Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


-Amaliy mashg’ulot: Kimyo amaliyotida ekskursiyadan foydalanish


Download 0.54 Mb.
bet61/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

7-Amaliy mashg’ulot: Kimyo amaliyotida ekskursiyadan foydalanish

Umumiy ta'lim o'rta maktabda o'quvchilarni amaliy jihatdan tayyorlash uchun eng muhim vositalaridan biri ishlab chiqarishlarda o'tkaziladigan ekskursiyalardir. Ishlab chiqarishlarda o'tkaziladigan ekskursiyalar ta'lim tarbiya jihatidan katta ahamiyatga ega.


Ekskursiyalar nazariya bilan amaliyotni bir-biri bilan chambarchas bog'laydi. O'quvchilarda mehnatga bo'lgan va kasbga moyillik bor-yo'qligini aniqlashda yordam beradi. Ekskursiya uchun ob'yekt sifatida faqat yirik va faqat kimyoviy ishlab chiqarishlardan emas, balki, kimyoviy bo'lmagan kichiqroq ishlab chiqarishlardan ham foydalanish mumkin.
Ekskursiya o'tkaziladigan bu ishlab chiqarishlarda o'quv dasturida ko'rsatilgan jarayonlar bo'lishi kerak. O'tilgan va o'tiladigan o'quv materiali unda qo'llanilgan ko'p ko'rgazmali va kimyoviy tajribalar yordamida kimyoviy moddalar va kimyoviy jarayonlar sanoatda qo'llanishini faqatgina ekskursiya vaqtida o'quvchilarga aniq dalillar bilan tushuntirish mumkin. Ekskursiya davomida o'quvchilar sanoatdagi xom ashyo va undan olingan mahsulotlar, asosiy va qo'shimcha apparatlarning ishi va tuzilishi, texnologik jarayonlar bilan tanishib kimyoviy sanoat haqida aniq tushunchaga ega bo'ladi.
Bunda dars davomida ko'rilmagan ayrim tajribalarni, muhandislik inshootlarni o'z ko'zi bilan ko'radi. Bu ekskursiyalar davomida aniq misollarda xom ashyoni kompleks qayta ishlash yo'llari, qo'shimcha mahsulotlardan to'g'ri foydalanish hamda sanoat texnologiyasini yanada mukamallashtirish yo'llarini hozirgi zamon fan yutuqlari orqali tushuntirish mumkin. Ekskursiya davomida o'quvchilar kuchi bilan kimyodan ko'rgazmali qurollar, kollekziyalar, sxema, maketlar, modellar yasash, shu davr ichida ularni grafik ma'lumotini oshirish, apparatlarni sxemasini chizishni o'rgatish mumkin. O'quv ekskursiyalarni o'tkazishga tayyorgarlik ekskursiya ob’yektini tanlashdan boshlanadi.
8 sinfda ekskursiyalarning taxminiy ob'yektlari. Mineralogiya va o'lkashunoslik muzeylari. Sanoat va qishloq xo'jalik korxonalaridagi kimyo laboratoriyalari, dorixonalar, suv tozalash inshootlari.
9 sinfda ekskursiyalarning taxminiy ob’yektlari. Sulfat kislota ishlab chiqarish, mineral o'g'itlar ishlab chiqarish zavodlari, mineral o'g'itlar omborlari, zement, g'isht, shisha va tandir ishlab chiqaradigan korxonalar, elektrokimyoviy ishlab chiqarishlar.
10-11 sinfda ekskursiyalarning taxminiy ob’yektlari. Neftni va tabiiy gazni qayta ishlash korxonalari. Yog' olish va yog'larni gidrogenlash zavodi, sovun ishlab chiqarish zavodi. Shakar ishlab chiqarish.
Ekskursiya sinf sharoitidan tashqarida o'tkaziladigan darsdir. Ularni maktab ta'til kunlari o'tkazish mumkin. Yil davomida 8-9 sinflarda kamida bir marta, 10-11 sinflarda kamida ikki marta ekskursiya darslarini o'tkazish kerak.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling