o’simliklarni sug’orish, urug’ni ekishga tayyorlash, ekish, o’simliklarni parvarish qilish, hosilni yig’ish va saqlash, shuningdek, qishloq xo’jaligi hayvonlarini boqish, zararkunandalariga qarshi kurash, mehnat qurollari bilan ishlash kabilarni kiritish mumkin. Baynalminal tarbiya. Respublikamizda qabul qilingan milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri millatlararo totuvlik hisoblanadi.«Millatlararo totuvlik g’oyasi umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xil xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi. Bu g’oya bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo’lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o’rtasidagi o’zaro hurmat, do’stlik va hamjihatlikning ma’naviy asosidir». «Shu bois, bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan millatlarni o’zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash istiqlol mafkurasining asosiy maqsadlaridan biridir.. U halqimizga xos bo’lgan olijanoblik va insonparvarlik fazilatlariga asoslanadi». Download 174.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling