Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi
DON, MEVA VA SABZAVOTLARNI SAQLASHDA NAFAS OLISHNING AHAMIYATI O‘
Download 1.16 Mb.
|
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-MAVZU: O‘SIMLIKLARNING O‘SISH VA RIVOJLANISH FIZIOLOGIYASI Reja
- Tayanch iboralar
DON, MEVA VA SABZAVOTLARNI SAQLASHDA NAFAS OLISHNING AHAMIYATI O‘simliklarning nafas olish jarayoni ulardagi modda almashinuvining muhim qismini tashkil etib, o‘sish, rivojlanish va hosildorlikning asosi hisoblanganidek, etishtirilgan mahsulotlarni uzoq muddatga va sifatli saqlash ham nafas olish tezligini boshqarishga asoslangan. Mahsulotlarni saqlashda nafas olish jadalligi ko‘pincha past bo‘lsa, organik moddalarning miqdori shuncha kam sarflanadi va ular sifatli saqlanadi. Nafas olish jadalligining darajasi, eng avvalo, harorat va namlik miqdoriga bog‘liq donlarning tarkibidagi suv miqdorini va ular saqlanadigan omborlar haroratini boshqarish katta ahamiyatga ega. Suv miqdori g‘allasimonlarning donlarida 14 foiz va moyli o‘simliklarning donlarida 8-9 foizdan oshmaganda, harorat esa 00 atrofida bo‘lganda nafas olish eng past darajada saqlanadi. Namlikning miqdori 18-22 foiz va harorat 45-500 S ga etganda nafas olish jadalligi ham keskin oshadi. Natijada urug‘dagi zaxira organik moddalar tezlik bilan sarflanadi. Buning natijasida ajralib chiqqan kimyoviy energiya issiqlik energiyasiga aylanadi, omborlarning harorati yanada oshadi.
14-MAVZU: O‘SIMLIKLARNING O‘SISH VA RIVOJLANISH FIZIOLOGIYASI Reja: 1.O‘sish va rivojlanishning tavsifi. 2.O‘simliklarni o‘sishi va o‘sish xillari. 3. O‘simliklarni o‘sishiga tashqi sharoit omillarining ta’siri. 4. O‘simliklarni rivojlanish bosqichlari. 5. O‘simlikning o‘sishiga ta’sir etuvchi fiziologik moddalar. Tayanch iboralar: O‘sish, rivojlanish, urug‘, murtak, mitoz, interfaza, profaza, metofaza, telofaza, embrional, cho‘zilish, differensiyalanish, qarish, poya, novda, ildiz, floema, ksilema, suv miqdori, ontogenez, zigota, reproduktiv organ, vegetativ organ, embrional, yuvinil, qarilik, ekzena, intina, sitokinin, murtak, endosperm, epikotil, yarovizatsiya, uzun kunli, qisqa kunli o‘simliklar, biologik qarish, yoshartirish. O‘simliklar ontogenezini tavsiflovchi eng muhim jarayonlar o‘sish va rivojlanishdir. Ular o‘simlik tanasidagi barcha hayotiy reaksiyalarning natijasi hisoblanadi, bu jarayonlar bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lib, faqat o‘sish asosida rivojlanish va rivojlanish asosida o‘sish tavsiflanadi. Natijada ikkalasi o‘simlikning hayotiy siklini belgilaydi. Biroq ayni vaqtda o‘sish va rivojlanish bir-biridan farq ham qiladi. O‘sish — bu o‘simliklar bo‘yi va eni tobora ortib, umumiy massaning oshishidir. Bunday o‘sish orqasiga qaytmaydi. Chunki yangidan-yangi hujayralar, to‘qimalar va organlar vujudga kelib, protoplazma va undagi organoidlar .(xloroplastlar, mitoxondriyalar va boshqalar) to‘xtovsiz shakllanib turadi.Rivojlanish — o‘simlikning hayotiy siklini (ontogenezini) tavsiflovchi yoshlik, voyaga etish ko‘payish, qarish va o‘lish arafalaridagi sifatiy morfologik va fiziologik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bu jarayonlarning o‘zaro nisbati o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, ayrim o‘simliklarda o‘sish ancha faol, rivojlanish esa juda sekin borishi, boshqalarida aksincha bo‘lishi mumkin. O‘sish juda faol kechadigan o‘simliklar tanasi odatda yirik, o‘sish sekin va rivojlanish faol bo‘lgan o‘simliklar, aksincha karlik (kichik) bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar o‘simlik turlariga, navlarning hususiyatlariga, ichki va tashqi omillarning ta’siriga bog‘liq. O‘sish va rivojlanish umumiy bir yaxlitlikni tashkil etib, o‘simlik tanasida kechadigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga, o‘simlikning ildiz orqali va havodan oziqlanishiga, energiya bilan ta’minlanishiga, umuman, assimilyasiya va dissimilyasiyada ishtirok etuvchi barcha jarayonlar yig‘indisiga bog‘liq bo‘ladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling