Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet44/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

2.Texnik o`quv vositalari
Keyingi vaqtlarda ko`rgazmalilikning muhim vositalari bo`lgan ekran qo`llanmalari faol ishlatilmoqda. Ular quyidagi texnik vositalarni namoyish qilish uchun ishlatiladi: kinoapparat, diaproektor, epiproektor, grofoprektor, videomagnitafon, televizor va boshqalar. Texnik vositalari o`z-o`zicha o`qitish xossalariga ega bo`lmaydi, lekin ularsiz ekran qo`llanmalarini ishlatib bo`lmaydi. Ekran qo`llanmalari bilan jarayonlarni tasvirlarini ko`rishlari natijasida o`quvchilarning bilimlarni o`zlashtirilishi oshadi.
O`quv darslari kompyoterlar bilan ta’minlanganligi uchun o`qitishda kompyoter darslaridan foydalanish dars unumdorligining oshishida muhim vositaga aylanmoqda.
Ko`rgazmali – amaliy so`zlab berish metodi asosida o`quvchilarning amaliy faoliyati yotadi. Ularni o`qituvchining jonli so`zisiz amalga oshirib bo`lmaydi. O`quvchilarning amaliy faoliyati ularning mustaqil ishlashlarida yozaga chiqadi.


1-Amaliy mashg’ulot: Anоrganik Kimyo to’garagi ishi bilan tanishish.

To’garak mashg’ulotlarida yechiladigan analitik masalalar taxminan quyidagi tiplarda bo’lishi mumkin:


a) berilgan moddalarning, masalan, azot, ammoniy tuzlari, superfosfat, metan, formaldegid va boshqalarning eng harakterli xossalarini eksperiment yo’li bilan ko’rsatish;
b) moddalarni bilib olish: masalan, bir kancha gazlar orasidan kislorodni, azotni, karbonat angdiridni, vodorod sulfidni, ammiakni topish: osh tuzi erimasini xlorid kislota eritmasidan, osh tuzi eritmasini ammoniy xlorid eritmasidan, ichimlik sodani natriy eritmasidan farq qilish; qaysi probirkadagi xlorid kislota, qaysi probirkadagi sulfat kislota va qaysi probirkadagi nitrat kislota ekanligini aniqlash va hokazo.
v) moddaning, masalan, texnika sulfat kislotasining qanchalik tozaligini tekshirib ko’rish va unda qo’shimchalar bor-yo’qligini aniqlash.
karbonatdan, karbonat kislota tuzi eritmasini uyuvchi natriy eritmasidan fark qilishva tellur xam ko‘shiladi; g) moddaning sifat tarkibini (kanday elementlardan iboratligini) aniklash, masalan, vodorod sulfidining oltingugurt bilan vodorod birikmasi ekanligini, mis ko’porosi tarkibiga mis, sulfat kislota koldii va kristallizatsiya suvi kirshini tajriba yuli bilan isbotlash.
To‘garakda amaliy kimyoga, ya’ni moddalar hosil qilishga oid mashg‘ulotlar juda xilma-xil sohalarda o‘tkazilishi mumkin.
Amaliy kimyoga oid tajribalar tanlashda, asosan, eng ko‘p tarqalgan moddalardan, har xil chiqindilardan va shu kabilardan foydalanishga doir tajribalarga e’tibor berish lozim, chunki, bu tajribalar qimmat turadigan reaktivlar talab qilmaydi. Kimyo to‘garagi ishida, masalan, tozalanmagan mis qiyqimlaridan toza mis, mis kuporosi, mis (II)-xlorid, mis (II)-digidroksi karbonat, mis (II)-oksid; temir-tersakdan temir (III)-oksid, qaytarilgan temir, temir kuporosi; osh tuzidan novshadil, o‘yuvchi natriy; kuldan potash, kaliyxlorid, kaliynitrat; marmardanesakuydirilganohak, ohaklisuv, kalsiyxlorid, gips va boshqalar olish katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Amaliy kimyoga oid ishlarni bajarish jarayonida o‘quvchilarning moddalar hosil qilish va moddalarni tozalash texnikasidan amaliy malakalar olishiga erishish juda muhimdir. Ammo o‘rta maktabning asosiy vazifasini -o‘quvchilarda kimyoviy tafakkur hosil qila boorish vazifasini sedan chiqarmaslik kerak. O‘quvchilarni bajariladigan operatsiyalarga ongli munosabatda bo‘lishga odatlantirish lozim. Ammo bu, o‘quvchilarni ma’lum retseptlar asosida ishlashga o‘rgatmaslik kerak degan gap emas, albatta. Mendeleev zamaskasi, elim, oynaga yozish uchun ishlatiladigan qalam, indicator eritmasi va boshqalar hosil qilish ham ammoniy kimyo bo‘limiga kiritilishi kerak.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling