Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo O’qitish Metodikisi yoʻnalishi 2- bosqich 01\19-guruh talabasi


Download 379.21 Kb.
bet18/21
Sana16.06.2023
Hajmi379.21 Kb.
#1492755
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Zulfiyaxon kurs ishi

Vitaminlar tasnifi
Vitaminlar bosh harflar bilan, ovqat tarkibida vitaminning yetishmasligi natijasida vujudga keladigan kasallikning nomi yoki kimyoviy belgilar bilan nomlanadilar. Vitaminlarning zamonaviy tasnifi tugallanmagan: u fizik-kimyoviy xususiyatlar (xususan eruvchanligi), kimyoviy tabiati va harf bilan belgilanishiga asoslangan.
Eruvchanligiga qarab yog‘da va suvda eruvchan vitaminlar tafovut etiladi.
Yog‘da eruvchan vitaminlar:
1. Vitamin A, antikseroftalmik retinol.
2. Vitamin D, antiraxitik kalsiferol.
3. Vitamin E, antisteril, ko‘payish vitamini, tokoferollar.
4. Vitamin K, antigemorragik, naftaxinon.
Suvda eruvchan vitaminlar:
1. Vitamin B1, antinevrit, tiamin.
2. Vitamin B2, o‘sish vitamini, riboflavin.
3. Vitamin B6, antidermatit, adermin, piridoksin.
4. Vitamin B12, antianemik,kobalamin.
5. Vitamin PP, antipellagrik, niatsin, nikotinamid.
6. Vitamin Bs, antianemik, folat kislota.
7. Vitamin B3, antidermatit, pantotenat kislota.
8. Vitamin N, antiseborrey, bakteriyalar, achitqi o‘sish omili, biotin.
9. Vitamin C, kapillyarlarni mustahkamlovchi, askorbin kislota. Shuningdek, ba’zilari organizmda ma’lum miqdorda sintezlanadigan vitaminlarga o‘xshab ta’sir etadigan turli kimyoviy moddalar guruhida tafovut etiladi; odam va ba’zi hayvonlar uchun bu moddalarni vitaminsimon moddalar guruhiga kiritilgan. Ularga holin, lipoat kislota, vitamin B15 (pangamat kislota), orotat kislota, inozit, ubixinon, paraaminobenzoat kislota, karnitin, linol va linolen kislotlari, vitamin U (yazvaga qarshi omil) va qator qush, kalamush, jo‘ja, to‘qima bo‘laklari uchun o‘sish omillariga kiradi.
Fiziologik ta’siri bo‘yicha vitaminlarni quyidagi guruhlarga
bo‘lish mumkin:
1. Organizmning umumiy rezistentligini oshiruvchi vitaminlar:
B1, B2, PP, A, C.
2. Antigemorragik vitaminlar: C, R, K.
3. Antianemik vitaminlar: B12, folat kislota, C.
4. Antiinfeksion vitaminlar: A, C.
5. Ko‘rishni boshqaruvchi: A, B2, C.

Download 379.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling