Tabiiy fanlar fakulteti


Nerv sistemasi va sezgi organlari


Download 0.84 Mb.
bet11/13
Sana02.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#200387
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kurs ishi[1]

Nerv sistemasi va sezgi organlari. Ko'pchilik hayvonlar faol harakat qilib, o'zozig’lnitopadiva dushmanlaridan saqlanadi. Nervsistemasi hayvonlami o'zgarib turadigan tashqi muhitga moslashuviga, binobarin
ularni yashab qolishiga imkon beradi. Shuning uchun hamma ko‘p hujayrali hayvonlarda nerv hujayralari va sezgi organlari rivojlangan. Tuban
ko’p hujayralilarda (bo'shliqichlilar) nerv hujayralari tanada tarqoq joylashgan, yani markazlashmagan bo'ladi.

Evolyutsiya jarayonida tana tuzilishining murakkablashuvi va hayvonlaming harakatchanligi ortishi bilan nerv sistemasi ham murakkablasha


boradi. Birmuncha sodda tuzilgan ko'p hujayralilaming nerv sistemasi
tanasining oldingi qismida joylashgan nerv Tugunlari va ulardan tana
b o ‘ylab oldinga va orqaga ketuvchi nerv stvollaridan iborat. Tanasi
bo‘g‘imlarga bo‘lingan va yurish oyoqlari rivojlangan halqali chuvalchanglar va bo‘g ‘imoyoqlilaming markaziy nerv sistemasi halqumusti nerv
gangliylari va qorin nerv zanjirini hosil qiladi. Umurtqali hayvonlaming markaziy nerv sistemasi bosh miya vaorqa miyadan iborat.
Nerv sistemasining ta’sirotga beradigan javobi refleks deb ataladi.
Reflekslar shartsiz (tug‘ma) va shartli (hayot davomida hosil qilingan)
bo‘lishi mumkin. Sodda tuzilgan hayvonlarda faqat oddiy shartsiz reflekslarhosil bo‘ladi. Nerv sistemasi yaxshi rivojlangan hayvonlar (masalan
hasharotlar, umurtqalilar)dajuda xilma-xil tug‘ma reflekslar rivojlangan.
Hayvonlaming tug‘ma nerv faoliyati instinkt deb ataladi.
Sezgi organlari muhitdan keladigan ta’sirotlami qabul qilish va ularni
markazga uzatish vazifasini bajaradi. Bir hujayrali hayvonlar ham muhitning turli ta’sirotlarini qabul qilish va unga javob berish xususiyatiga ega.
Suvda yashovchi bir hujayralilar suvning tarkibiga va haroratiga ta’sirchan
bo‘ladi. Ayrim yashil xivchinlilarda yorug‘likni sezuvchi qizil pigment
ko‘zchasi bo'ladi. Birmuncha murakkab tuzilgan hay vonlardako‘rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish va tuyg‘u organlari rivojlangan. Sezgi organlari
xilma-xil tuzilgan va tananing turli qismlarida joylashgan bo‘lishi mumkin.
Sezgi organlarida ta’sirotni qabul qiluvchi nerv uchlari - retseptorlar
joylashgan. Retseptorlarda hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish nerv impulslaii holida sezuvchi nervlar orqali markaziy nerv sistemasiga, undan esa nerv
impulslari markazdan ketuvchi nervlar orqali har xil organlarga о‘tkaziladi.
Masalan, sut emizuvchi hayvonlaming ovqati og‘izga tushganida til va
og‘iz devoridajoylashgan ta’m bilish retseptorlari kimyoviy ta’sirotni qabul
qiladi va uzunchoq miyada joylashgan ovqat hazm qilish nerv markaziga
o‘tkazadi. U yerdan nerv impulsi markazdan ketuvchi nerv orqali so‘lak
ajratuvchi bezlarga boradi va so‘Iak ajraladi.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling