Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi dosenti usmanova tursunoy erkinovnaning


Download 1.13 Mb.
bet21/33
Sana01.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1316154
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
Bog'liq
Iqlim amaliy mashg\'ulot (2)

Kerakli jihozlar. 1:1000000 masshtabli O‘zbekiston Respublikasining ekologik (1992 y.) va tabiatni muhofaza qilish (2003 y.) kartalari. Ekotizimda modda va energiyaning aylanmasi tasvirlangan sxema. Ekologiya va iqlim bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning bo‘linmalari, O‘zbekiston ekologik harakati, O‘zMU, “Ekomaktab” kabi muassasa va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan, “Shinor ENK”da nashr qilingan plakatlar. Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi tomonidan yaratilgan iqlim o‘garishi muammolariga doir videofilmlar, “Biologik xilma-xillik va turli ekotizimlarda iqlim o‘zgarishi: tahdid va imkoniyatlar” jadvali (1-ilova), guruhlarda ishlash uchun bir nechta A4 formatdagi shakldagi nusxalar.
Kalit so‘zlar. Muhofaza etiladigan hududlar, begona turlarning tarqalishi, yashash uchun kurash muammolari, moslashuv qiyinchiliklarining sabablari, biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya, O‘zbekiston Respublikasining Biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiyasi va Rejasi, “2008-2012 yillarda O‘zbekiston Respblikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori; qishloq xo‘jalik ekotizimlari, arid yerlar ekotizimlari; ichki suvlar ekotizimlari, o‘rmon va tog‘ ekotizimlari.
Metodik tavsiyalar:
A. So‘z boshi. Talabalar ekotizim va biologik xilma-xillik tushunchalarining mazmunini eslatib o‘tish. Turlar evolyusiyasi qanday sodir bo‘lganligi va evolyusion o‘zgarishlarga nimalar sababchi ekanligini yodga olish. Yer sayyorasi iqlimining o‘zgarishi natijasida qadimgi turlarning (dinozavrlar, mamontlar, yungli nasoroglar, ulkan yayqovlar...) yo‘q bo‘lib ketganligiga misollar keltirish. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining yaratilish tarixi, unga kiritilgan flora va fauna turlarining ko‘payib borish sabablariga izoh berishni o‘kuvchilardan so‘rash.
B. Yangi mavzu bayoni. Yangi mavzuni iqlim sharoitlari o‘zgarishi natijasida biologik xilma-xillik turlarining yo‘qolishi sabablarini ochib berishdan boshlash. Tushuntirish jarayonida o‘quvchilar bilan sinf taxtasida “sabab-oqibat” sxemasini tuzib ko‘rsatish.
Masalan:

  • iqlim sharoiti o‘zgarishi – havo harorati rejimi, yog‘ingarchilikka moslashish zaruriyati – landshaftlarning shakllanishi va hokazo;

  • o‘quvchilarni biologik xilma-xillik saqlab qolish bo‘yicha xalqaro hamjamiyat va O‘zbekiston Respublikasi hukumatining faoliyati bilan tanishtirish.

  • “Biologik xilma-xillik”mi yoki “Biologik rang-baranglik”?

Bugungi kunda ekotizimlarga antropogen bosim natijasida bir qator mamlakatlarda biologik xilma-xillikni saqlab qolish qiyinlashayotganligini tushuntirish. Iqlim o‘zgarishi biologik xilma-xillikka ta’sir o‘tkazmoqda va shu kabi ta’sirlar davom etayotganligi haqida aniq dalillar keltirish. Biologik xilma-xillikka iqlim o‘zgarishining ta’siri quyidagilarda namoyon bo‘ladi: yashash va o‘sish arealining o‘zgarishi, turlar yo‘qolishining jadallashuvi, ko‘payish va tarqalish qonuniyatlarining o‘zgarishi, o‘simliklar vegetativ davrining o‘zgarishi va h.k.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling