Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Download 1.16 Mb.
bet63/127
Sana25.10.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1722229
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   127
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

MOLIBDEN. Tuproqda molibden silikatlar tarkibida uchraydi. O‘simliklarga anion (MoO4) shaklida o‘tadi. Molibden dukkakli o‘simliklarda eng ko‘p(0,5-2Omg/kg) quruq massa va g‘allasimonlarda ozroq (0,2-2,0 mg/kg) to‘planadi. O‘simliklarning yosh qismlarida va barglarida ko‘pto‘planadi. Molibden molekulyar azotning fiksatsiyasini ta’minlovchi mikroorganizmlar uchun juda zarur. Dukkakli o‘simliklar ildizidagi bakteroidlardagi nitroenaza fermentining faol markaziga mis kiradi va bu fermentning faoliyaligini kuchaytiradi.
KOBALT. Kobalt tuproqda silikat va boshqa tuzlar tarkibida uchraydi.
O‘simliklarda o‘rtacha 0,00002 foiz yoki 0,02 mg/kg quruq massaga teng.Bu element ko‘proq dukkakli o‘simliklarga zarur bo‘lib tuganak bakteriyalarni ko‘paytirishni ta’minlaydi. V12 vitamini tarkibida kobalt ko‘p uchraydi. Bu vitaminni faqat bakteroidlar sintez qiladi. U molekulyar azotning fiksatsiyasida ishtirok etadi. Kobalt azot o‘zlashtirishga, xlorofillning miqdorini oshirishga ta’sir etadi. Agar tuproqda kobaltning miqdori 2,5-4,5mg/kg bo‘lsa, etarli hisoblanadi.O‘g‘it sifatida ishlatish uchun kobalt sulfat tuzi tavsiya etiladi.
RUX. Rux tuproqda fosfatlar, karbonatlar, sulfidlar, oksidlar va silikatlar tarkibida bo‘ladi. O‘simliklarga kation (Zn ) shaklida o‘tadi. Rux dukkakli va g‘allasimonlarning er usti qismlarida 15-60 mg/ kg quruq massa hisobida bo‘ladi. O‘simliklarni yosh organlarida ko‘proq to‘planadi. Rux o‘simliklarning modda almashinuvida faol ishtirok etadi. Glikoliz jarayonida ishtirok etuvchi fermentlar (geksokinazalar, enolazalar, triozofosfatdegidrogenazalar, aldolazalar) uchun zarur hisoblanadi. Rux etmaganda o‘simliklarda, ayniqsa, fosfor almashinuv jarayoni zararlanadi. o‘simliklar o‘sishdan to‘xtaydi, barglarda xloroz boshlanadi, hosil tugish izdan chiqadi, fotosintez jarayoni pasayadi. Rux juda kam bo‘lganyerlarda sitrus o‘simliklarining kasallanishi aniqlangan. SHunday kasallik ro‘y bergan vaqtda tuproqqa ozroqruxtuzlari solish tavsiya etiladi. Xar bir gektar erga 6-10 kg ruxni (Zn SO4.7H2O dan past konsentratsiyali eritma tayyorlab) o‘simliklarga purkash tavsiya etiladi.
BOR. Bor juda ko‘p o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishi uchun zarur element hisoblanadi. Ayniqsa, zig‘ir, rangli karam va qand lavlagi o‘simliklari bor bo‘lmagan ozuqali eritmada tez zararlanadi va qurib qoladi. Umuman, ikki pallali o‘simliklar borni bir pallalilarga nisbatan ko‘proq talab etadi. O‘zbekistondagi bo‘z tuproqlarda umumiy miqdori 31-35 kg/mg atrofida bo‘lib, o‘zlashtiriladigan qismi 0,3-1,2 mg/kg.ga teng. O‘simliklarda o‘rtacha 0,000 1 yoki 0,1 mg/kg quruq massa hisobida bor bo‘ladi. Bor ayniqsa, o‘simlik gullarida, hujayra po‘stida to‘planadi. Ko‘p fiziologik jarayonlarga ta’sir etadi. Bor gulchanglarning unishini va chang naylarining o‘sishini tezlashtiradi. Gullar, mevalar sonini ko‘paytiradi. Uglevodlar, oqsillar va nuklein kislotalarning almashinuviga ta’sir etadi. Bor etmaganda reproduktiv organlarning shakllanishi—changlanish va meva tugunlarining hosil bo‘lish jarayonlari iz dan chiqadi. O‘sish konusi birinchi navbatda nobud bo‘ladi.O‘g‘it sifatida bor kislotasini (N3V03) ishlatish mumkin. Uniig taribida 17 foiz bor bo‘ladi. Borli chiqindilardan foydalanish ham yaxshi natija beradi.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling