Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi dosenti usmanova tursunoy erkinovnaning
Download 1.13 Mb.
|
Iqlim amaliy mashg\'ulot (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar.
- B. Yangi mavzu bayoni.
AMALI MASHG’ULOT
16-Mavzu: IQLIM O’ZGARISHINI INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI Dars maqsadi Talabalarga bugungi kundagi iqlimni inson salomatligiga qanchalik sa’lbiy ta’sir ko’rsatayotganing tushuntirib berish Tarbiyaviy maqsad. O’quvchilarga global iqlim sharoitida og’ir hayot kechirayotgan qashshoq davlatlar misolida tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga undash. Kerakli jihozlar.. Internetdagi “Google” kompaniyasi dasturidagi kosmik kartalar. A4 formatdagi qog’oz. Har xil turdagi slaydlar internet materilallari. Kalit so‘zlar. Inson, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, chivin infeksiyasi,g’arbiy Nil bezgagi, ozon qatlami. Metodik tavsiyalar: A. So‘z boshi. Jahon Sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, iqlimning isishi inson sog'lig'I uchun chekish, alkogol iste'mol qilish, noto'g'ri ovqatlanish kabi juda katta xavf tug'diradi.Iqlim isishining oqibatlari aholi sog'lig'iga bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsatishi mumkin.Bevosita ta'sir oqibatlariga suv toshqinlari, dovullar, to'fonlar, bo'ronlar natijasida halokatga uchragan odamlarni kiritish mumkin. Iqlim isib borgan sari ularning soni ham ortishi mumkin. Bundan tashqari jazirama issiq ob - havo yurak qon tomir kasalliklari, nafas olish organlari,nerv sistemasi, buyrak va boshqa organlarning kasallanishi hamda o'lishning ko'payishiga olib keladi. B. Yangi mavzu bayoni. Sog' liq uchun bilvosita oqibatlar iqlim isishi natijasida yong'inlar va botqoqliklar maydoninin gortishi bilan bog'liq. Bu «chivin infektsiyasi» birinchi navbatda malyariya xavfining ortishiga olib keladi. Boshqa «pashsha - chivin» kasalJiklari, masalan, G'arbiy Nil bezgagi, leyshmanioz, Dengiz bezgagi kabilar ham paydo bo'lishi mumkin. Yuqori haroratli davming kattalashishi kanalaming faollashishiga va ular sababchi bo'ladigan yuqumli kasalliklarining o'sishiga olib keladi. Botqoqliklar maydonining ortishi va yuqori haroratda suv havzalari rangining o'zgarishi,tabiiy infektsiya o'choqlari areallarining o'zgarishiga, yuqumli va parazit kasalliklari sonining ortishiga, ularni tarqatuvchi va qo'zg'atuvchilaming faollashishiga olibkelishimumkin. Shimoliy va mu'tadil kengliklarda isish hozirdayoq chivin va kana yuqtiradigan kasalliklar soni ortishining asosiy omili bo'lib qoldi. Hozirgi kunda shimoliy rayonlarda botqoqlashish jarayoni va aholi punktlarining suv bosishi qayd etilmoqda. Vaziyat shu bilan murakkablashmoqdaki, chivinlar lichinkalari tarqalgan suv havzalari may doni doimiy ravishda ortmoqda. Hozirda ko'pgina suv havzalari (malyariya) chivini lichinkalari bilan ifloslangan. Masalan, Rossiyada oxirgi 10 yilda vabo (malyariya) bilan kasallanish 6 marta o'sdi. Bunda nafaqat “keltirilgan”, balki “mahalliy sharoitdan kelib chiqqan” vabo kasalligi ham bor. 1999 yil iyuldan oktyabrgacha faqat Volgagrad oblastining o'zida 400 dan ko'proq odamda G'arbiy Nil bezgagi bilan kasallanish qayd etilgan. Rossiyadayiliga kana entsefaliti bilan 6 - 10 ming kishi kasallanadi. Oxirgi yillarda uningtarqalish areali kengaymoqda, kana entsefaliti yangi joylarda ham qayd etilmoqda. Iqlim isishi yuqumli oshqozon ichak kasalliklari o'sishiga olib bormoqda. Bu holat shimoliy regionlarda sezilarlidir, chunki isishnatijasida doimiy muzloq yerlardagi vodoprovod - kanalizatsiya inshootlari va boshqa muhandislar kommunikatsiyalarning buzilishi taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari vodoprovod – kanalizatsiya vaboshqa muhandislik inshootlar faoliyatining buzilishi Dunyo bo'yicha yuqumli oshqozonichak kasalliklarining ortishiga olib kelishadi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling