Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


-Amaliy mashg’ulot: Kimyodan kitobxonlik seminari o’tkazish ishlari


Download 0.54 Mb.
bet48/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

2-Amaliy mashg’ulot: Kimyodan kitobxonlik seminari o’tkazish ishlari
Sinfdan tashqi mashg’ulotlarning ommaviy formalari jumlasiga sinfdan tashqi kitobxonlik, sayohatlar, kimyoviy olimpiadalar, maktab kimyo kechalari, o’quv kinoseanslari va boshqa tadbirlar kiradi.
Sinfdan tashqi kitobxonlik sinfdan tashqi mashg’ulotlarning eng oson va shu bilan birga, eng h turidir. Sinfdan tashqi kitobxonlik o’quvchilarning saviyasini o’stirib, kengaytiribgina qolmasdan, balki bir qator hollarda, ularning bo’lajak ixtisosini va amaliy hayotning butun usulini ‘am belgilab beradi. Buyuk kishilarning qariyb hammasi, mening hayotimda kitoblar birinchi o’rinlardan birida turdi, deb o’z tarjimai hollarida ta’kidlab o’tadilar, bu narsa bekorga aytilgan emas.
Kimyo o’qituvchisi a) o’quvchilarda kimyo kitoblariga va kundalik matbuotga qizg’in havas uyg’otishi; b) o’quvchilarning adabiyotdan eng samarali suratda, mustaqil tarzda foydalanishiga yordam berishi; v) o’quvchilarning kitobga bo’lgan havasini sekin-asta oshirib borishi o’quvchilarda inson bilimlarining, g’oyalarining fikr va hissiyotining bitmas-tugalmas manbai bo’lgan kitobga muhabbatini o’stirishi kerak.
O’qituvchi o’quvchilarni kimyo kitoblariga va kundalik matbuotga o’quv ishi jarayonida qiziqtirib boradi, albatta. O’qituvchi, darsda biror masalani oydinlashtirish munosabati bilan, kerakli va qiziqarli kitoblarni, kitobchalar va maqolalarni o’quvchilarga aytadi, ulardan eng yorqin parchalar o’qib beradi., ularning hammasini qisqacha tasvirlaydida va ko’rsatadi o’qishni o’quvchilarga tavsiya etadi. Ammo kimyo o’qituvchisi o’quvchilarning ilmiy-ommabop adabiyotni mustaqil o’qishiga dars vaqtlarida ra’barlik qilish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Bu rahbarlikni sinfdan tashqi maxsus mashg’ulotlardagina qilish mumkin.
O’qituvchi sinfdan tashqi vaqtlarda kimyo o’quv kursining asosiy bo’limlari yuzasidan o’qilishi tavsiya qilinadigan kitoblarning ro’yxatini har qaysi sinf uchun alo’ida tuzib chiqadi. O’qituvchi ro’yxatda asosiy sinf o’quvchilarning hammasi uchun majburiy qiziqadigan o’quvchilar uchun mo’ljallangan qo’shimcha adabiyotni ham ko’rsatadi. Bu ro’yxatni har bir o’quvchiga e’lon qiladi.
O’qituvchi o’quvchilarda kimyo kitoblariga havas uyg’otish uchun, darsdan tashqari vaqtlarda hamma o’quvchilar bilan birga maxsus vitrina -«Kimyodan nimalarni o’qish kerak?» degan vitrina tashkil qiladi. Bu vitrinaga tavsiya qilinadigan adabiyot ro’yxati, bu adabiyot to’g’risidagi qisqacha va qiziqarli annotatsiyalar, retsenziyalar, taassurot qoldiruvchi aniq fikrlar yaxshilab va tartibli suratda yopishtirib qo’yiladi; kimyo kursining ayrim mavzulari o’tila borgan sari, bu vitrina eng muhim kitoblar, maqolalar, jurnallar va boshqalar bilan to’ldiriladi.
O’qituvchi sinfdan tashqi kitobxonlik jarayoniga ham rahbarlik qilib boradi. O’qituvchi ilmiy-ommabop adabiyotni qanday qilib eng samarali suratda o’qish kerakligi, asosiy e’tiborini nimalarg qaratish lozimligi, o’qilganlarni qanday yozib borish zarurligi va boshqalar to’g’risida o’quvchilarga ko’rsatmalar berib turadi. Kimning nima o’qiyotganligiga va qanday o’qiyotganligiga qarab boradi. Gruppalar bilangina emas, balki ayrim o’quvchilar, ayniqsa, yordamga muhtoj o’quvchilar bilan ham sistemali suratda suhbat o’tkazadi. Kimyo kursining eng muhim bo’limlari yoki hatto, ayrim masalalari yuzasidan, o’qib chiqilganlar asosida, yakuniy suhbatlar, konferensiyalar va kichikroq munozaralar o’tkazadi. O’qituvchi o’quvchilarning o’qib chiqilgan kitoblar to’g’risidagi taassurotlarini o’z daftarlarigagina emas, balki sinfning «O’qilgan kitoblar to’g’risidagi muloxazalar» degan maxsus daftariga ‘am yozib borishlariga yordam beradi.
Kitob bilan mustaqil suratda ishlash o’quvchilarga maxsus topshiriqlar berish yo’li bilan ancha aktivlashtiriladi. O’quvchilar berilgan topshiriqqa qarab, bir qator adabiyotdan sinfda o’tiladigan masalaga oid materiallarni tanlab oladilar; tanlab olingan materiallarni umumlashtiradilar, sinf o’quvchilariga aytib beradilar, maxsus albomga kiritadilar va xokazo.
O’quvchilarga bunday topshiriq tarzida masalan, quyidgi mavzularda, shuningdek, kimyo o’quv kursi mavzularida material to’plashni tavsiya qilish mumkin: «Kimyo yangiliklari», «O’zbekiston kimyosining va kimyo sanoatining rivojlantirishdagi roli», «Kimyoviy elementlarning kashf etilish tarixi», «Atomlarning tuzilishi» va boshqalar.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling