Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»
Download 0.54 Mb.
|
ksti ma\'ruza lotin yangi
Nazorat savollari:
1. Kimyodan o’tkaziladigan kechalarning maqsad va vazifalari qanday? 2. Kimyodan o’tkaziladigan kechalar ularning tashkiliy yo’llarini tushuntirib bering? 3.Kimyodan o’tkaziladigan kechalari va ularning turlari? 5-ma’ruza Mavzu: Sinfdan tashqari ishlarda kimyoviy ishlab chiqarish asoslarini o’rganish metodikasi. Ma’ruza rejasi: 1.Sinfdan tashqari ishlarda kimyoviy ishlab chiqarishning asosiy tamoyillari. 2.Kimyoviy ishlab chiqarish asoslarini o’rganish metodikasi. 3.Kimyodan sinfdan tashqari ishlarda qishloq xo’jaligini kimyolashtirishning asosiy masalalari. Kimyo kursidan dars berish jarayonida kimyo oʼqituvchisi oldida muhim vazifalar turadi. Bu vazifalar quyidagilardan iborat: a) oʼquvchilarni kimyoning qishloq xoʼjaligimizda tutgan roli bilan tanishtirish ishlab chiqarishning bu muhrim soxasini kimyolashtirishning ilmiy asos-larini ochish; b) oʼquvchilarni bu ishlab chiqarishda zarur boʼladigan bir qator malakalar bilan qurollantirish; v) oʼquvchilarni qishloq xoʼjaligi mehnatiga muhabbat qoʼyadigan qilib tarbiyalash — maktabni tamomlab chiqqandan keyin bunday mehnatga qatnashishlariga va mamlakatimizda qurilishning bunday muhim sohasini kimyoning yordamida yanada yuqori darajaga koʼtarish uchun kurashishlariga yordam berishdan iboratdir. Kimyo oʼquv kursida qishloq xoʼjaligini kimyolashtirishning asosiy masalalari Qishloq xoʼjaligini kimyolashtirish tuproq, urugʼ, ekin, hayvonlarga — qishloq xoʼjalik ekinlarining zararkurandalariga, yovvoyi oʼtlar va boshqalarga kimyoviy taʼsir koʼrsatish yoʼli bilan ekinlarning hosilini oshirish va qishloq xoʼjaligi xayvonlari mahsuldorligini oshirishga qaratilgan bir butun kompleks tadbirlarni oʼz ichiga oladi. Oʼquvchilar qishloq xoʼjaligini kimyolashtirish hammasi bilan emas, balki kimyo oʼquv kursiga kiritilgan, oʼquv dastursidan tashqari chiqmaydigan va oʼquvchilar uchun qiyinlik qilmaydigan masalalar bilan tanishtiriladi,chunki umumiy oʼrta taʼlim maktabining asosiy vazifasi kimyo asoslarining oʼz lashtirilishini taʼminlashdan iboratd ir. Qishloq xoʼjaligini kimyolashtirish masalalariga haddan tashqari berilib ketish, kimyoni oʼrganish oʼrniga oʼsimlikshunoslik va chorvachilik masalalarini oʼrganish umumiy oʼrta taʼlim maktabini amaliyalashtirish gʼoyasini qoʼpol ravishda buzishdir. Kimyo oʼquv kursida qishloq xoʼjaligini kimyolashtirish asoslariga quyidagi masalalar kiradi: 1. Tuproqning kimyoviy tarkibi, shuningdek tuproqqa ohak va gips solish jarayonlari, bu tadbirlarning ahamiyati va kimyoviy mohiyati. 2. Kimyoviy elementlar: uglerod, azot, fosfor, kaliy, kislorod, vodorodning oʼsimliklar rivojlanishiga taʼsiri. 3. Qishloq xoʼjaligi ekinlari uchun kerak boʼladigan kimyoviy elementlarning tabiatda koʼp tarqalgan eng muhim birikmalari. 4. Qishloq xoʼjaligi ekinlari uchun kerakli boʼlgan kislorod, azot, uglerod va boshqa elementlarning tabiatda aylanishi; kimyoviy elementlarning tabiatda aylanishida oʼsimliklar va hayvonlarning roli. 5. Fotosintez, uning ahamiyati va mohiyati; uglevodorodlar, yogʼlar va oqsillar sintezida oʼsimliklar va hayvonlarning roli. 6. Mineral oʼgʼitlar (ularning tarkibi, ahamiyati va ularni ishlab chiqarishning kimyoviy mohiyati). 7. Qishloq xoʼjaligi ekinlarining oʼsishi va rivojlanishini tartibga soladigan kimyoviy vositalar. 8. Qishloq xoʼjaligi ekinlarida boʼladigan kasalliklar va zararkurandalarga qarshi kurashishning eng muhim kimyoviy vositalari (ularning tarkibi, xossalari va organizmga koʼrsata-digan taʼsiri). 9. Oʼsimliklarda boʼladigan kasalliklar va zararkunandalarga karshi kurashishning kimyoviy usullari (urugʼlarni dorilash, tutun bilan qoplash, dudlash va kimyoviy oʼtoq). 10. Qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini kimyoviy qayta ishlash: shakar, kraxmal, gidroliz spirti, sovun ishlab chiqarish, shuningdek sellyuloza, yogʼlar, oqsillar va boshqa qishloq xoʼjalik mahsulotlarini qayta ishlashning moxiyati . Oʼquvchilarni qishloq xoʼjaligini kimyolashtirish asoslari bilan tanishtirishning umumiy sistemasi. Qishloq xoʼjaligini kimyolashtirish asoslari haqidagi material oʼrganilayotgan mavzularga sunʼiy ravishda kiritilmasdan, balki kimyo oʼquv kursining oʼzida ochib beriladi, bu material dasturga kiritilgan masalalarni aniqlashtiradi va, shunday qilib, ularning yaxshi oʼzlashtirilishiga imkon beradi. Kimyo oʼqituvchisi oʼquv materialini qishloq xoʼjalik ishlab chiqarishi masalalari. bilan tizimli ravishda bogʼlab boradi—bu ishlab chiqarishning ilmay asoslarini oʼquvchilar oldida asta-sekin ocha boradi (2 va 3). Oʼquvchilarni qishloq xoʼjaligini kimyolashtirish asoslari bilan tanishtirishning umumiy sistemasi taxminan quyidagicha boʼladi: „Moddalar ogʼirligining saqlanish qonuni" mavzusi oʼrganilganda o’iquvchilar oldiga, oʼsimliklardagi oʼsish hodisasini bu qonun nuqtai nazaridan qanday tushuntirish mumkin, degan savol qoʼyiladi. Oʼquvchilar oʼsimliklarda boʼlib turadigan jarayonlar ularning organizmiga oʼtishiga qadar tuproqda yoki havoda boʼladigan elementlar atomlarining uzluksiz oʼzgarib turishidan iboratdir, demak, oʼsimliklar uchun kerak boʼladi-gan elementlar ularni oʼrab turgan tabiatda boʼladi, degan xulosaga keladilar. “Kislorod” mavzusida kislorodning tabiatda aylanishi misolida oʼsimliklar hayvonlarni va odamni faqat oziq-ovqat mahsulotlari bilangina emas, balki ularning yashashi (nafas olishi) uchun kerak boʼladigan kislorod bilan ham taʼminlab turishi tushuntiriladi. Shu mavzuning oʼzida sekin oksidlanish' jarayonlari bilan bogʼliq holda qishloq xoʼjaligi ishlabchiqarishidan olingan misollardan foydalaniladi — goʼngning chirish jarayonida oʼsimliklar uchun kerakli kimyoviy elementlarning tuproqqa qaytarilishiga oʼquvchilar eʼtibori jalb etiladi. «Vodorod. Suv. Valentlik mavzusida vodorod, kislorod va suvning oʼsimliklar hamda hayvonlar hayotida tutgan roli, shuningdek oʼsimliklarning tuproqdan oziqlanish jarayonida eritmalarning ahamiyati alohida koʼrsatib oʼtiladi. “Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlar" mavzusini oʼrganishda ayrim tuzlarning (kaliy xlorid, selitra va boshqalar) roli qishloq xoʼjaligida mineral oʼgʼit sifatida ishlatilishi, baʼzi bir tuzlar (mis kuporosi, temir kuporosi, bariy xlorid va boshqalar) esa, qishloq xoʼjalik ekinlarining zararkurandalariga qarshi kimyoviy vosita sifatida ishlatilishi tushuntiriladi. ”Galogenlar" mavzusida oʼquvchilar xlorning dala zararkurandalariga qarshi kurashda va baʼzi zaharlar — qishloq xoʼjaligi ekinlari zararkurandalariga qarshi kurash vositalari ( geksoxloran va boshqalar) tayyorlash uchun foydalanilishi bilan tanishadilar; oʼquvchilar bu mavzuda yana ftorli tuzlarning xasharotlarga (uzuntumshuq, oʼtloq kapalagi, chi-girtka va boshqalarga) qarshi koʼrashda ishlatilishi haqida tasavvur hosil qiladilar. “Oltingugurt" mavzusida oʼquvchilarga oltingugurtning(oltingugurt guli) gʼoʼza, sitrus oʼsimliklari, tok va boshqalarda boʼladigan zararkurandalarga qarshi kurashda qoʼllanishi, oltingugurtli gazning magʼorga qarshi, sulfat kislotaning — mineral o’gʼitlar ishlab chiqarish uchun ishlatilishi haqida maʼlumot beriladi. “Аzot va fosfor" mavzusi qishloq xoʼjaligini kimyolashtirish asoslarini ochish uchun ayniqsa boy materialga ega. Bu mavzuda oʼqituvchi azotning oʼsimliklar xayotidagi ahamiyatini va azotning tabiatda aylanishini taʼriflaydi; organik va mineral oʼgʼitlar haqida tushuncha beradi; eng muhim azotli oʼgʼitlar (ammiakli selitra, ammoniy sulfat, natriyli selitra, kalsiyli selitra) bilan tanishtiradi; fosfor va uning birikmalarining oʼsimliklar hayotidagi rolini tushuntiradi; fosfat kislota tuzlaridan foydalanish xakida gapirish bilan birga tuproqning kislotaliligi bilan va turlicha kislotalikka ega boʼlgan tuproqqa oʼgʼitlar koʼrsatadigan taʼsir bilan tanishtiradi. “Uglerod" mavzusida oʼquvchilar karbonat angidrid va kalьtsiy karbonatning qishloq xoʼjaligida qoʼllanilishini: karbonat angidridning faqat barglar bilangina emas, balki ildiz sistemasi bilan ham assimilyatsiya qilinishini, shuningdek goʼng chiriganda hosil boʼladigan oʼziga xos „gaz" oʼgʼitning qoʼllanishini bilib oladilar. Uglevodorodlarni oʼrganish jarayonida mana bu masalalar: kimyoviy vositalarning (etilen va boshqalar) qishloq xoʼjaligi oʼsimliklarining oʼsishi va rivojlanishiga taʼsiri;qishloq xoʼjaligi oʼsimliklarining zararkunandalariga qarshi kurashishda qoʼllaniladigan kimyoviy vositalar (DDT, kerosin,. mazut, sovun va boshqalar); yovvoyi oʼtlarga qardsh ishlatiladigan vositalar „gerbitsidlar" (neftь geksoxloran va boshqalar) xaqidagi tushuncha oydinlashtiriladi. Qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishmning kimyoviy asoslarini ochishda fotosintezni oʼrganish, shuningdek shakar, kraxmal va shu kabi moddalarni oʼrganish taʼlim-tarbiyaviy jihatdan katta ahamiyatga ega. Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasining asoslarini oʼrganish jarayonida tuproqning kislotaliligi xaqida ilgari berilgan dastlabki tushunchalar chuqurlashtiriladi; oʼquvchilar tuproqning kislotaliligining kimyoviy mohiyati va buning oʼsimliklar xayotiga taʼsiri bilan, shuningdek yerga ohak berish hamda maydalangan gips qoʼshib oʼgʼitlash bilan tanishtiriladi. Nixoyat, „Metallar" boʼlimida kaliyning oʼsimliklar hayotidagi roli tushuntiriladi va kaliyli oʼgʼitlarga tavsif beriladi. Shunday qilib, oʼqituvchi qishloq xoʼjaligini kimyolashtirish asoslarini dasturdan chetga chiqmay, asta-sekin oʼquvchilarga oʼrgatib boradi. Oʼquvchilar qishloq xoʼjaligini kimyolashtirish yuzasidan ayrim mavzularda olingan maʼlumotlarni kimyo kursi takrorlanganda umumlashtiradilar va tizimlashtiradilar kimyoning qishloq xoʼjaligida tutgan roli haqida umumiy yakun yasaydilar. Oʼqituvchi qishloq xoʼjaligini kimyolashtirish asoslarini ochish bilan birga maktabda boʼlgan kollektsiyalar, jadvallar, diapozitivlar, kinofilьmlardan foydalanadi, fermer va shirkatlarga ekskursiyalarga olib boradi, shuningdek bu maqsad uchun sinfdan tashqi ishlar, toʼgarak mashgʼulotlaridan ham foydalanadi, bu mashgʼulotlarda qishloq xoʼjaligini kimyolashtirish masalalari chuqurroq oʼrganiladi va qiziqadigan oʼquvchilar qishloq xoʼjaligini kimyolashtirishning asosi boʼlgan qonuniyatlarni eksperiment yoʼli bilan oʼzlari aniqlaydilar Tuproqning kimyoviy asoslari Tuproqda boʼladigan eng muhim kimyoviy elementlar haqida, tuproqning kislotaliligi haqida, shuningdek tuproqqa ohak qoʼshish va maydalangan gips bilan oʼgʼitlash haqida beri-ladigan maʼlumotlar, yuqorida aytilganidek, kimyo oʼquv kursining tegishli materiali bilan bogʼliq holda bayon qilinadi. Tuproqning kimyoviy asoslari bilan oʼquvchilarni tanishtirish masalasi — qishloq xoʼjaligini kimyolashtirishning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Bu masala, ayniqsa, qishloq maktablarida muhim ahamiyatga egadir. Аmmo shunday boʼlishiga qaramay, tuproqning kimyoviy asoslari metodik adabiyotlarda yetarlicha yoritilmagan. Oʼquvchilar tuproqning kimyoviy asoslari bilan, asosan, sinfdan tashqi mashgʼulotlar jarayonida tanishadilar. Tuproqning kimyoviy asoslari bilan tanishish quyidagicha boradi. Oʼsimliklar hayotida tuproqning roli haqida, yuqorida koʼrsatilganidek, oʼquvchilar „Moddalar ogʼirligining saqlanish qonuni" mavzusi oʼtilganda dastlabki tasavvurga ega boʼladilar. Tuproqda boʼladigan eng muhim kimyoviy elementlarning (uglerod, azot, fosfor, kaliy, kislorod, vodorod va boshqalarning) roli kimyo kursining tegishli boʼlimlarida shu elementlarga tavsif berish vaqtida tushuntiriladi. Tuproqning kimyoviy tarkibi bilan oʼquvchilarni tanishtirish ishi esa, ancha murakkab ishdir. Tuproqni oʼrta maktab sharoitida toʼla analiz qilib boʼlmaydi, albatta. Bu yerda faqat: a) tuproqdagi organik va mineral moddalarning miqdorini va b) tuproqning kislotaliligini (6) aniqlashning oʼzi kifoya. Oʼquvchilar tuproqning eng sodda kimyoviy analizini oʼtkazadilar, xolos. Bu ish quyidagicha bajariladi, 1. Tuproqdagi organik va mineral moddalarning miqdorini aniqlash. Tuproqda, asosan, turli-tuman oʼsimliklarning qoldiqlari hisobiga hosil boʼladigan organik moddalar toʼxtovsiz oʼzgarib turadi: ularning bir qismi karbonat angidrid, ammiak, suv va boshqa mahsulotlar ajratib parchalanadi; organik moddalarning asosiy massasi esa barqaror mahsulot — chirindi yoki, boshqacha qilib nomlaganlaridek, gumus hosil qiladi. Oʼsimliklarning oʼsishi va rivojlanishi uchun kerakli kimyoviy elementlar (fosfor, azot va boshqalar), asosan, gumusda toʼplanadi. Tuproqda boʼladigan organik moddalarning miqdori shunday aniqlanadi: qurituvchi shkafda quritilgan (105° temperaturada) tugfoqdan ozroq miqdorda (taxminan 50 g) olinib, me-tall tigelga solinadi va gazda, elektr plitkada yoki primus va boshqalarda qattiq qizdiriladi. Tuproq qizgʼish-kul rang tus olguncha qizdirish davom ettiriladi. Qizdirilgan tuproq tortib koʼriladi, bu bilan tuproqda boʼlgan mineral moddalarning miqdori bilib olinadi. Soʼngra tuproqning qizdirilgandan keyin qolgan miqdoriga qarab, uning tarkibida boʼlgan va yonib ketgan organik moddalar miqdori va protsenti aniqlanadi. Mineral moddalarning (masalan, karbonat tuzlarning) tuproq qattiq qizdirilganda uchib ketgan qismi juda oz miqdorda boʼlganidan bu hisobga kiritilmaydi, shu sababli» olingan natija juda aniq boʼlmasdan, taxminiyroq boʼladi. 2. Tuproqdagi kislota miqdorini aniqlash. Maʼlumki, tuproq kislotali, neytral va ishqoriy boʼladi. Tuproqning kislotaliligi bir necha usul bilan: a) tuproq eritmasini tuproqqa taʼsir ettirish; b) neytrallanish reaktsiyasi (titrlash) boʼyicha; v) „universal indikator" deb ataluvchi indikator yordami bilan aniqlanadi. Birinchi usul juda sodda boʼlib, tuproqda qancha miqdorda kislota borligini aniqlashga imkon bermaydi, uchinchi usul esa, ancha mukammallashgan usul hisoblanadi-yu, ammo uni oʼquvchilar yaxshi tushuna olmaydilar. Oʼquvchilarga eng tushunarli boʼlgani va tuproqda kislota qanday miqdorda ekanligini yetarli darajada koʼrsatib beradigani ikkinchi usuldir. Birinchi usul.Ozroq (taxminan 10 g) tuproqni chinni kosachaga solib, uning ustiga kaliy xloridning normal eritmasidan ozgina (15—20 ml) quyiladi. Tuproq eritma bilan yaxshilab qorishtiriladi va 1—2 minut qoʼyib qoʼyiladi. Keyin yana qorishtiriladi va uning yuzasida tiniq suyuqlik qatlami hosil boʼlgunicha tindirib qoʼyiladi. Bu suyuqlik ohistalik bilan (pipetka yordami bilan) toza chinni kosachaga quyib olinadi. Kosachaga koʼk lakmus qogozi solib, 2—3 daqiqa kutib turiladi. Lakmus qogʼozining rangi oʼzgarishiga qarab toʼproqning kislotaliligi haqila xulosa chiqariladi: qogʼozning uchi juda qizarib ketgan boʼlsa, tuproq kislotali ekan, nimtatir pushti rangga kirgan boʼlsa, toʼproqning kislotaliligi kuchsiz ekan, qogʼozning rangi oʼzgarmay qolgan boʼlsa,tuproq neyral (yoki kuchsiz kislotali) ekan, degan qarorga kelinadi. Ikkinchi usul. Tuproq eritmasi (yuqorida koʼrsatib oʼtilganidek kilib) tayyorlanadi. Bu eritmadan toza kosachaga ozroq (taxminan 20 ml) quyib, uning ustiga fenolftaleinning spirtdagi eritmasidan 2—3 tomchi qoʼshiladi. Eritmaga byuretkaga solib qoʼyilgan detsinormalli oʼyuvchi natriy eritmasidan tomchilatib quyiladi. Tekshirib koʼrilayotgan eritma 1—2 minut davomida qoldirilganda yoʼqolib ketmaydigan pushti rangga kirgan zahoti, titrlash toʼxtatiladi va kislotaning kontsentratsiyasi aniqlanadi. Shunday mulohaza yuritiladi. Faraz qilaylik, 20 ml kislotani titrlash uchun detsinor-malli oʼyuvchi natriy eritmasidan 4 ml ketgan boʼlsin. Tuproq eritmasining 1 litrida boʼladigan xlorid kislota miqdorini hisoblab topamiz (oʼyuvchi natriyning gramm-molekulyar ogʼir-ligi 40 g, xlorid kislotaniki esa—36,46 g): modomiki, 40 g oʼyuvchi natriyga 36,46 g xlorid kislota sarf 'boʼlar ekan, u holda 4 ml detsinormal oʼyuvchi natriyga 0,0146 g xlorid kislota sarf boʼladi. 20 ml toʼproq eritmasida 0,0146 g xlorid kislota borli-giga asoslanib turib, bir litr tuproq eritmasida 0,73 g xlorid kislota boʼlishi xisoblab topiladi. Uchinchi usul. 3 ml tiniq tuproq eritmasiga (kosachadagi eritmaga) „universal indikator" dan 3 tomchi qushiladi va eritma bir xil tusga kirishiga qadar shisha tayoqcha bilan qorishtiriladi. Soʼngra eritmaning rangi „universal indikator" asbobiga joylashtirilgan rang shkalasiga solishtiriladi. Rangli jadvalga yozib qoʼyilgan raqamlar toʼproq eritmasining kislotalilik darajasini koʼrsatadi . Tuproqqa ohak va gips solish. Oʼquvchilar tuproqning kislotalilik darajasini aniqlash bilan tanishar ekanlar, tabiiyki, ularda shunday savol tugʼiladi: tuproqda kislotaning keragidan ortiq boʼlishi bki kislota nihoyatda kam boʼlishini (xaddan tashqari ishkorli boʼlishini) qanday bartaraf qilish mumkin tuproqni qishloq xoʼjaligi oʼsimliklari uchun qanday qilib yaroqli qilish mumkin? Bu tuproqni unumdor qilishning eng asosiy masalalaridan biridir. Bu masala oʼquvchilarga amaliya taʼlimi berishda juda muhimdir. Oʼqituvchi bu masalaga alohida eʼtibor beradi. Haddan tashqari kislotali tuproqqa oxak, ortiqcha ishqorli tuproqqa esa gips solinadi, binobarin, tuproqqa ohak yoki gips solishning mohiyati tuproqda boʼladigan eritmalarni neytrallashdan iboratdir. Shunday boʼlgach, oʼquvchilarni bu tadbirlar bilan, albatta, neytrallanish reaksiyasi oʼrganib chiqilgandan keyingina tanishtirish mumkin. Bu jarayonlarnk tushunib olishda oʼquvchilarning qiynalishiga yana boshqa sabablar ham bor: bu xar ikki jarayonda neytrallovchi moddalar sifatida ishqorlardan ham, kislotalardan ham emas, balki tuzlardan foydalaniladi. Shuning uchun tuprokqa ohak va gips solishning moxiyatini oʼquvchilar neytrallanish reaktsiyasi oʼtib boʼlinishi bilanoq yaxshi tushuna olmaydilar, balki bu jarayonlar elektrolitik dissotsiatsia nazariyasi asosida oʼquvchilar neytrallanish reaksiyasi vodorod ionlari bilan gidroksil ionlarining oʼzaro taʼsirlashib, suv hosil qilish reaksiyasidan, neytrallanishga qarama-qarshi boʼlgan reaksiya (tuzlarning gidrolizi) esa suv molekulalarining vodorod ionlari va gidroksil ionlari hosil qilib, ajralish reaksiyasidan iborat ekanligini tushunib yetganlaridan keyingina bilib oladilar, oʼquvchilar nazariy jixatdan ana shunday tayyorgarlikka ega -boʼlganlaridagina tuzlar (bu oʼrinda oxaktosh va gips deyilmoqchi) nima uchun neytral moddalar kabi taʼsir koʼrsatmaydi: nima uchun oxaktosh ishqor kabi, gips esa kislota kabi reaksiyaga kirishadi, degan savol oʼz-oʼzidan tushunarli boʼlib qoladi. Yuqorida aytilganlarga binoan, oʼqituvchi amaldagi dastur muvofiq, tuproqqa ohak va gips solish jarayonlarini oʼquvchilarga keyinroq: „Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi" boʼlimida „tuproqning kislotaliligini, „Ishqoriy-yer metallar" boʼlimida, yaʼni dastur boʼyicha ohak va gips oʼrganiladigan boʼlimda tuproqga ohak va gips solishni tushuntiradi. Oʼqituvchi tuproqqa ohak va gips berish bilan oʼquvchilarni quyidagicha tanishtiradi. Аvval, tuproqqa ohak solish bilan tanishtiradi. Ohakning xossalari va ishlatilishi haqida gapirgan vaqtda ohak qishloq xoʼjaligida tuproqning ortiqcha kislotaliligini kamaytirish uchun, yaʼni tuproqqa ohak solish uchun ishlatilishini aytadi. Oʼquvchilarga (,Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi" mavzusi asosida) „tuproqning kislotaligi" tushunchasini izohlab berishni taklif etadi. Oʼquvchilarni tuproqning kislotali boʼlishi tuproqda boʼladigan kislotalar molekulalarining elektrolitik dissotsilanishi, shuningdek tuprok eritmasini hosil qiladigan suvmolekulalarining (garchi juda ozboʼlsa-da) dissotsilanishi hisobiga haddan tashqari koʼp vodorod ionlari tuplanishidan kelib chikadi, degan xulosani chiqarishga olib keladi. Oʼquvchilarga: tuproqqa ohak solinganda ohak qanday rolь oʼynaydi degan savol beriladi. Shu bilan birga, oʼqituvchi tuproqni ohakbilan oʼgʼitlash uchun sunʼiy hosil qilingan ohak kanchalik koʼp ishlatilsa, tabiiy ohaktosh, boʼr, shuningdek oʼsimliklar yonishidan olinadigan kul ham shunchalik koʼp ishlatilishini taʼkidlaydi. Oʼquvchilar ohak (soʼndirilgani) suvda dissotsilanib, kalьtsiy va gidroksil ionlari hosil qilishi, eritmada manfiy zaryadli gidroksil ionlari musbat zaryadli vodorod ionlari bilan oʼzaro taʼsirlashib, suv hosil qilishi neytrallanish reaktsiyasi vujudga kelishini tushun-tiradilar; reaktsiyaьing teaglamasini yozadilar. Boshqa moddalarning (ohaktosh, boʼr, kul) tuproqni ohak bilan oʼgʼitlashdagi rolini esa, oʼqituvchining oʼzi tushuntirib beradi. Oʼqituvchi bu moddalarning hammasi (ohaktosh, boʼr, kul) ishqor boʼlmasdan, balki tuzlar ekanligi, bular dissotsi.langanda ishqorlar uchun xos boʼlgan manfiy zaryadli gidrok-sil ionlari hosil qilishiga oʼquvchilar eʼtiborini jalb etadi. Oʼqituvchi bu tuzlar dissotsilanganda hosil boʼladigan musbat zaryadli metall ionlari (kalsiy,kaliy ionlari) suvning garchi nihoyatda oz boʼlsa-da dissotsilanishidan hosil boʼla-digan manfiy zaryadli ionlari bilan oʼzaro taʼsirlashuvini; boʼshalib kolgan SO32 - ionlari vodorod ionlari bilan oʼzaro taʼsirlashib, karbonat kislota hosil qilishi, ammo karbonat kislota juda kuchsiz kislota ekanligi, kalьtsiy va kaliy ishqorlari esa, kuchli ishqorlar ekanligini; shuning uchun ham tuproq eritmasining umumiy kislotaliligi pasayib ketishini llohida qayd qiladi. Bundan keyin o’qituvchi ohak bilan boʼladigan hodisani ham tushuntiradi: eritmada ishqor hosil boʼlishi qaytar jarayondir: bu jarayonda ayni zamonda hosil boʼlayotgan ishqor ^metall va gidroksil ionlariga parchalanadi, manfiy zaryadli gidroksil ionlari tuproq eritmasida boʼladigan musbatzaryadli vodorod ionlari bilan oʼzaro taʼsirlashib, suv hosil qiladi. Shunday qilib, oʼqituvchi oʼquvchilarni mana bunday xulosaga olib keladi: tuproqqa ohak solish jarayoni, bu maqsad uchun ohak ishlatiladimi yoki ohaktosh ishlatiladimi, bundan qatʼi nazar, neytrallanish reaksiyasidan manfiy zaryadli gidroksil ionlari bilan musbat zaryadli vodorod ionlarining oʼzaro taʼsirlashuvidan iboratdir. Oʼqituvchi shu darsda oʼquvchilarning amaliy tayyorgarligini kuchaytirish maqsadida quyidagi faktlarga ularning eʼtiborini jalb qiladi. Tuproqqa ohak solish xalq xoʼjaligida juda katta ahamiyatga egadir. Tuproqlarda kislotaning ortiqcha boʼlishi oʼsimliklar ildiz sistemasini ishdan chiqaradi, oʼsimliklar uchun foydali boʼlgan mikroblarga qattiq taʼsir etib, ularni nobud qiladi. Oqibatda, hosil nihoyatda kamayib ketadi va baʼzan mutlaqo ekin bitmaydi. Tuproqqa ohak solish ortiqcha kislotalilikni yoʼqotibgina kolmay, balkiboshqa agrotexnika tadbirlarining taʼsirini ham kuchaytiradi. U, tuproqda boʼladigan va tuproqqa oʼgʼitlardan oʼtadigan oziqli moddalarning oʼsimimliklar tomonidan yaxshiroq oʼzlashtirilishiga imkon beradi; koʼp yillik oʼtlarning ildiz sistemasi va yashil massasining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi; foydali mikroorganizmlarning birmuncha normal rivojlanishiga taʼsir koʼrsatadi; tuproq strukturasining mustahkamligini oshiradi. Qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarish praktikasi shuni koʼrsatadiki, ohaklash koʼp yillik dukkakli va donli oʼtlarga, bahori va kuzgi bugʼdoyga ayniqsa yaxshi taʼsir qiladi. Lekin tuproqqa ohak solishni boshqa barcha agrotexnika tadbirlari sistemasidan ajratib qoʼyish sira mumkin emas: ohakni muvaffaqiyatli ravishda ishlatishning muhim sharti uni oʼgʼitlar bilan qoʼshib ishlatishdir. Odatda, ohak tuproqqa sochib chiqiladi. Buning uchun esa juda koʼp har gektar yerga 3 t dan 5 t gacha ohak kerak boʼladi. Hozirgi kunda oxakni seyalka (kombinirlangan yoki, hatto, odatdagi seyalka) yordami bilan haydalgan yerning hammasiga emas, balki ekin ekilgan qatorlarning oʼziga solinadigan boʼldi. Bunday usulda ohak kamroq, yaʼni gektariga 1,5—2ts dan sarf boʼladi. Bu usulning yana boshqa muhim tomoni ham bor. Gap shundaki, tuproqning ortiqcha kislotali boʼlishi oʼsimlik uchun uning hayotining birinchi davrida ayniqsa zararli boʼladi. Granulalangan ohakni ekin oʼsadigan qatorlarga solish oʼsimlik uchun zararli boʼlgan kislotala shlakni xuddi oʼsimlikning ildizlari oʼrnashgan joyda (ular rivojlana boshlagan paytda) yoʼqotishga imkon beradi. Bu esa hosilni birmuncha oshirishni taʼminlaydi, Hozirgi vaqtda tuproqni oxaklash uchun ishlatiladigan granulalar (donalar) maydalangan ohaktosh soʼndirilgan ohak va ohak boʼlaklari, shuningdek ohakli materiallarning chirigan goʼng va torf bilan aralashmasidan tayyorlanadi. Bundan keyin, oʼqituvchi tuproqqa gips solish xaqidagi masalaga oʼtadi va quyidagilarni bayon qiladi. MDX davlatlarida qora tuproqli boʼlmagan shimoliy polosaning kislotali tuprogʼidan tashqari, katta maydonni egallagan shoʼrxok yerlar-ham bor, bu yerlardagi tuproqlar oʼzining ortiqcha ishqoriyligi bilan ajralib turadi, bu ham ekinlar uchun juda zararlidir. Tuproqqa gips solish yoʼli bilan uning ortiqcha ish-qoriyligi yoʼqotiladi. Oʼqituvchi gips, uning tarkibi va xossalari bilan tanishib chiqilgandan keyin gips solishni ham, ohak solish kabi, elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi asosida tushuntiradi. Tuproqqa gips solish shunday tushuntiriladi. Tuproqning suvdagi eritmasida gips-kalsiy ionlari va sulfat kislota qoldigʼi ionlariga, suv esa vodorod ionlari va gidroksil ionlariga dissotsilanadi. Bu ionlarning oʼzaro taʼsirlashuvi natijasida kalьtsiy ishqori va sulfat kislota hosil boʼ~ladi. Kalsiy ishqori birmuncha kuchsiz, sulfat kislota esa kuchli boʼlgani uchun tuproq eritmasining ishqoriyligi kamayadi. . Qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishini kimyolashtirish vositalari Hozirgi zamon qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishida xilma-xil moddalardan — kimyoviy preparatlardan foydalaniladi. Maʼlumki, tuproqning unumdorligini oshirmoq uchun faqat yuqorida koʼrsatib oʼtilgan ohak va gipsdangina emas, balki juda xilma-xil oʼgʼitlardan ham foydalaniladi. Oʼsimliklarning oʼsishi va rivojlanishining kimyoviy regulyatorlari deb ataluvchi moddalar yordami bilan qishloq xoʼjaligi ekinlarining yetilish jarayoni tezlashtiriladi yoki, aksincha, sekinlashtiriladi. Qishloq xoʼjaligi ekinlari-ning koʼpdan-koʼp zararkurrandalari va kasalliklariga qarshi kurashishda, boshqa koʼpgina (mexanik va jismoniy) vositalar bilan birga, eng yaxshi taʼsir koʼrsatadigan vosita va har xil ximikatlar keng qoʼllaniladi. Jumladan, zararli hasharotlarga qarshi kurashish uchun fungisidlar; ham hayvon jinsidagi, ham oʼsimlik jinsidagi kasallik toʼgʼdiruvchilar va zararkurandalarga bir yoʼla qarshi kurashish uchun — insektofungsidlar zararkurandalar va kasallik tugʼdiruvchilarni maxsus ravishda tutun bilan qoplab qirmoq uchun — fumigantlar ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda qishloq xoʼjaligi oʼsimliklarining kasalliklari va zararkurandalariga qarshi kurashishda universal (har tomonlama) taʼsir koʼrsatadigan kimyoviy preparatlar katta rol oʼynamoqda. Qishloq xoʼjaligi ekinlari orasida oʼsadigan begona oʼtlarga qarshi kurashishda kimyoviy vositalar borgan sari katta ahamiyatga ega boʼlmoqda — „kimyoviy oʼtok" deb ataluvchi vosita uchun hozirgi vaqtda maxsus preparatlar-gerbitsidlar ishlatilmoqda. Tabiiyki, shunday savol tugʼiladi: oʼquvchilarni qishloq xoʼjalik ishlab chiqarishida foydalaniladigan kimyoviy preparatlarning hammasi bilan tanishtirish kerakmi va bu ishni qanday qilib maqsadga eng muvofiq holda olib borish mumkin? Kimyo oʼqituvchilari bu masalani oʼz ish tajribalarida turlicha hal qilib kelmoqdalar. Baʼzi oʼqituvchilar dastur talablariga katʼiy amal qilib, oʼquvchilarni qishloq xoʼjaligida foydalaniladigan moddalar bilan darslikda qanday bayon qilingan boʼlsa, oʼshanday tanishtiradilar, ular keng qoʼllaniladigan, ammo darslikda koʼrsatib oʼtilmagan modda-larni esa, hatto, eslatib ham oʼtmaydilar. Boshqa oʼqituvchilar oʼquvchilarga amaliy tayyorgarlik berish vazifalarini,oʼqitishni amaliy hayot bilan maxkam bogʼlash zarurligini nazarda tutib, bu masalaga haddan tashqari berilib ketadilar qishloq xoʼjaligida ishlatiladigan moddalarni taʼrif-lashga ortiq darajada koʼp eʼtibor beradilar. Faqat ozchilik oʼqituvchilargina bu juda muhim masalani bizning sovet maktabimizning umumiy vazifalarini hisobga olgan xolda hal qilmoqdalar. Bunday uqituvchilar quyidagi printsipial qoidaga amal qilib ish koʼradilar. Darslik oʼquvchilarni amaliy hayotdan ajratib soʼymasligi kerak: u oʼkuvchilarni eng muhim, qishlots xoʼjaligada keng qoʼllaniladagan moddalar bilan, shoʼningdek jahonda eng mexanizatsiyalashgan bizning qishloq xoʼjalik ishlab chiqarishimizni yanada rivojlantirish uchun yangidan-yangi, tagʼin ham keng perspektivalar ochib beradigan moddalar bilan, albatta, tanishtirishi zarur. Bu qoidani baʼzi bir faktlar bilan izohlaymiz. Аgrokimyo fanida, masalan, oʼsimlikning normal rivojlanishi uchun kulda boʼladigan faqat oltita elementning oʼzi: fosfor, kaliy, kalьtsiy, magniy, oltingugurt va temir boʼli-shi zarurdir degan tasavvur uzoq vaqtga qadar davom etib keldi. Yaqinda shu narsa maʼlum boʼlib qoldiki, koʼpgina oʼsimliklar (qand lavlagi, zigʼir va boshqalar) suvda va qumda oʼstirilganda, yuqorida koʼrsatilgan oziqdi moddalar aralashmasidan birortasida ham normal rivojlana olmas ekan. Oʼsimliklarning tuproqdan oziqlanish jarayonini oʼrganish yuzasi-dan olib borilgan boʼndan keyingi Juda aniq tekshirishlar ularning normal rivojlanishi uchun, shu oʼsimliklarda juda oz miqdorda borligi aniqlangan, mikroelementlar deb ataluvchi boshqa elementlar ham kerak boʼlishini koʼrsatdi. Jumladan, marganets, bor, mis, natriy, alyuminiy, rux, xlor, yod, radioaktiv elementlar (uran, radiy, toriy, aktiniy) va boshqalar mikroelementlar qatoriga kiradi. Maxsus oʼtkazilgan tekshirishlar va dexkonchilik amaliyotiining oʼzi ham mikroelementlarning oʼsimliklar hayotida nixoyatda katta rolь oʼynashini koʼrsatib berdi. Shu narsa aniqlandiki, mikrooʼgʼit-lar faqat hosilni ancha oshiribgina qolmay, balki oʼsimlikni maqsadga qaratib oʼzgartirishga: ularning rivojlanishini tezlashtirish yoki sekinlatishga ham imkon beradi. Аmalda foydalanilayotgan darslikda esa mikrooʼgʼitlar haqida, hatto, eslatib ham oʼtilmagan. Bu ahvolni oʼquvchilarga amaliy tayyorgarlik berish vazifalari nuqtai nazaridan toʼgʼri deb boʼlmaydi. Masalan, mana bunday fakt ham juda ajoyibdir. Qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarish praktikasida allaqachon shu narsa aniqlanganki, efir, sianat kislota va juda koʼp boshqa moddalarning bugʼlari, xatto, tutun ham oʼsimliklar rivojlanishini tezlashtiradi. Bu vositalardan, ayniqsa, efir bugʼlari yuborishgan sirenь, marvaridgul, gladioluslar va boshqa oʼsimliklarni erta yetiltirish uchun foydalaniladi. Oʼsishni tezlashtiradigan boshka stimulyatorlar yordami bilan xozirgi vaqtda yangi qazib olingan ertagi kartoshka tuganaklarini yozda ekish uchun ular uygʼotiladi, bu esa mamlakatimizning janubida ertagi kartoshkadan ikkinchi marta hosil olishga imkon beradi. Ekishdan oldin urugʼlarini stimulyatorlar bilan ishlash oʼsimliklarning rivojlanishini tezlashtiribgina qolmay, balki oʼlarni ancha sogʼlom, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga yaxshi bardosh bera oladigan qilib qoʼyishi ham aniqlangan. Stimulyatorlar \simliklar rkvojlanishining vegetativ davrini qisqartirish va shu yoʼl bilan qishloq xoʼjalik ishlob chiqarishidagi baʼzi ekinlarni shimolga siljitish uchun imkoniyat yaratish jihatidan ham katta rolь oʼynaydi. Keyingi vaqtlarda bizning olimlarimiz tomonidan sunʼiy ravishda olingan yangi moddalar stimulyator sifatida katta rolь oʼynamoqda. Stimulyatorlar kishloq xoʼjaligimiz ishlab chiqarishiga borgan sari koʼproq joriy qilinmoqda. Ulardan hozirgi kunda juda koʼp oʼsimliklarni (olcha, olxoʼri, krijovnik, limon, atirgul, tok va boshqalarni) qalamchadan koʼpaytirishda ancha keng foydalanishmoqda; stimulyatorlar, hatto, dub, qayin, zarang kabi ildiz otishi qiyin boʼlgan daraxtlarni ham qalamchalardan koʼpaytirishga imkon bermoqda. Shuningdek, oʼlardan yosh butalar va hatto katta daraxtlarni bir joylan koʼchirib boshqa joyga oʼtqazishda muvaffaqiyatli ravishda foydalanilmoqda, masalan, katta boʼlib oʼsgan daraxtlarini koʼchirib oʼtqazishda stimulyatorlar qoʼllanildi. Sabzavotchilar uglerod (II)-oksiddan iborat stimulyator yordami bilan bodringning odatdagidan 1—2 xafta oldinroq tugishi va hosili oshishiga erishdilar. Shunday qilib, oʼquvchilarni oʼsimliklarning oʼsishi va rivojlanishiga taʼsir koʼrsatishda eng koʼp qoʼllaniladigan stimulyatorlarning baʼzilari bilan tanishtirishni hayotning oʼzi talab etmoqda. Qishloq xoʼjaligi oʼsimliklarining zararkurandalari va kasalliklariga qarshi kurashda ishlatiladigan kimyoviy vositalar hozirgi vaqtda aholining koʼpchilik qismiga maʼlumdir, demak bu vositalar bilan oʼquvchilar ham tanishtirilmogʼi lozim. Kimyo kursida oʼrganish uchun, qishloq xoʼjaligida foydalaniladigan moddalarni tanlashda, albatta, shu moddalarning amaliy ahamiyatini nazarda tutish juda muximdir, ammo bunda oʼquvchilarning oʼrganilishi lozim boʼlgan moddalarning taʼrif tavsifini bemalol tushunib oʼzlashtirishlari uchun zarur boʼladigan nazariy tayyorgarlikka ega boʼlishlari asosiy rol oʼynaydi. Umumiy taʼlim va amaliya taʼlimi berish vazifalari nuqtai nazaridan qaralganda, oʼrta maktab oʼquvchilarini qishloq xoʼjaligida foydalaniladigan quyidagi moddalar bilan tanishtirish juda muhimdir: a) mineral oʼgʼitlar — shu jumladan, kontsentrlangan va aralash oʼgʼitlar, shuningdek, mikrooʼgʼitlar; b) oʼsimliklarning oʼsishi va rivojlanishiga taʼsir koʼrsatadigan stimulyatorlar — etilen, uglerod (II)-oksid, shuningdek sunʼiy usulda hosil qilingan organik moddalar — trixlorfenoksisirka kislota ; 2,4—dixlorfenoksisirka kislota va2-metil-4 xlorfenoksisirka kislota v) qishloq xoʼjaligi oʼsimliklarining zararkurandalariga qarshi kurashishda ishlatiladigan kimyoviy preparatlar: 1)oʼsimlikning ichidan taʼsir qiladiganlar natriy kremnoftorid, natriy ftorid, bariy xlorid va bagiy karbonat; 2)oʼsimlikning sirtidan taʼsir qiladiganlar sovun (asosan, kaliyli suyuq sovun), oltingugurt, ohak, oʼyuvchi natriy va temir kuporosi, emulsiya; 3) har tomonlama ( taʼsir qiladiganlar dixlordifeniltrixloretan (qisqacha — DDT), geksaxlortsiklo-geksan yoki, boshqacha qilib aytganda, geksaxloran (qisqachaGXTsG), dietilparanitrofeniltiofosfat yoki, boshqacha kilib aytganda (tiofos), (qisqacha NIUIF-1SO), etilmerkurfosfat (qisqacha NIUIF-1) va etilmerkurxlori I yoki,boshqacha qilib aytganda, granozan (qiskacha — NIUIF-2); 4) dimlovilar xlorpikrin, uglerod sulfid, sulfit angidrid, xlor, oltingugurt; g) qishloq xoʼjaligi oʼsimliklarining kasalliklariga qarshi kurashishda ishlatiladigan kimyoviy preparatlar mis kuporosi, temir kuporosi, formalin, АB preparati (mis kuporosi bilan boʼr aralashmasi), shuningdek, NIUIF-1 va NIUIF-2. Koʼrsatib oʼtilgan moddalar yo kimyo kursida berilgan boʼlishi, yoki ularga kimyo kursi asosida xarakteristika beri-lishi mumkin; faqat baʼzi moddalar haqidagina dastur materialiga bir oz qoʼshimcha kiritish lozim boʼladi. Qoʼshimcha materiallar oʼquvchilarga sinfdan tashqi mashgʼulotlar jarayonida aytib berilishi mumkin. Yuqorida sanab chiqilgan barcha yangi, sintetik preparat-arning tuzilish formulalari va toʼliq nomlari bilan oʼquvchilarni tanishtirib oʼtirishning hojati yoʼq oʼquvchilar tay-yorgarligining shu bosqichida bu moddalarning qisqartirilgan, koʼpchilik tomonidan qabul qilingan nomlarnigina aytib berish, ularga qisqacha xarakteristika berish va qishloq xoʼ-jaligida bu moddalarning qanday xossalaridan va qanday maqsadlar uchun foydalanilishini koʼrsatishning oʼzi kifoya. Qishloq xoʼjaligida ulardan qanday ekinlar uchun va qanday miqdorda foydalanish kerakligi masalasiga kelsak, oʼquvchilar bu maʼlumotlarni kerak boʼlganda topib olishi mumkin boʼlgan qoʼllanmani aytib berishning oʼzi kifoya . Qishloq xoʼjaligida foydalaniladigan boshqa moddalarning hammasi juda qisqa oʼrganiladi ularga tavsif berilganda oʼquvchilarning eʼtiborini shu moddalarning qishloq xoʼjaligida foydalaniladigan xossalariga jalb etish kerak. Mineral oʼritlar bundan mustasno boʼlib, ular birmuncha mukammal oʼrganib chiqiladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling