Tabiiy fanlarning zamonaviy kon sepsiyasi
Download 333.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Nasr Forobiy.
Faxriddin Ar-Roziy. Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn
Husayn (1149-1209) — islom olamida Faxriddin Roziy nomi bilan mashhur bo‘lgan - Shimoliy Eronning Ray shahrida hijriy 544 (1149) sana Ramazon oyining 25-kuni (26-yanvar)da ruhoniy oilasida dun- yoga kelgan. Faxriddin Ar-Roziy diniy va dunyoviy fanlarga oid 150 dan ortiq ilmiy risolalar, she’rlar yozgan. Roziy o ‘z ilmiy faoliyati, xususan o ‘zining ilmiy-falsafiy risolalarida qadimgi yunon olimlari Aristotel, Geraklit, Epikur, Demokrit asarlaridan, shuningdek Sharqning mashhur mutafakkirlari Forobiy, Ibn Sino asarlaridan foydalangan, ularga sharhlar yozgan. Roziy o ‘z davrida ham diniy, ham dunyoviy ilmlar sohasida birdek shuhrat topdi. U Sharqda birinchilardan b o ‘lib ilmiy metodologiyaga asos soldi, Beruniydan keyingi davr o ‘rta asr sharq falsafasini o ‘z fikrlari bjlan boyitdi. U o ‘z sharhlarida o ‘zidan avval o ‘tgan faylasuflar asarlariga o ‘z munosabatini bildiradi, ilmni, falsafani ulug‘laydi. Olimning “Mif- tox al-ulum”, “Nihoyat al-ulum”, “Um al-axloq” asarlarida olamni bilishning turli yo‘l va usullari, inson doimo o ‘z bilimini orttira bori shi zarurligi, bilim hissiyot va aql-tafakkur orqali qo‘lga kiritilishi mumkinligi haqidagi muhim g ‘oyalar olg‘a suriladi. Roziy o ‘zining qator asarlarida mantiq masalalariga, tafakkuming qonun-qoidalari- ga alohida boblar ajratgan, mantiq ilmining inson tafakkuri rivojida muhim rol o ‘ynashini maxsus ta ’kidlab o ‘tgan. Abu Nasr Forobiy. Abu Nasr M uhammad ibn M uhammad ibn 0 ‘zlug‘ ibn Tarxon Forobiy (8 7 0 - 950) M arkaziy Osiyo ilmiy tafak- kurining yirik vakili, xalq ratsionalizmining — asoschisi hisoblanadi. Forobiyning fan va madaniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini uning turli sohalarda olib borgan ilmiy tadqiqotlari, yozgan asarlari 17 ' asosida aniqlash mumkin. Forobiyning ilmiy merosi nihoyatda rang- barang bo‘lib, uni avvalo ikki katta y o ‘nalishga bo‘lish mumkin: • Qadimgi yunon faylasuflari va tabiatshunoslari ilmiy merosini izohlash, targ'ib qilish va o ‘rganishga bag‘ishlangan asarlar; • 0 ‘rta asr faniga aloqador b o ig a n muammolarni mustaqil ra- vishda ilmiy tekshirib chiqishga bag‘ishlangan asarlar. Ilm lar tasnifining asoschilaridan biri, 160 dan ziyod asar muallifi — Abu Nasr al-Forobiydir. Abu N asr al-Forobiy yu non donishmandligi yutuqlarini o ‘rta asrlar Sharqida targ‘ib qilgan va ular ning izidan borgan tolmas zahmatkash- dir. Abu N asr al-Forobiyning m avsu’iy bilimlari va katta ilmiy qobiliyati unga o ‘z davrining birinchi eng mukammal tasnifini yaratish imkonini berdi. Ilmlar tasnifiga bag‘ishlangan “Mantiqqa kirish”, “Saodatga erishish” va “Ilmlar tasnifi” b o ig an asarlarida Abu Nasr al-Forobiy shu sohaga taalluqli bo‘lgan fikrlami bayon etib, quyi dagi shakldagi tasnifni keltiradi. Bulardan tashqari, shahami boshqa- rish ilmi, siyosat ilmi, qonunshunoslik ilmi va kalomlarini keltiradi. Abu N asr al-Forobiy o ‘z tasnifida faqat har bir ilm obyekti xususi- yatlarini emas, balki uning o ‘ziga xos qonun va qoidalarini hamda unga xos bilish vositalarini ham hisobga oladi. Abu N asr al-Forobiy fikricha, tabiiy ilmlami o ‘rganishdan oldin undan avval kelgan riyoziyot ilmlari m a’lumotlariga ega b o iish kerak. Abu N asr al-Forobiyning ilmlar tasnifi o ‘zagi materialistikdir, chunki u obyektiv haqiqat asoslaridan kelib chiqadi. Olim fikricha, har bir ilm moddiy jism lam ing u yoki bu tarafiarini, m a’lum guruhi yoki m a’lum tomonlarini o ‘rganadi. Ilmlar va bilim umuman borliq mahsuli sifatida subyektiv xohishdan vujudga kelmay, balki inson- larda ularga bo‘lgan ehtiyojning paydo bo‘lishi natijasida sekin-asta va inuttasil vujudga keladi. 18 Abu Nasr al-Forobiy tizimida turli ilmlar bir-birlarini o ‘zaro inkor etmaydi, aksincha, ular o ‘zaro bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi. Uning ilmlar tasnifi Sharqda qanchalik katta rol o ‘ynagan bo‘lsa. Yevropa- da ham shunday rol o ‘ynadi va keyingi davr mutafakkirlariga kuchli ta ’sir ko‘rsatdi. Abu Nasr al-Forobiydan keyin ham qator olimlar ilmlar tasnifi ma- salasini o ‘rgandilar. ,'1 Og’lrUk haqida 11m Ular o ‘sha davr ilmlarini o ‘z ichiga olgan (ensiklopediya) yaratdi- lar. Bu falsafiy ilmlarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda idrok va mantiqiy tafakkurga asoslangan ilmlar nazarda tutilardi. Ular metafizika va ilo- hiyot qatorida unga riyoziyot va tabiiyotni kiritgan edilar. M avsu’ada (ensiklopediya) riyoziyot va mantiqqa oid 14 ta risola, tabiiyotga oid 17 ta, metafizika va psixologiyaga - 10 ta, ilohiyot va din masalalari- ga - 11 ta risola bag‘ishlangan edi. Download 333.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling