Tabiiy fanlar fakulteti
Download 0.84 Mb.
|
Kurs ishi[1]
Nerv to‘qimasi nerv hujayralari- neyronlar va hujayra oralig'i modda
— neyrogliydan iborat. Tashqi muhitdan va organizmning o'zidan keladigan qo‘zg‘alishni qabul qilish va o ‘tkazish vazifasini bajaradi. Nerv hujayralari dastlab sodda ko‘phujayralilar-bo‘shIiqichlilarda paydo bo'ladi. Bo‘g‘imoyoqlilar va umurtqali hayvonlarning nerv hujayralari yanada kuchliroq markazlashishi natijasida markaziy nerv sisteniasini hosil qiladi. Organlar va organlar sistemasi. Yuqorida ta’kidlab olilgan to‘qimalar organlami tashkil etadi. Har qaysi organ tarkibiga bir necha xil to'qima kiradi. Har bir organ organizmda ma’lum bir vazifani bajarishga moslashgan bo'ladi. Bir-biri bilan uzviy bog'langan va organizmda bitta umumiy vazifani bajaradigan organlar bitta sistemaga birlashtiriladi. Masalan, og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, oshqozon, ichaklar va ovqat hazm qilish bezlari ovqat hazm qilish sistemasini tashkil etadi. Evolyutsion taraqqiyotning birmuncha yuqori pog‘onasida joylashgan hayvonlarda ovqat hazm qilish, nafas olish, ayirish, tayanch-harakat, qon aylanish, nerv vaboshqa bir qancha organlar sistemasi rivojlanadi. Tana simmetriyasi. Simmetriya hayvonlar tanasining o‘xshash qismlarini simmetriya markazi (nuqta, to‘g‘ri chiziq yoki yuza) atrofida ma’lum bir geometrik tartibda mutanosib joylashuvidan iborat. Tana simmetriyasi uzoq evolyutsion taraqqiyot natijasi bo'lib, yashash muhiti bilan chambarchas bogliq. Hayvonlar tana simmetriyasining asosiy xillari quyidagilardan iborat. 1. Radial nurli, ya’ni teng o'qli simmetriya suvda qalqib hayot kechiradigan sharsimon plankton hayvonlai- (quyoshsimonlar, nurlsimonlar, volvokslar va boshqalar)da ko‘rish mumkin. Ular tanasining о‘xshash qismlari birnuqtadan tarqaladigan radial nurlaryo‘nalishidajoylashgan. Radial nurli simmetriya suv muhitida qalqib turuvchi hayvon yashab mrgan muhitning tananing hamma tomonida bir xil boiishi bilan bogliqdir. Radial tana simmetriyaga ega bo'ligan hayvonning tashqi muhit ta’siriga javob reaksiyasi tananing hamma tomonida bir xilda boiadi. 2. Radial o'qli simmetriya suv tubida o‘troq yashaydigan bo‘shliqichlilar va ulaming erkin yashovchi meduzalari, shuningdek taroqlilar va nmaterililar uchun xosdir. Radial o‘qli simmetriyaga ega boigan hayvonlar tanasining o ‘xshash qismlari aylanish o‘qi atrofida joylashgan. Hayvonlar tanasidagi simmetrik bolaklar soni tana sirtida joylashgan paypaslagichlar (bo'shliqichlilar, taroqlilar, g'ovaktanlilar) yoki tana markazidan ketuvchi nurlar soni bilan belgilanadi.Odatda radial nurli tana simmetriyasi faqat bir hujayralilar, radial o‘qli simmetriya birmuncha sodda tuzilgan umurtqasizlar uchun harakterlidir. 3. Bilaterial, y a ’ni ikki yonlama simmetriya juda ko‘pchilik harakatchan umurtqasiz hayvonlar va deyarli barcha umurtqali hayvonlaruchun xos bo‘ladi. Bu hayvonlar tanasini markaziy o‘q orqali o‘tadigan yagonayuza orqali faqat ikkita teng bo‘laklargaajratish mumkin. Bilateral tana simmetriyaga ega bo'lgan hayvonlar tanasining chap va o‘ng yarmini, oldingi (bosh) va keyingi (dum), orqa (yelka) va qorin tomonlarini aniq ajratib olish mumkin. Shuning bilan birga ayrim hayvonlar tanasi simmetriyasiz tuzilishga ega bo‘ladi. Bunday hayvonlarga sodda tuzilgan yalang‘och amyobalar bilan bir qatorda qorin oyoqli mollyuskalar ham misol bo'ladi. Qorin oyoqlilar tanasining assimmetrik tuzilishi spiral chig‘anoqning hosil bo‘lishibilan tananing bir tomonga buralishi natijasida kelib chiqqan bo‘lib, ikkilamchi harakterga egadir. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling