Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


To‘garakda kimyoviy asbob va modellar yasash mashg‘ulotlari


Download 0.54 Mb.
bet10/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

To‘garakda kimyoviy asbob va modellar yasash mashg‘ulotlari
Kimyoviy asbob va modellar yasash mashg‘ulotlari o‘quvchilarni amaliy jihatidan tayyorlashda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi –ular o‘quvchilarni kelajak amaliy faoliyatga tayyorlaydi. Bu mashg‘ulotlar, odatda, kimyoviy eksperiment texnikasiga oid kichikroq praktikum bilan boshlanadi: to‘garak a’zolari dastavval shisha nayni qanday qilib to‘g‘ri qirqib olish butilkaning, bankaning va boshqa idishlarni tubini qanday qilib qirqib tashlash, shisha asboblarning qirqilgan joyini eritib silliqlash, nayning uchuni qanday qilib cho‘zish, nayni qanday qilib egish, qanday qilib probka tanlash va uni keragicha teshish, qanday qilib asbob yig‘ish, uning ushlash –ushlamasligini tekshirib ko‘rish lozimligi to‘g‘risida o‘qituvchidan ko‘rsatma oladilar. O‘quvchilar maxsus o‘tkaziladigan laboratoriya praktikumi jarayonida naylardan va boshqa detallardan iborat standart nabor, shuningdek, o‘rta maktab kimyo kursi yuzasidan o‘tkaziladigan asosiy tajribalar uchun zarur eng oddiy asboblar tayyorlaydi.
Kimyoviy asbob va modellar yasash mashg‘ulotlari quyidagi asosiy sohalarda:
a) ilgari tayyorlab qo‘yilgan jixozlardan eng oddiy asboblar yig‘ish;
b) yasama asboblar (gazlar hosil qilish uchun ishlatiladigan avtomatik ishlovchi asbob, gazometr, asperator, evdeometr, ozonator, suvni elektroliz qilish asbobi, o‘t o‘chirgichning ishlaydigan modeli va boshqa asboblar) tayyorlash;
v) eng muxim hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarishlarining (xlorid, sulfat, nitrat kislotalar ishlab chiqarish, ammiak sintez qilish, tuzlar hosil qilish, yog‘ochni quruq haydash, neftni fraksiyalab haydash va boshqa ishlab chiqarishlarning) ishlaydigan modellarni yasash;
g) nazariy masalalarni hal qilish bilan, masalan, atsetilen sintez qilish, etil spirtning tuzilishi bilan metal efirning tuzilishini isbotlash, organik birikmalarni tuzilishini isbotlash kabi masalalarni hal qilish bilan bog’liq bo‘lgan asboblarni ijodiy sur’atda yasash sohalarida o‘tkaziladi.
Kimyo to‘garagi a’zolari, odatda, o‘z sinflarida o‘tiladigan, past sinflarda o‘tiladigan, boshlang’ich maktab kursidan o‘tiladigan darslar uchun o‘quv asbob- tayyorlash sohasida qiziqib va sistemali suratda ishlaydilar; ular bu asbob- yig‘adilar va bir qancha hollarda ularni o‘quvchilarga ko‘rsatadilar. To‘garak a’zolari o‘zlarining asbob va modellar yasash sohasidagi mashg‘ulotlarini boshqa xil ishlar bilan qo‘shib olib boradilar: to’plamlar (metallar va metalloidlar, eng muxim oksidlar, asoslar tabiiy qazilmalar, o‘rganilayotgan kimyoviy ishlab chiqarishlarning mahsulotlari, ) tayyorlaydilar, tegishli chizmalar, diagrammalar, jadvallar va shu kabilarni chizadilar.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling