Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi dosenti usmanova tursunoy erkinovnaning


Download 1.13 Mb.
bet17/33
Sana01.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1316154
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
Iqlim amaliy mashg\'ulot (2)

AMALIY MASHG‘ULOT


11-Mavzu. O‘ZGARGAN IQLIM SHAROITIDAGI HAYOT


Dars maqsadi. Talabalar turli bosqichlardagi iqlim o‘zgarisha va vujudga kelgan salbiy oqiblarga kishilarni moslashishi kerakligini tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsad. Iqlim o‘zgarishini inobatga olib, o‘quvchilarda tabiatning salbiy oqibatlari va jarayonlariga moslashish ko‘nikmalarini hosil qilish.
Kerakli jihozlar. Mahalliy, mintaqaviy va global darajada iqlim o‘zgarishiga doir kartalar, fotosuratlar va adabiyotlar. Xalqaro va ijtimoiy tashkilotlar tomonidan yaratilgan elektron disklar, ko‘p yillik ma’lumotli grafiklar, chizmalar va jadvallar, mavzuga doir saytlardan foydalanishni ham tavsiya qilish.
Kalit so‘zlar. Gidrologik sikldagi o‘zgarishlar, dunyo okeani sathining ko‘tarilishi, muzliklarning erishi, dengiz oqimlari, biologik xilma-xillik, ekotizimlar, iqlim migrantlari.
Metodik tavsiyalar:
A. So‘z boshi. Mavjud axborot manbalaridan (jurnal, gazeta, sayt...) foydalanib, oxirgi 20-30 yilda iqlim o‘zgarishiga doir ma’lumotlarni tayyorlash. Mavjud muammoning ahamiyatini ta’kidlab o‘tish. Mazkur muammoning xavotirliligi uchun ham uning ustida insoniyatning hamma progressiv ahli bosh qotirayotganligini eslatib o‘tish.
B. Yangi mavzu bayoni. “Eski” va “yangi” iqlimning dinamik o‘zgaruvchanligini grafik ko‘rinishida ko‘rib chiqish. Davriy o‘zgaruvchanlikni taqqoslash va ularning farqini izohlab berish. O‘quvchilardan iqlim o‘zgarishini isbotlovchi dalillar keltirishlarini so‘rash. O‘quvchilar bilan iqlim bashoratlari va ularning oqibatlarini tahlil qilish:
- gidrologik sikldagi o‘zgarishlar;
- dengiz sathining ko‘tarilishi;
- dengiz oqimlarining o‘zgarishi;
- ekotizimlar barqarorligining buzilishi va biologik xilma-xillikning kamayib borishi;
- inson hayoti va xavfsizligiga ta’siri.
V. O‘tgan mavzuni mustahkamlash. “Iqlim o‘zgarishi - qarshi” debatini o‘tkazish (20 daqiqa).
Maqsad – muammoni yechishda mantiqiy fikrlash va to‘g‘ri qaror qabul qilishni shakllantirish.
Qatnashuvchilar soni - 8 nafar o‘quvchidan iborat 3-4 guruhni tuzish;
O‘yinning borishi;

  • qatnashuvchilar turli ranglarni tanlab 3 yoki 4 ta guruhga ajraladilar va har bir rang iqlim o‘zgarishiga oid nuqtai nazarni (pozisiyani) bildiradi: oq rangdagilar – tadqiqotchilar, qora – skeptiklar, qizil – ekologlar, yashil – kreativistlar (noan’anaviy yechimlarni topuvchilar);

  • guruhlarga o‘zlarining pozisiyalarini aniq dalillar keltirgan holda taqdimot qilishlari uchun 20 daqiqadan vaqt beriladi;

  • birinchi aylanishda guruhlar o‘z qarashlarini aytib o‘tadilar:

  • guruhlarga o‘zga guruh chiqishlarini izohlash va qiziqtirgan savollarni berish imkoniyati yaratiladi;

  • keyingi bosqichda guruhlar o‘z qarashlarini xulosalaydilar;

  • oxirgi bosqichda qatnashuvchilar keltirgan asoslarni muhokama qilishadi va munozarali savollar tushuntiriladi.

Gʻolibni tanlash: dalillarning rostligi, tanlagan nuqtai nazarlarida asosli turib olishlari, xulosalash mahorati inobatga olinadi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling