Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo O’qitish Metodikisi yoʻnalishi 2- bosqich 02/22-guruh talabasi


Download 100,73 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi100,73 Kb.
#1564800
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MazmunaO

Mazuning dolzarbligi. Ushbu Tabiiy va sintetik kauchuklar organik kimyo tа`lim y o‘nаlishi talabalari uсhun mo‘ljаllаngаn. Dаsturdа kimyoning bаrсhа sоhаlаrining nаzаriy аsоsini hisоbgа оlgаn hоldа organik kimyo qоnunlаrigа аsоslаngаn hоldа kundаlik turmush vа tехnikаdа kеng qo‘llаnilаdigаn Tabiiy va sintetik kauchuklarga tеgishli nаzаriy vа аmаliy mоmеntlаr bilаn qurоllаntirаdi vа tаnishtirаdi.

I.BOB.Adabiyotlar taxlili Kauchuk
I.1. Tabiiy kauchukning tarkibi va tuzilishi, xossalari
Tabiiy kauchukning kimyoviy tuzilishini, asosan, Garriyes o‘rgangan bo‘lib, izopren molekulalaridan tashkil topganligi aniqlangan. Buning uchun kauchuk ozonlash reaksiyasiga uchratilgan, so‘ngra hosil bo‘lgan modda parchalanganda izopren oksidlanishi natijasida hosil bo'ladigan levulin aldegidi olingan.
Tabiiy kauchuk izopren polimeri hisoblanadi. Kauchuk molekulasi hosil boiishida izopren quyidagicha tuzilgan polimer zanjiriga birikadi:


nCH=C(CHj-CH CH2—>(-CH:-C(CH,)-CJ1-CH2-)n
Kauchuk molekulasi chiziqli tuzilishga ega. Tabiiy kauchukdagi metilen guruhlari-CHn-qo‘shbog‘dan bir tarafda joylashib, sis-holatdagi stereoregular tuzilishdagi molekulalar hosil qiladi. Kauchuk molekulalari kuchli darajada egilgan, buralgan holda bo‘ladi, kauchuk cho‘zilganda molekulalar to‘g‘rilanadi va kauchuk namunasi uzunlashadi. Molekulaga ta’sir to‘xtatilsa, ichki issiqlik harakati natijasi­da bo‘g‘inlar dastlabki buklama holatiga qaytadi, kauchuk o‘lchamlari qisqaradi. Tabiiy kauchuk tropik mamlakatlarda o‘sadigan ba’zi daraxtlarning sutsimon shirasi lateksdan olinadi. Masalan, Janubiy Amerikada o‘sadigan geveya (12.1-rasm), gvaulla daraxtlari va Markaziy Osiyoda o'sadi-
gan ko‘k sag‘iz, tog‘sag‘izi o‘simliklari ana shunday daraxtlarjumlasi-
ga kiradi. Janubiy amerikaliklar geveya daraxtining shirasini - “kaocho”
daraxtning “ko‘z yoshi” deganlar, shundan kauchuk nomi kelib chiqqan. Lateks - kauchukning suvdagi kolloid eritmasi. Qizdirilganda yoki kislotalar ta’sir ettirilganda lateks koagullashadi, uni suyuqlikdan ajratiladi va quritiladi. Kauchuk uglerod (IV)-sulfidda, benzin, benzolda eriydi.Kauchukning muhim xususiyati uning elastikligi va suv o‘tkazmasligida. Olingan lateks qayta ishlanib, xom - texnik kauchuk hosil qilinadi.
Uning tarkibida 93-94% kauchuk, 2,4-2,9% oqsil, 0,3% kul, 0,3% qand
moddalari va 2,5-3% smola bor. Toza tabiiy kauchuk yuqori moleku-
lali to‘yinmagan uglevodorod, tarkibi (C5Hg)nmolekulyar massasi 150
mingdan 500 minggacha boradi, zanjirining uzunligi 10000-40000 A, ko‘ndalang kesimi 1,5-3 A gacha.Tabiiy kauchuk molekulasining bu kattaligi va shakli uning eng muhim xususiyati elastikligini ko‘rsatadi. Tabiiy kauchuk yog‘va aromatik uglevodorodlarda va ularning hosilalarida, ma­salan, benzin, benzol, xloroformlarda erib, yopishqoq eritma yelim hosil qiladi. Tabiiy kauchuk to‘yinmagan birikma bo‘lgani uchun vodorod, galogenlar, oltingugurt va kislorod bilan reaksiyaga kirishadi. Natijada uning eruvchanligi, mustahkamligi, elastikligi va boshqa fizik, mexanik xossa­lari o‘zgaradi. Xom kauchuk oltingugurt bilan reaksiyaga kirishib yuqori sifatli rezinaga aylanadi. Tabiiy kauchuk, odatda, amorf holatda bo‘ladi,
lekin vaqt o‘tishi bilan kristallanishi mumkin. Yuqori elastikligi, suv va
gaz o‘tkazmasligi, elektroizolyatsion xususiyati va yemiruvchi muhitlarga chidamliligi tufayli kauchuk texnika va turmushda ko‘p ishlatiladi. Tndoneziya, Malayziya, Tailand, Hindiston, Xitoy, Shri Lanka va Vyetnamda tabiiy kauchuk ko‘p ishlab chiqariladi.



Download 100,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling