Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


-Amaliy mashg’ulot: Olimpiada o’tkazish metodikasi


Download 0.54 Mb.
bet49/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

3-Amaliy mashg’ulot: Olimpiada o’tkazish metodikasi
“O‘quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatadigan o‘qituvchilarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor” degan so‘zlarini ta’kidlash o‘rinlidir.
Kitobda keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri o‘zida o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazish shart-sharoiti to‘g‘risida axborot materiallarini, pedagogik maqsad, vazifa va ko‘zlangan natijalarni, o‘quv mashg‘ulotning rejasi, o‘qitishning usul va vositalarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, bu o‘quv mashg‘ulotining texnologik kartasini, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchining mazkur o‘quv mashg‘ulotida erishadigan maqsadi bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyatning bosqichma-bosqich ta’riflanishini ham o‘z ichiga oladi.
Kitob tarkibi kirish, ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari, har bir mavzu bo‘yicha ma’ruza, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitish texnologiyasidan iborat. Ma’lumotlar maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o‘zlashtirish va yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan.
Kitobning konseptual asoslari qismida dastlab «Kimyodan sinfdan tashqari ishlar» fanining dolzarbligi va ahamiyati, mazkur o‘quv fanining tarkibiy tuzilishi, o‘qitishning usul va vositalarini tanlashda tayanilgan konseptual fikrlar, kommunikatsiyalar, axborotlar berilib, so‘ngra loyihalashtirilgan, o‘qitish texnologiyalari taqdim qilingan.
Olti turdagi ma’ruza mashg‘ulotlari: kirish, tematik, muammoli, vizual–ma’ruza, ma’ruza-munozara, hamkorlikdagi ma’ruza berilgan.
Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko‘rinib turibdiki, ta’lim jarayoniga o‘qitishning yangi, zamonaviy usul va vositalari kirib kelmoqda va samarali foydalanilmoqda. O‘qituvchi bilim olishning yagona manbai bo‘lib qolishi kerak emas, balki talabalar mustaqil ishlash jarayonining tashkilotchisi, maslahatchisi, o‘quv jarayonining menejeri bo‘lishi lozim. Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish asosida aynan shu g‘oyalar yotadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling