Biologiyani o`qitishda ta`lim tarbiyaning uzviyligini ta`minlash yo`llari.
Ma`naviy axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri biologiyani o`rganish jarayonida o`quvchilarda tabiat, mehnat, insonlarga nisbatan e`tiborli munosabatda bo`lish, tabiiy boyliklardan tejabtergab foydalanish, topshirilgan vazifalarni to`lato`kis, sifatli bajarish, rasmiylashtirish, ongli intizom, burch va ma`suliyatni tarkib toptirish, insonning qadrqimmatini hurmat qilishga o`rgatish sanaladi.
Vatanparvarlik tarbiyasi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta`lim tizimi orqali ijodkor, ijtimoiy faol, ma`naviy boy shaxs shakllanishi nazarda tutilgan. Shaxsning bu xususiyatlari o`quvbilish, ijtimoiy foydali mehnat jarayonida ko`zga tashlanadi. Maktab biologiya o`quv fanlari o`quvchilarda vaganparvarlik tuyg`usini shakllantirishda muhim o`rin tutadi.
1.2Biologiya fani orqali ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. O`quvchilarning biologiya o`quv fanini o`rganishi biologik ob`yektlarning tuzilishi, rivojlanishi va hayot faoliyati qonuniyatlarini tushunishga olib keladi. Bu bilimlar o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va z`tiqodlari sitemasini tashkil etadi. O`quvchilarning ilmiy dunyoqarashi biologik qonuniyatlarni «tabiatinsonjamiyat» munosabatlarining tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tushunishga asoslanadi.
«Ilmiy dunyoqarash» tushunchasiga biologiya o`qitish metodikasining turli manbalarida turlicha yondoshilgan.
2.1 Biologiyani o`qitishda o`quvchilarni ma`naviy-ahloqiy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, jismoniy, gigiyenik, mehnat bilan tarbiyalash masalalari.
Tabiat to`g`risidagi yetakchi fanlarning biri sanalgan biologiya zimmasiga o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ancha ma`suliyatli vazifalar tushadi. Shu sababli, ham maktab biologiya o`quv fanining mazmuni o`quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirshida katta imkoniyatlarga ega.
Mazkur tizim o`zida o`quvchilar tomonidan fan asoslarini mustahkam o`zlashtirishlari barobarida, ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish, o`quvchilarni ma`naviaxloqiy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, jismoniy, gigiyenik, mehnat va baynalminal tarbiyalash masalalarini mujassamlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |