Tabiiy fanlari fakulteti


II.6. Yangi pedagogik texnologiyalar asosida darslarni olib borish


Download 254.09 Kb.
bet12/13
Sana08.01.2022
Hajmi254.09 Kb.
#239452
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ibroximova N

II.6. Yangi pedagogik texnologiyalar asosida darslarni olib borish
Identiv o’quv maqsadlari:

1. Dars o’qitishning asosiy tashkiliy shakli ekanligi sabablarini bilib oladi.

2. Darsga bo’lgan talablarni sanab beradi

3. Kimyo darslariga qanday izchillikda tayyorlanish kerakligini tushuntiradi.

4. Dars maqsadlari haqida bilim va malakaga ega bo’ladi.

5. Fakultativ darslarning maqsadi va ularning turlarini izohlaydi.

6. Sinfdan tashqari ishning maqsadi va ularning shakllari to’g’risidagi tushunchalarini mustahkamlaydi.

7. Darsning reja-sxemasini tuzishni o’zlashtiradi.


Darsga tayyorlanish o’qituvchidan katta mehnat talab qiladi, bu ijodiy jarayondir. Har bir zamonaviy darsda o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish kerak.

O’qituvchini darsga ijodiy yondashishi shundan iboratki - har bir darsda o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadlarini ko’zda tutgan holda dars rejalarini ishlab chiqish, darsni olib boradigan usullarni tanlash, o’quv vositalarini, kimyoviy tajribalarni tanlab olish kerak.

Dars o’quv ishini tashkil qilishni asosiy formasidir. Darsda hamma o’quv ishi butun gurux bilan va o’qituvchining bevosita rahbarligi ostida olib boriladi. Kimyo o’qituvchisining asosiy vazifasi kimyo kursidan o’tiladigan barcha darslarni yuqori sifatli qilishdan iboratdir. Vazifalarning muvaffaqiyat bilan hal qilinishi har qaysi darsning yuqori sifatli bo’lishiga bog’liqdir. Kimyo darslarining yuqori sifatli bo’lishini quyidagi asosiy shart —sharoit belgilab beradi:

a) g’oyaviylik;

b) faktik materialni tanlash;

v) o’quv ishining metod va usullarini aniqlab olish;

g) rejalashtirish;

d) asbob —uskunalar tayyorlab qo’yish”

e) kimyoviy eksperimentni oldindan tekshirib olish;

j) ta’lim —tarbiya ishiga ijodiy qarash.

Darsda shu darsning G’oyasi, ta’lim—tarbiyaviy maqsadi hal qiluvchi rol o’ynaydi. Darsning hal qiluvchi sharti uning asosiy maqsadidir. Darsning maqsadi davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib, o’quv reja, dastur asosida aniqlanadi, darsning maqsadi o’qituvchining talabaga qanday bilim, malaka berishi kerakligi bilan emas, balki talaba bu darsda qanday bilim, malaka ko’nikmalarni egallashdan kelib chiqib belgilanishi kerak. Ta’lim—tarbiya ishining maqsadlari quyidagilar:

1.Ta’limiy maqsad —mavzu bo’yicha o’quv materiali mazmuniga ko’ra aniqlanib, talabalarda o’rganilayotgan hodisaning muhim -xususiyatlari, namoyon bo’lish shakllari hakida bilim xamda ulardan amaliyotda foydalannish bo’yicha ish harakat usullarini shakllantirishni ko’zda tutadi.

Bilim— o’rganilayotgan hodisa haqida uning muhim xususiyat va sifatlarini yorituvchi tushuncha, va fikrlar tizimidir, ya’ni bilimlar ushbu predmetni nazariy o’zlashtirishda ifodalanadigan inson g’oyalarining yig’indisi. Mahorat —o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo’llash usullari (yo’llarni, harakatlarni) egallash.

Ko’nikma - avtomatik darajagacha, mukammallikning yuqori darajasigacha etkazilgan mahorat.

2. Tarbiyaviy maqsad — o’rganilayotgan hodisani jamiyat va tabiat hayoti, manfaati uchun qanday shakllanish lozim bo’lgan shaxsiy xislat hamda fazilatlarni ko’zda tutadi.

3. Rivojlantiruvchi maqsad — tahsil oluvchining dasturiy materialni o’zlashtirnsh natijasida bilimi, tajribasi odob axloqi va shu kabi shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish bilan bir vaqtda mantiqiy tafakkur (fikr yuritish) qobiliyatlarni shakllantnrishni ko’zda tutadi.

4. Motivatsion (qiziqtiruvchi) maqsad— talabaning o’rganilayotgan hodisaga ongli munosabatini yo’naltirish, o’qib-o’rganishga ehtiyoj uyg’otish, qiziqishni o’stirishni nazarda tutadi.

Bugun dars qo’yilgan maqsadga eng tejamli sur’atda va to’la erishishga qaratilgan bo’ladi. Aniq qo’yilgan maqsad o’qituvchining shu maqsadga erishish uchun zarur faktik materialni to’g’ri tanlab olishiga imkon beradi. Darsning maqsadi darslarda o’tiladigan hamma boshqa faktik materialni tajribalar, tarixiy spravkalar, amaliy hayotdan olingan misollar bilan belgilab beradi.

Ma’lumki, har bir ijodiy faoliyat bir namunaviy bo’lishi mumkin emas, shuning uchun o’qituvchi maktab dasturiga asoslanib, darslik, metodik qo’llanma, qo’shimcha adabiyotlardan foydalaniladi. O’zining boshidan o’tkazmasdan, birovning tajribasini o’zi uchun qo’llab bo’lmaydi.

Darsni muvaffaqiyatli o’qitish uchun o’qituvchi oldindan tematik rejalarga tayanib ayni darsning oldingi va keyingi darslar bilan bog’laydi.

Darsning hal qiluvchi sharti uning maqsadidir. Aniq qo’yilgan maqsad o’qituvchining shu maqsadga erishish uchun zarur faktik materialni to’g’ri tanlab olishga imkon beradi.

Tipik dars uchga asosiy qismga - kirish qismi, asosiy qism va xotima qismga bo’linadi.

Darsning kirish qismini ko’pincha o’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashish, davomatni tekshirish, kimyo o’quv kabineti darsga tayyorgarligi, zarur asbob—uskunalar bor—yo’qligini tekshirish o’quvchilarning ish joyida umumiy tartib o’rnatish, o’quvchilar e’tiborini o’ziga jalb etish va boshqalar tashkil etadi. Darsning kirish qismini tashkiliy qism yoki sinfni o’quv ishiga tayyorlash deb atash mumkin.

Darsning asosiy qismiga o’quvchilardan so’rash, yangi mavzuni bayon etish, umumlashtirish va puxtalash kiradi.

O’quvchilardan so’rashga uyga berilgan topshiriqlarni, oldingi darslarda o’tilganlarni tekshirib ko’rish kiradi. Ko’pgina hollarda, uyga berilgan vazifani frontal suratda, butun sinfni bir vaqtda tekshirib chiqish kerak bo’ladi. Shunda har xil usullardan foydalanib o’quvchilarni hamma vaqt e’tibordan chetda qoldirmaslikka harakat qilish kerak, ba’zan, murakkab uy topshiriqlarini o’qituvchi vaqtni tejash maqsadida o’quvchilardan yig’ib, darsdan keyin tekshiradi, va keyingi darsda o’z mulohazalarini va qo’ygan baholarini e’lon qiladi.

Yangi mavzuni bayon qilish qismi xilma – xil bo’ladi, uning xarakteri konkret materialga va bu materialga to’g’ri keladigan o’qitish usullari va vositalariga bog’liq bo’ladi. Bayon etish jarayonida darsning asosiy ta’lim — tarbiyaviy vazifasi hal qilinadi. Ko’pincha darsning bu qismida o’quvchilarga tayyor bilimlarni berish bilan chegaralanmay, balki o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning o’zlariga tajriba, kuzatish, darslik bilan ishlash qildiriladi.

Yangi mavzuni umumlashtirish va puxtalash darsning alohida qismini tashkil etadi, chunki yangi mavzuda eng muhim narsani ajratib ko’rsatishga va bu muhim narsani, qolgan vaqtga qarab, maxsus tarzda mustahkamlashga imkon beradi.

Uyga topshiriq darsning yakuniy (xotima) qismida beriladi. To’g’ri tashkil etilgan uy topshiriqlari o’quvchilarda mustaqil ishlash malakalarini hosil qilishning eng muhim vositalaridan biridir.

Shunday qilib, tipik dars sxemasi quyidagicha yoziladi:

1. Sinfni o’quv ishiga tayyorlash

2. So’rash

3. Yangi mavzuni bayon etish

4. Yangi mavzuni umumlashtirish va puxtalash

5. Uyga topshiriq berish.

Albatta, yuqorida ko’rsatib o’tilgan darsning sxemasi birdan - bir sxema emas. Yangi mavzuning xarakteriga, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga, kimyoviy asbob-uskunalarni bor-yo’qligiga, o’quvchining imkoniyati va individual xususiyatlariga va bir qator boshqa omillarga qarab darsning tuzilishi o’zgartirib turiladi.

Ta’lim—tarbiya jarayoni juda xilma-xildir, shuning uchun ko’zlangan maqsad va mavzuning mazmuniga qarab darslar ham xar xil bo’lishi kerak.

Yuqorida keltirilgan dars bir qator vazifalarni hal qilishga qaratilgan — o’qituvchi bu darsda yangi materialni tushuntirib beradi, o’tilgan mavzuni chuqurlashtiradi, yangi bilimlarni tekshirib ko’radi va puxtalaydi, o’quvchilarning umumiy o’zlashtirishini tekshirib boradi va h.k. Aralash yoki boshqacha qilib aytganda, kombinatsiyalangan dars deb ataladigan bu dars eng ko’p qo’llaniladi.

Kimyo o’qituvchilari aralash dars bilan bir qatorda, o’quv ishining maqsadi va asli mazmuniga qarab, ko’pincha, quyidagi maxsus darslarni ham o’tkazadilar:

1. Yangi mavzuni o’rganish darslari (kirish darsi, o’rganiladigan fanning mavzu bahsi bilan tanishtirish darsi, laboratoriya darsi, ekskursiya darsi, kino darsi va boshq.).

2. Amaliy o’quvlar hosil qilish darsi (amaliy mashg’ulot darsi, eksperimental masalalar echish darsi).

3. Bilimlarni sekin - asta chuqurlashtirish darslari (umumlashtirish darsi, obzor tarzida takrorlash darsi.).

4. Olingan bilim va malakalarni tadbiq etish darslari (mashqlar darsi, kimyoviy masalalar echish darsi, asboblar loyihalash darsi).

5.Nazorat (so’rash darsi, nazorat ishi tkazish darsi).
Mavzuni metodik jihatdan tayyorlash

Dars rejalari tuzishga, odatda, oldindan tayyorgarlik ko’riladi. Ba’zi hllarda katta mavzular uchun berilgan soatlarning hammasiga birvarakay tayyorgarlik ko’rib qo’yish ham maqsadga muvofiq bo’ladi. O’quv dasturi asosida dars rejalarni doimo o’qituvchining o’zida turishi kerak. Ammo ularni bilimgoh direktori va ilmiy bo’lim mudirn ko’rib, tasdiqlangan bo’lishi shart. Shuni unutmaslik kerakki, o’qituvchi dars rejasini tuzayotgan paytda bir xillikdan va shablondan qochishi, masalaga doim ilmiy yondoshishi, uni yangi —yangi uslub va misollar bilam muntazam boyitib, amaliy tajribalarini yo’l—yo’lakay takomillashtirib borishi lozim. Ba’zi o’rinlarda darslik va qo’llanmalarr dastur talabi bilan to’g’ri kelmay qolishi mumkin, Bunday hollarda o’qituvchi dars rejalariga aniq tuzatishlar, o’zgarishlar kiritib, darsni mazmunli o’tkazishi uchun choralarni ko’rishi mumkin. Dars davomida tushuntiriladigan qoidalar matnini, qisqagina bo’lsa ham, aniq yozib borgan ma’qul. Chunki bunday qilingan taqdirda o’qituvchi dars jarayonida mavzuga oid elementar gaplar, raqamlar, formulalar va hatto kichik faktlarni ham talabaning ongiga to’la —to’kis etkaza olish imkoniyatiga ega bo’ladi, biror narsani unutib, e’tibordan chetda qoldirmaydi. Dars reja shaklini o’qituvchining o’zi tanlaydi, uni o’zi uchun qulay bo’lgan ratsional usulda tuzadi.


Yangi mavzuni o’rganish darsi

Bunday maxsus darslarning o’ziga xos xususiyati shuki, bu darslarda vaqtning qariyib hammasi o’quvchilarni yangi mavzu bilan tanishtirishga ketadi. Bu darslarda zarurat tug’ilishining sababi kimyo kursida navbatdagi barcha mavzularga asos bo’ladigan va o’quvchilarga hali xech narsa ma’lum bo’lmagan masalalar borligidir. Bunday masalalar jumlasiga, masalan:

• Kimyoning mavzu bahsi

• Moddalar va ularning o’zgarishi

• Atomlar, kimyoviy elementlar.

• Valentlik

• Organik moddalar

• D. I. Mendeleevning davriy qonuni va elementlar davriy jadvali.

• Atomlarning tuzilishi

• Moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi

• Elektrolitik dissotsialanish nazariyasi asoslari va boshqalar kiradi.

Yangi mavzuni o’rganish darslari o’z tuzilishi jihatidan olganda odatdagi aralash darsdan ancha farq qiladi. Bu darslarda, odatda, rasmiy so’rash va bayon etilgan mavzuni mahsus puxtalash qismlari qariyib bo’lmaydi. Bu daslarda, bayon etishning o’zi, asosan so’zlab berish yo’li bilan (yoki yuqori sinflarda lektsiyalar o’qish yo’li bilan o’tkaziladi, bunda ko’rsatmalilikning mumkin bo’lagan hamma vositalaridan foydalaniladi. Bu erda ko’rsatmalilik shu qadar katta rol o’ynaydiki, hatto, yangi materialni o’rganish darslarining ko’rsatmalilik bilan bog’liq alohida turlari ham bo’ladi. O’qituvchining yangi mavzuni bayon etishiga o’quvchilarning tajriba qilishi ham qo’shilgan hollarda ish laboratoriya darsi xarakterini oladi. Agar o’quv ishi sinfda emas, balki o’rganiladigan ob’ektning o’zida (ishlab chiqarishda, tabiatda, muzeyda va shu kabilarda) olib borilsa, o’quvchilar bilan qilinadigan butun mashg’ulot ekskursiya darsi sifatida tashkil etiladi.

Yangi mavzuni o’rganish darslarining barcha turlaridan diqqatga alohida sazovar bo’lganlari kirish darslari bilan dastlabki darslar.

Kirish darslari, masalan, quyidagi masalalar yuzasidan o’tkaziladi:

1. Kimyo nimani o’rganadi?

2. Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlar.

3. Organik moddalar.

4. Moddalar.

5. Metallar.

Bu darslarning asosiy vazifasi - o’quvchilarga kimyo kursining navbatdagi hamma masalasini yoki butun bir bo’limini muvaffaqiyat bilan o’rganishda tayyorlanadilar. O’qituvchilar bunday darslarda juda yaxshi tayyorlanadilar: eng qiziqarli material, ko’pdan-ko’p ko’rsatma qo’llanmalar, eng yorqin, qiziqtiradigan tajribalar tanlaydi.

Kimyodan o’tkaziladigan kirish darslari singari, dastlabki darslar ham yangi mavzuni bayon qilish darslarining boshqa hamma turlaridan shu bilan farq qiladiki, bu darslarda butun kimyo kursini muvaffaqiyat bilan o’rganishni ko’p daraja belgilab beruvchi poydevor qo’yiladi.

O’quvchilar o’qituvchining bevosita rahbarligi ostida ayni darsda bayon etilgan muhim nazariy qonun - qoidalarni aniqlashga qaratilgan laboratoriya ishlarini mustaqil suratda bajaradigan dars laboratoriya darsi deb ataladi.

Laboratoriya darsining asosi quyidagi nazariy masalalar: moddalarning xarakteristikasi, kimyoviy jarayonlarning mohiyati, kimyodagi tushuncha va qonuniyatlardir.

Laboratoriya darsida har bir tajriba taxminan quyidagi tartibda bajariladi: a) ayni tajriba to’g’risida shundan oldingi darslardan o’quvchilar bilgan ma’lumotlar suhbat yo’li bilan aniqlanadi; b) tajribani bajarish rejasi; v) bajarilishi kerak bo’lgan ishning to’g’risida shundan oldingi darslardan o’quvchilar bilgan ma’lumotlar suhbat, so’rash yo’li bilan aniqlanadi; b) tajribani bajarish rejasi; v) bajarilishi kerak bo’lgan ishning ayrim murakkab usullari texnikasi o’qituvchi tomonidan tushuntiriladi; g) o’quvchilarning qilinadigan ishini tushunganligini tekshiriladi; d) o’quvchilarning mustaqil ishi; e) o’tkazilgan ishga yakun yasash; j) umumiy xulosa va yozma hisobot.

Hisobotda: a) darsning mavzusi; b) bajarilgan kuni; v) ishning nomi; g) rasmlari; d) ishning asosiy bosqichlari; e) kuzatilgan hodisalar; j) reaktsiya tenglamalari; z) xulosalar ko’rsatiladi.

O’quvchilarni ishchi kasbiga tayyorlash uchun ishlab chiqarishlarni o’rganish darslari ajratilgan. O’quvchilarda zarur nazariy tayyorgarlik bo’lgandagina ular ishlab chiqarish jarayonini tushunishlari va uning ilmiy asoslarini bilib olishlari mumkin.

O’quv materialini umumlashtirish kimyo o’qitish jarayonining eng muhim bosqichidir. Kimyo kursini muvaffaqiyatli suratda o’zlashtirish uchun yangi o’quv materialinigina emas, balki ilgari o’tilgan barcha o’quv materialini ham umumlashtirish kerak bo’ladi.
Umumlashtirish - ma’lum bo’lgan o’quv materialini shunchaki takrorlash emas; bu—bilimning sifat jihatidan yangi bosqichi, ma’lum bo’lgan barcha narsani tushunib olishga chuqurlashtirishga aniqlab imkon beradigan bosqichdir.

O’quvchilar bilimi ortib borishi bilan umumlashtirish darslari ham murakkablashtiriladi. Umumlashtirish darslari etuklik attestati imtihonlari oldindan kimyo kursini takrorlab obzor qilish jarayonida ayniqsa keng o’tkaziladi. Bu darslarni o’tkazish va o’quvchilarning qisqacha axborot berish bilan bir qatorda, laboratoriya ishlari, eksperimental masalalar, darslik bilan mustaqil ishlash va shu kabilardan foydalaniladi.

Umumlashtarish darsidan ko’zda tutiladigan asosiy maqsad o’tilgan o’quv materialiga aniqliq kiritish, uni sistemaga solish va o’quv materialini yuqori nazariy darajaga ko’tarishdan iboratdir.

O’quvchilarni o’tilgan material doirasida dasturda ko’rsatilgan bilim va amaliy malakalarni qanchalik o’zlashtirganliklarini bilib olishda o’zlashtirishini hisobga olish darslari o’tkaziladi.

Kimyo o’qitish jarayonida o’ziga xos bu tipik darslardan foydalanish juda muhimdir.

Hozirgi vaqtda darsda o’quvchilarni tashkil qilish usullari keng tarqalmokda. O’quvchilarni o’quv faolligini tashkil qilish shakllari quyidagicha: a) lektsiya darsi; b) seminar darsi; v) anjuman tarzida o’tkaziladigan darslar; g) o’quvchilarni o’yinlari bilan o’tadigan kimyo darslari; d) kimyodan etuklik attestati imtihonlariga tayyorlanish darslari.

Kimyo o’qituvchisi oldida o’quvchilarning hozirgi zamon kimyo asoslarini ongli suratda va puxta o’zlashtirishga erishish, o’quvchilarda amaliy hayotda kerak bo’ladigan o’quv va malakalar hosil qilish kabi muhim ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni fakultativ kurslarda ocheb berishi mumkin. O’quvchilarning kimyodan bilimlarini kengaytirish, fanga bo’lgan qiziqishni orttirish, fanlararo bog’ni amalda ko’rsatish, ilmiy-materialistik dunyoqarashini shakllantirish - kimyo fakultativ kurslarning maqsadidir. Fakultativ kurslar o’quvchilar bilan ishlashning alohida tashkiliy shakli bo’lib, ularga o’quvchilar o’z hoxishlariga ko’ra qatnashadilar. Fakultativ kurslarning har xil turlari mavjud: qo’shimcha boblar, maxsus kurslar, praktikumlar. qo’shimcha boblarga murakkab bo’lgani uchun dasturga kirmagan mavzular, ayrim maxsus masalalar kiradi. Maxsus kurslarda Kimyo sanoatda, Kimyo qishloq xo’jaligida va boshqa mavzular ko’rib chiqiladi. Kimyoviy analiz asoslari, Agrokimyodan praktikum -maxsus praktikumlarida ishlab chiqilgan dastur bo’yicha tajribaviy mashg’ulotlar olib boriladi.

Kimyodan sinfdan tashqi mashg’ulotlar ta’lim-tarbiyaviy jarayonining muhim tashkiliy shakllaridan biri. Bu mashg’ulotlarda o’qituvchining shaxsi, uning dunyoqarashi, nazariy va ma’naviy barkamolligi o’quvchilarga ko’proq ta’sir qiladi. Sinfdan tashqi mashg’ulotlarning mazmuni ma’lum talablarga javob qilishi kerak:

1. Ilmiylik.

2. Tushunishi osonlik.

3. Aktuallik va mavzuniga bog’liqlik.

4. Qiziq, maroqli o’tkazilishi.

Sinfdan tashqi mashg’ulotlar nihoyatda xilma-xil bo’ladi. Maktablarda sinfdan tashqi mashg’ulotlarning uch xilidan: guruh bo’lib ishlash, yalpi ishlash, yakka - yakka ishlashlaridan foydalaniladi. Guruh bo’lib ishlash shakliga — kimyo to’garagi, devoriy gazeta chiqarish, stendlar tayyorlash va h.k. kiradi. Yalpi ishlar kimyoviy kecha, olimpiada, kimyo haftaligi (o’n kunligi, oyligi), viktorina, kimyoviy soat, kontsert-ma’ruza, konferentsiya, ekskursiya, kimyoviy jamiyat va boshqa turlaridan iborat. Yakka—yakka ishlash turlariga adabiyot bilan ishlash, ma’ruza, referat tayyorlash, kimyoviy kabinetni jihozlash kiradi.

Keyingi vaqtlarda ta’limni tashkil etish muammolariga e’tibor ortmoqda. Ta’limni tashkil etish deganda ta’lim jarayonida o’qituvchi va talabaning birgalikdagi faoliyat yo’llarining formasi (tashqi ko’rinishi) tushuniladi. Forma so’zi lotincha so’zi olingan bo’lib, «tashqi ko’rinish» ma’nosini bildiradi. Metod «yo’l» bo’lsa, shakl yo’lning tashqi ko’rinishi. Ta’limning tashkiliy shakllari yangi pedagogik texnologiyalar asosida amalga oshirilsa ta’lim samaradorligi ortishi hech kimga sir emas, u an’anaviy usullardan farq qiladi. Masalan, kichik guruhlarda ishlash—ta’lim oluvchilarning faoliyatini tashkil qilishning shunday shakliki, u o’quv guruhini ma’lum bir vazifani hamkorlikda echish uchun vaqtinchalik kichik guruhlarga ajratishni talab etadi. Ta’lim oluvchilarga qo’yilgan vazifaning mazmuni, uni echish yo’llari va usullarini belgilash, muxokama qilish taklif qilinadi. Bunda ilgari surilayotgan takliflarni hamkorlikda baholash orqali uni amalga oshirish, bajarilgan ishni birgalikda tahlil qilish, hamkorlikda topilgan natijani oldin shakllantirib so’ngra taqdim etish so’raladi. «Aqliy hujum», bahs, tadqiqot, «muzyorar», o’yin loyihalar usuli, kitob bilan ishlash, davra suhbati, pinbord, kichik guruhlarda ishlash usullariga misol bo’ladi.

Noan’anaviy darslarda o’quvchilarning fanga, bilim olishga nisbatan izlanuvchanligi, o’z ustida ishlashlari ortib borar ekan. Noan’anaviy darslarni:

1.Seminar. 2.Musobaqa. Z.Sinov. 4.Sayohat 5. Konferentsiya. 6.Turli xil didaktik o’yinlar. 7.Fanlar hamkorligini tashkil etish orqali olib borish mumkin. Darsning bu usullarida qisqacha kimyoviy diktant, test savollari, lahzali daqiqalar bilan test va o’ylab javob berishlari uchun qulay vaziyat yaratilishi mumkin. Didaktik o’yinlarning turli guruhlari mavjud: 1.Savol — javob, diskussiya. 2.Mashq. o’yinlari, krossvord echish. Z.Modellar tuzish bo’yicha o’yinlar. 4. Stol o’yinlari, loto, domino va boshqa o’yinlar. Barcha o’yinlarni yakka, bir yoki ikki guruh o’quvchilari o’rtasida o’tkazish mumkin.

Seminar darsi. Kimyo fanini chuqurroq o’rganishga Seminar darsi juda kata yordam beradi. Bu darsni o’tkazish uchun o’quvchilarga avvaldan mavzu aytiladi, ular mustaqil tayyorlanib kelishadi. 4 —5 ta o’quvchilarga test savollari, 4—5 ta o’quvchilarga kartochkadagi savollar beriladi. Ular mustaqil ish bajarayotgan vaqtda mavzu asosida 10—12 ta kodoskopga yoziladigan savollarga javob olinadi. Bitta o’quvchi qora taxta(doska)da mavzuga oid masalani echib turadi. Ikkinchi o’quvchi mavzuga oid formulani qora taxtaning ikkinchi tomoniga yozib turadi. Uchinchi o’quvchi magnit doskaga formulalar tuza boshlaydi. To’rtinchi o’quvchi formulalarni o’qiy boshlaydi. Masalan, “Oksidlar” mavzusida 7—8 ta o’quvchilarga quyidagicha savollar berish mumkin. Savollar oldingi o’tilgan mavzularga oid bo’ladi.

1. Valentlik nima? 2. Kimyoviy birikmalar tarkibidagi valentlikni qanday aniqlash mumkin? 3. Valentlik asosida qanday formula tuziladi? 4. Aralashmalarni qanday usullar bilan ajratish mumkin? 5. Nisbiy molekulyar massa qanday topiladi? 6. Ekvivalentlar qonuni qanday? 7. Murakkab moddalar ekvivalenti qanday topiladi? oksidlanishlar hakida nazariy bilimlarni bilib olingach, har bir oksidning o’ziga xos tajribasini bajartiriladi. (Bunda o’quvchilar xalat kiygan bo’lishadi). Dars oxirida mavzuni umumlashtiriladi.

Sinov darsi. Sinov darsida o’quvchilarning har birn bo’limning qay tarzda o’zlashtirishi aniqlanadi. Sinovni quyidagi tartibda o’tkazish mumkin. Dastlab sinfdagi eng faol talabalardan 3—4 tasi yordamchi qilib saylab olinadi. O’quvchilar dastlab: 1. Nazariy bilimlarini gapirib beradi. 2. Misollar keltiradilar. 3. Reaktsiya tenglamalarini yozadilar. 4. Navbat bilan turli tipdagi masala va mashqlar bajaradilar. 5. Kimyoviy eksperimental tajribalar qiladilar.

O’quvchilar navbati bilan ana shu 5 sinov jarayonidan o’tadilar va o’tilgan mavzular bo’yicha fikrlash doiralarini ko’rsatadilar. O’z navbatida bu usul ularning mustaqil fikrlashiga yordam beradi. Yordamchilar navbati bilan tabiatda uchrashi, olinishi, fizik va kimyoviy xossalarini hamda ishlatilishi sohalarini so’raydilar.

O’quvchilarning kimyodan olgan bilimlarini sinash, fikrlash qobiliyatini o’stirish maqsadida dars mobaynida tez—tez kichik mashqlar, mustaqil ishlar berib boriladi.

Musobaqa usuli. Bu usuldan foydalanganda yaxshi natijalarga erishiladi, o’qituvchi va talabalarni vaqtdan tejashga imkon beradi. Bundan kim chaqqonroq faol fikrlab olishi kuzatiladi. O’quvchilarni guruhlarga bo’lib, o’quvchilardan yordamchilar olib, musobaqa darsi boshlanadi. Uni o’tkazish tartibini dars hajmi va turidan kelib chiqib o’qituvchi o’quvchilar bilan tanlaydi.


XULOSA.

Ma'lumki, kompyuter testlari bo'sh testlarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega, ulardan foydalanish oson va o'qituvchilar uchun ham, talabalar uchun ham qiziqroq. Kompyuter sinovlarini tashkil qilishdagi eng mas'uliyatli va ko'p vaqt talab qiladigan jarayonlardan biri bu ma'lum xususiyatlarga, xususiyatlarga ega bo'lishi va sinov maqsadlariga javob berishi kerak bo'lgan testni ishlab chiqishdir.

Nazorat testi tarkibi, yaxlitligi va tuzilishiga ega va zamonaviy uslubiy talablarga javob beradi. Bu topshiriqlardan, ularni qo'llash qoidalaridan, har bir topshiriq uchun baholardan va test natijalarini talqin qilish bo'yicha tavsiyalardan iborat. Sinovning yaxlitligi testga kiritilgan narsalarning o'zaro bog'lanishida namoyon bo'ladi. Sinovdagi mumkin bo'lgan savollarning ko'p turlari talabalar orasidan tanlab olishga urinishda g'ayrioddiy va qiyin bo'lgan testni yaratishga imkon beradi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar jumladan dasturli o`qitish texnologiyalarini ilmiy-metodik adabiyotlarda yoritilishi o`rganildi va tahlil qilindi. Maktab kimyo kursida kimyoviy ekvivalent mavzusi o`qitishni o`ziga hos jihatlari asosida mavzu mazmuni va maqsadlari belgilandi, mavzu bo`yicha dasturli matn yaratildi.Mavzuni dasturli matn asosida o`qitish, an’anaviy o`qitishga qaraganda samarali ekanligini ko`rsatdi. Ayniqsa mustaqil ta’lim darslarida foydalanish samarali natija beradi.



Shunday qilib, o`qitish texnologiyasi deganda, didaktik masalalar yechimiga yo`naltirilgan yoki oldindan loyihalangan pedagogik jarayonni amaliyotga rejali va izchil tadbiq etadigan pedagokning ketma-ketli o`zaro bog`liq harakatlari tizimi tushiniladi. Ta’kidlash joizki, o`qitish texnologiyasi nafaqat didaktik jarayonning o`zi sifatida, balki uni pedagog faoliyatning loyihalash natijasi sifatida ham qaralishi mumkin.


Download 254.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling