Tabiiy fanlar fakulteti
Download 0.84 Mb.
|
Kurs ishi[1]
Biriktiruvchi to'qima hujayralar orasidagi moddasining ko‘pligi bilan boshqa to‘qimalardan farq qiladi. Oraliq modda qattiq yoki suyuq
bo‘lishi mumkin. Biriktiruvchi to‘qima organlar va to‘qimalami bir-biri bilan tutashtirib turish, tayanch skelet hosil qilish, organizmni oziq moddalar va kislorod bilan ta’minlash, zaxira oziq to‘plash va boshqa bir qancha vazifalami bajaradi. Bo‘shliqichlilar tipiga mansub hayvonlaming shilimshiq moddaga o'xshash biriktiruvchi to ‘qimasida oziqni taqsimlash, skelet hosil qilish, jinsiy hujayralar hosil qilish kabi turli vazifalami bajaruvchi har xil hujayralar bo‘ladi. Yassi chuvalchanglar tanasidagi ichki organlar oralig‘ini toldirib turuvchi parenxima g‘ovak tolali biriktiruvchi to‘qimaga misol bo‘ladi. Bu to‘qima ichki muhit vazifasini bajaradi. Ba’zi umurtqasiz hayvonlar va hamma umurtqalilaming turli organlari va teriosti qavati tarkibiga zich biriktiruvchi to‘qima kiradi. Nafas olish organlari, qon tomirlari devori va terming qayishqoqligi ana shu to‘qimaning oraliq moddasida joylashgan tolalar xossasiga bog‘liq bo‘ladi. Tayanch skelet vazifasini bajaruvchi tog'ay, suyak, xordatig‘iz tolali biriktiruvchi to‘qimaga misol bo‘ladi. Qon suyuq biriktiruvchi to‘qimadan iborat. Umurtqali hayvonlar qoni hujayralardan va qon zardobidan iborat. Qon zardobi hujayralararo moddani, qon hujayralari (eritrotsitlar, leykotsitlar va boshqalar) to‘qima hujayralarini hosil qiladi. Umurtqasiz hayvonlaming qoni ko‘pincha rangsiz, kislorod tashuvchi gemoglobin oqsili esa qon zardobi tarkibiga kiradi. Ko‘pchilik hayvonlar (hasharotlar va umurtqalilar) uchun xos bolgan yog‘ to‘qimasi ham o‘zining tuzilish xususiyatiga ko‘ra biriktiruvchi to‘qimaga kiradi. Yog‘ to‘qimasi hujayralarida zaxira oziq modda- yog‘ to‘planadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling