Tabiiy fanlarning zamonaviy kon sepsiyasi
Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq Kindiy
Download 333.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X
Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq Kindiy. Abu Yusuf Yoqub ibn
Ishoq Kindiy (801-866-yy.) - arab faylasufi. Sharq aristotelizmi asoschilaridan. M o‘shaziliylar bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Xalifa Mu- tavakkil (847-86l)ning ratsionalistlar bilan kurashi vaqtida quvg’inga uchragan. Yunon mutafakkirlarining risolalarini arab tiliga tarjima qil gan, Aristotelning “Kategoriyalar”, “Ikkinchi analitika”, Evklidning “Unsurlar” va Ptolemeyning “Almagest” asarlariga sharhlar yozgan. Abu Kindiy fikricha, olamning yaratuvchisi Alloh, u abadiy mav jud, yagona. Tabiatdagi narsalar o ‘zaro sababiy bog‘langan, ular 4 unsur - olov, suv, havo va tuproqdan iborat. Abu Kindiy 5 ta sub- stansiya fazo, vaqt, materiya, shakl va harakatning mavjudligi haqida, dunyoni bilish mumkinligi haqida fikr yuritdi. Abu-Kindiy asarlari- ning aksariyati bizgacha yetib kelmagan, faqat 29 ta risolasi topil- gan, ularning ko‘pchiligi riyoziyot, mantiq, falsafa va boshqa fanlarga bag‘ishlangan. Abu Kindiyning falsafiy qarashlari keyingi davrlarda Sharq muta- fakkirlari dunyoqarashiga, o ‘rta asr Yevropa falsafasi rivojiga sama- rali ta ’sir k o ‘rsatdi. M uhim asarlari: “Aql haqida”, “Jon haqida mulo- haza”, “Ashyolarning ta’rifi va bayoni”, ‘Beshta substansiya haqida kitob” va boshqalar. Sharqda birinchi bo‘lib ilmlar tasnifi masalasiga yondashgan va uni hal qilishga harakat qilgan olim - Yoqub ibn Ishoq al-Kindiydir. Bir vaqtning o ‘zida ilmlaming falsafa, tib, riyoziyot, ilmu nujum, musiqa kabi ko‘pgina jabhalarida katta muvaffaqiyatlarga erishgan al-Kindiy o ‘zidan keyingi mutafakkirlar foydalangan arab tilidagi falsafiy atamalami tuzishga va ilmiy tasnifni kiritishga asos soldi. Al- Kindiy ilmlar tasnifi sohasiga oid “Insoniy bilimlar tasnifi”, “limning 15 tub mohiyati va uning tasnifi”, “Arastu kitoblarining soni va falsa- fani o ‘zlashtirish uchun nim a lozim” kabi bir necha asarlami yozdi. Ammo, taassufki, oxirgi qayd qilingan asaridan boshqalari bizgacha yetib kelmagan. 0 ‘zining tasnifida al-Kindiy falsafaga katta ahamiyat beradi va uni “H amm a narsa haqidagi bilim” deb ataydi. U falsafani bilim va faoliyat, nazariy va amaliy donishmandlikka ajratadi. Al- Kindiy fikricha nazariy bilim (yoki donishmandlik), riyoziyot, tabi- iyot va ilohiyotni, amaliy bilim esa - axloq, uy ishlari va fuqarolik siyo- satini o ‘zida mujassamlashtiradi. U ilmiy bilish haqidagi ta’limotini uch pog‘onadan iborat qilib tuzadi. Birinchi pog‘ona mantiq va riyoziyotdan, ikkinchi pog‘ona tabiiyotdan, uchinchi pog‘ona esa metafizikadan ibo rat. Falsafa vazifalarini aniqlashda Al-Kindiy tutgan o ‘rin Arastu tutgan o ‘ringa juda yaqin va o ‘xshashdir. Al-Kindiy fikricha, moddiy olam predmetlari, ya’ni “birinchi substansiyalar”ni ularning asosiy xususiyat lari - miqdori va sifatini o ‘rganish asosidagina bilish mumkin. Demak, har bir ilm asosini riyoziyot tashkil etadi. Arifmetika miqdorga taalluqli bo‘lsa, handasa va ilmu nujum — sifatga taalluqlidir. Riyoziyotdan so‘ng esa mantiq, tabiiyot, psixologiya, metafizika, axloq, siyosat keladi. Shunday qilib, Al-Kindiy falsafiy fanlami o ‘rganishda riyoziyotga alohida aham iyat beradi. Uning fikricha, falsafa ilm sifatida riyozi yotga asoslangandir. Al-Kindiyning fan oldidagi eng muhim xizmati shundaki, u yu- non, fors va hind olimlari yaratgan boy g ‘oyaviy meroslami o ‘rganib, ularning ilg‘or a n ’analarini rivojlantirish orqali Yaqin va 0 ‘rta Sharq- da ilg‘or, tabiiy-ilmiy va falsafiy fikrlami rivojlantirishga asos soldi. Amalda u o ‘rta asrlar sharqidagi ilmlar tasnifining ilg‘or ta ’limoti asoschisidir. O byektiv narsalam ing xususiyati, tashqi olam pred metlari va ularning xususiyatlarini ajratishga asoslangan al-Kindiy tasnifi ilmlarning predmeti va vazifalarini keyinchalik o ‘rganish va aniqlashda katta rol o ‘ynadi. A l-Kindiyning ratsional fikri arab tilida ijod qilgan Ar-Roziy, al- Forobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi ilm namoyandalarining dunyoqa- rashi shakllanishiga asos bo ‘ldi. 16 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling