Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo O’qitish Metodikisi yoʻnalishi 4- bosqich 01\19-guruh talabasi


Download 0.56 Mb.
Sana23.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1387938
Bog'liq
Mamaziyayev Yorqinjon kurs ishi


O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi
Qo’qon davlat pedogogika instituti

Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo O’qitish Metodikisi yoʻnalishi 4- bosqich
01\19-guruh talabasi Mamaziyayev Yorqinjonning
Kimyo O’qitish Metodikasi fanidan

MAVZU : Kimyodan tajribalar o’tkazishning demonstratsion,labaratoriya tajribalari va amaliy ish o’tkazish metodikasini ishlab chiqish
Topshirdi. ________________ talaba Mamaziyayev Yorqinjon
Qabul qildi _________________ dotsent Kazimova Nafisaxon
Kurs ishiga qo’yilgan Baho ___________

QOQON 2023
Reja :

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

I.1. Maktabda kimyoviy tajriba ,uning vazifalari
I.2. Kimyo o’qitish jarayonida kimyoviy tajribani tashkil etish,uning turlari
I.3
III. Xulosa

KIRISH
Respublikamizda “kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning sifat bosqichi amalga oshirilayotganligi munosabati bilan umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalarida kimyo ta’limi mazmunining zamon talablari asosida yangilanishi, yangi labaratoriya xonalari va jihozlari bilan ta’minlanishi, ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan keng foydalanishga erishish, mustaqil ishlash va shaxsiy ijodkorlik kabi darsga munosabatlarning bo’lajak kimyo o’qituvchilarini (bakalavr) tayyorlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatish va o’qitish samaradorligini oshirish sifatini ta’minlashdek dolzarb muammoning yechimiga qo’yilgan qdamlardan biri hisoblanadi. Pedagogik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, pedagogika oliy ta’lim muassasalari (OTM)da “Kimyo” (bakalavriat) yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarning “Umumiy kimyo” kursini o’qish jarayonida, amaliy mashg’ulotlarning umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-xunar ta’limi kimyosi mazmunidagi labaratoriya ishlari va eksperimentlarni mustaqil ravishda o’tkazish, ularni amalga oshirishga ijodiy yondashishlarida ayrim kasbiy muammolar sezilmoqda. Ushbu muammolarning tahlili, bo’lajak kimyo o’qituvchilarining labaratoriya mashg’ulotlarini mustaqil o’tkazish tayyorgarligi, ko’nikma va malakalari yuqori darajada emasligini namoyon etmoqda. Bundan umumta’lim, o’rta maxsus va kasb-xunar ta’limi muassasalarida kimyo fanini o’qitish jarayonida labaratoriya mashg’ulotlarini yuqori darajada olib borish uchun talabalar bilan individual ishlash muhimligi kelib chiqadi. Ta’lim oluvchilarda eksperiment o’tkazish tartibi uning amaliy muhimligi, tadbiq etilishi va ijobiy samara berishi, shuningdek ularda ixtirochilik qobiliyatini shakllantirish amaliy ahamiyatga ega. Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, talabalar tomonidan olingan. nazariy bilimlarni amaliy mustahkamlash uchun o’tkazilayotgan labaratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish tartibi ketma-ketligini o’zgartirish, uni yangi ta’lim texnologiyalari elementlari bilan boyitish maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Fikrimizcha, aniq fanlarning na’munaviy o’quv rejadagi labaratoriya va amaliy mashg’ulotlarni hazirgi kun talablari darajasiga ko’tarish muammosi kimyo fanini o’qitishda ham dolzarb masalalardan biridir. Xususan, kimyoning barcha bo’limlarida o’tkaziladigan labaratoriya mashg’ulotlari hozirgacha eskicha model asosida amalga oshirilmoqda. Hozirgi kun taraqqiyoti barcha fanlarga nisbatan yangicha yondashish zarurligini taqozo etadi. Chunki talaba yoshlarning ruhiy rivojlanish darajasi 80-90 yillarga nisbatan fan va texnologiyalar, iqtisodiyotning rivojlanishi, ijtimoiy o’sishning yuqoriligi hisobiga keskin o’zgarganligi, psixologiya, pedagogika fanlaridan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari ko’rsatmoqda.
Kimyo fanidan aniqlangan ko‘plab nazariy qonuniyatlarning ochilishida aynan aniq izchillik bilan muayyan maqsadni ko‘zlab amalga oshirilgan tajribalarning natijasidir. Tabiiy fanlar sirasiga kiradigan kimyo fanidan bildiriladigfan har qanday fikr va mulohaza albatta, tajriba yordamida tasdiqlanmog‘i zarur. Kimyo fanining rivojlanishining dastlabki davrlarida A.Vyurs, O.Tenar, Gey-Lyussak, U.Sharl, Berselius, Kuper, Kekule, Vyoler, Mendeleyev, J.B.Bio, Faradey, Beylshteyn, O.Loran, Molyus va boshqa ko‘plab kimyogar olimlar tomonidan keyinchalik fanda muhim o‘rinni egallagan qonuniyatlarning ochilishiga sabab bo‘lgan ko‘plab tajribalar bajarilgan. Aynan ularning qilgan ishlari amaliy kimyoni rivojlanishida muhim omil bo‘ldi.

XULOSA.
O‘quvchi nima sababdan tajriba bajarilayotganligi va qanday muammoni tajriba asosida aniqlash mumkinligini bilishi kerak. O‘quvchidan moddalarni asboblar va indikatorlar yordamida o‘rganadi va natijada tajriba natijalaridan unga oid nazariy kontseptsiyalari asosida xulosa chiqara bilish kerak. Labоratоriya mashg‘ulоtlarini o‘tkazish o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bоg‘lashda, uni aniqlashtirishda, dasturda ko‘rsatilgan o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirishda va rivоjlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling