Tabiiy fanlarning zamonaviy kon sepsiyasi


Download 333.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/95
Sana20.10.2023
Hajmi333.38 Kb.
#1712027
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95
Bog'liq
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X

M.V. Lomonosov (1714-1765) — fizik- 
atomchi, issiqlik nazariyasiga hamda bu­
tun rus faniga juda salmoqli hissa 
qo‘shgan olim. M.V. Lomonosov bir 
vaqtning o ‘zida optika, tog‘ ishi, kimyo, 
keramika va smalt, falsafa, fizika va 
filologiya fanlari bilan shug'ullangan fan 
arbobi boMgan.
Ill— IV asrda kimyoning ajdodi alki­
myo vujudga keldi. Noyob boMmagan 
metallarni noyob metallarga aylanlanti- 
rish uning vazifasi edi.
U yg‘onish davridan boshlab barcha kimyoviy tadqiqotlardan keng 
ko‘lamda amaliy maqsadlar (metallurgiya, shishasozlik, keramika
bo‘yoqlar olish va hokazo)da foydalanila boshlandi.
XVII 
asrning ikkinchi yarmida ingliz kimyogari va fizigi Robert 
Boyl ilk bor “Kimyoviy elem ent'’ tushunchasining ilmiy ta’rifini ber­
di. XVIII asrning ikkinchi yarmida M.V. Lomonosov va A.L. Lau- 
aze kabi olimlar bir-biriga bog‘liq boMmagan holda kimyoviy reak- 
siyalardagi moddalar o g ‘irligining saqlanishi qonunini shakllantirib, 
kimyoning haqiqiy fanga aylanishini ta ’ininladilar.
Nazorat savollari
1. Abu Ali Ibn Sinoning qaysi asarlarini bilasiz?
2. Metafizika qanday nazariya?
3. Arastu va Forobiy falsafiy qarashlarining farqi?
4. Demokrit va Epikur falsafalarining ilmlar tasnifi haqidagi farq 
nimalardan iborat?
32


I ll bob. YER VA KOINOT HAQIDAGI 
ZAMONAVIY FANLAR
3.1. Samoning yaratilishi
Samoni bir butun tizim sifatida kos­
mologiya, ya’ni kosmos haqidagi fan 
o ‘rganadi. Bugungi kunda biz Yer at- 
mosferasidan tashqaridagi barcha bor- 
liqni kosmos deb qabul qilamiz. Qadim­
gi Gretsiyada uni “tartiblangan” yoki 
“garm oniya” sifatida ishlatilgan. Kos­
mologiya - bizning dunyomizdagi tarti- 
botni ochib beradi va bu tartibotning 
mavjud boMish qonunlarini o ‘rganishni 
o ‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. M a’lumki:
1) dunyo mavjud bo‘lishiga oid universal fizikaviy qonunlar fun­
damental xususiyatga ega;
2) astronomlaming kuzatishi natijasida olingan m a’lumotlar ham 
samoning barcha qismlari uchun o ‘rinli;
3) inson (kuzatuvchining) mavjud bo‘lishi imkoniyatiga qarshi 
tushmaydigan xulosalargina haqiqat deb qabul qilingan.
Kosmologiya yuqoridagi uchta faktga asoslangan holda faoliyat 
ko‘rsatadi.
Kosmologiyaning xulosalarini - samoning yaratilishi va rivoj­
lanishi modellash deb qabul qilinadi. Fanga cheksiz ko’p marta. 
boshqariladigan va qayta takrorlab ko‘rsa bo‘ladigan eksperiment 
o ‘tkazilganda ham, doimo ayni bir natija olinsa, uni qonun deb qabul 
qilinadi. Faqat shu holdagina olingan natija ilmiy nuqtayi-nazardan 
mukammal deb hisoblanadi. Kosmologiyaga bu metodik qoidani 
qoMlab bo'lm aydi. Chunki fan universal qonunlarni ifodalaydi, samo 
esa unikal (ya’ni o ‘ziga xos rang-barang)lik xossasiga ega.
Shu sababli, samoning yaratilishi va rivojlanishi haqidagi xulo- 
salami qonunlar deb emas, balki modellar deb olish talab etiladi.
33


Kosmologiyada - 1916-yilda A. Eynshteyn tomonidan yaratilgan, 
umumiy nisbiylik nazariyasi va tortishishining relyativistik nazari- 
yalari asosida qurilgan - bir jinsli, izotrop, nostatsionar, issiq kenga- 
yuvchi samo modeli — um um e’tirof etilgan model hisoblanadi. Bu 
modelning asosida quyidagi ikki fikr yotadi:
1) samoning xossalari uning barcha nuqtalarida (bir jinslilik) va 
yo ‘nalishlarida (izotroplilik) bir xildir.
2) gravitatsion maydonning eng mukammal ifodasi — Eynshteyn 
tenglamasidir.
Bundan esa fazoning egriligi va egrilikning massa zichligi (ener­
giya) bilan bog‘liqligi kelib chiqadi. Shu postulatlarga asoslanganligi 
uchun kosmologiya relyativistik hisoblanadi.
Bu modelning eng asosiy nuqtasi samoning nostatsionarligidir. U 

Download 333.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling