Tabiiy fanlarning zamonaviy kon sepsiyasi


nisbiylik nazariyasining ikkita postulati


Download 333.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/95
Sana20.10.2023
Hajmi333.38 Kb.
#1712027
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   95
Bog'liq
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X

nisbiylik nazariyasining ikkita postulati bilan aniqlanadi:
1) tabiatni barcha qonunlari bir inersial sanoq sistemasidan ikkin- 
chisiga o ‘tishiga nisbatan invariantdir (nisbiylikprinsipi).
2) vakuumda yorug‘lik tezligi manbaning yoki kuzatuvchining ha­
rakat tezligiga bog‘liq emas. U barcha inersial sanoq sistemalarida bir 
xildir (yorug‘lik tezligini invariantlik prinsipi).
С = 3-108л(/с
Nisbiylik nazariyasidan - egrilangan fazo statsionar bo‘la olmasligi, 
u yoki kengayishi yoki torayishi lozimligi kelib chiqadi. Buni birin­
chi bo‘lib peterburglik fizik Aleksandr Fridman 1922-yilda aniqladi. 
1929-yilda amerikalik astronom Edvin Xabbl qizil siljishni kashf etdi. 
Dopier effektiga binoan tebranish manbasi bizdan uzoqlashib borsa, bu 
tebranishning chastotasi kamayadi (to‘lqin uzunligi esa ortadi). Qizil 
siljish elektromagnit nurlashi chastotasining pasayishi (to'lqin uzunligi 
ortishi. ya’ni spektming qizil tomoniga siljishi)dir.
Qizil siljish — manbagacha bo'lgan masofaga to 'g ‘ri proporsional 
ekanligi ma’lum bo'ldi. Bu esa metagalaktikaning kengayishini (ya’ni 
manbalarning bir-biridan tobora uzoqlashib borayotganligini) ko'rsatdi.
34


3.2 . K en g a y a y o tg a n sa m o m o d eli
Kengayayotgan samo modelining asosiy qismi - katta portlash 
g ‘oyasidan iborat. Unga ko‘ra 15-18 mlrd. yil ilgari fazoning barcha 
qismlarida, bir vaqtda portlash sodir bo'lgan va materiyaning har bir 
bo'lagi bir-biridan katta tezlik bilan uzoqlashgan. Samoning dastlab­
ki holati (singulyar nuqta) quyidagicha bo‘lgan deb taxmin qilinadi: 
cheksiz zichlik (massa) fazoning cheksiz egriligi faqat elementar zar- 
rachalar aralashmasi (fotonlar va neytronni hisoblanganda) mavjud 
bo'ladigan yuqori temperaturada portlash bo‘lib, undagi kengayish 
natijasida vaqt o ‘tishi bilan temperaturaning pasayishi kuzatildi. 
1965-yilda samo kengayishining dastlabki onlarida paydo bo'lgan fo- 
ton va neytronlarning reliktiv nurlanishi kashf etildi.
X o'sh samo nimadan hosil bo'lgan? Zamonaviy kvant mexanikasi 
vakuum “uyg'ongan holatga” kelishi va uning oqibatida unda may- 
don paydo bo‘lishi undan esa modda hosil bo'lishi mumkinligini ay- 
tadi. Samoning paydo bo'lishigacha fazo va vaqt bo'lm agan.
Nisbiylik nazariyasi - kengayayotgan samo modelining ikki xil 
variantiga ham mos keladi. Uning birinchisida fazo-vaqt egriligi man- 
fiy bo'lib, unda barcha masofalar vaqt o'tishi bilan cheksiz o'sadi. Ik- 
kinchisida esa egrilik musbat; y a’ni fazo chekli. Unda kengayish vaqt 
o‘tishi bilan siqilish bilan almashadi.
“Issiq Samo” stsenariyasi bo'yicha butun jarayon bir necha bos- 
qichdan iborat bo'lgan:
Adronlar erasi { t = lO ^ s dan 10'4 s gacha davom etgan). Unda 
zichlik 1097 kg/m3 dan 10 17 kg/m3 gacha, temperatura esa 10 12 К gacha 
pasaygan. Nuklon (proton va neytron)lar, myuonlar, elektronlar va 
turli tipdagi neytrino vujudga keldi. Shuningdek, antizarrachalar ham 
mavjud bo'lib, zarracha - antizarracha annigilyatsiyasi sodir bo'lgan. 
Modda bilan muvozanatda bo'lgan elektromagnit nurianish (fotonlar) 
ham bor edi. Baxtimizga nuklonlar antinuklonlarga qaraganda biroz 
ko'proq bo'lganligi uchun samo qurilish materialisiz qolmadi.
Leptonlar erasi (  = 10 "4 s dan t= l 0 s gacha davom etdi). Unda 
temperatura 109 К ni, zichlik esa 107 kg/m3ni tashkil etdi. Bu jara-
35


yonda elektron va pozitron annigilyatsiyasi sodir bo'ldi. Plazma- 
ning tarkibi tubdan o'zgardi. Neytrino erkinlikka chiqib ketdi. 
Geliy yadrosi sintez qilina boshladi. N atijada 25% geliy yadrosi 
va 75% vodorod yadrosi hosil b o id i.
Radiatsiya erasi (t = 1 Os dan 300 000-yilgacha davom etdi). 
Zichlik 10'18 kg/m 1, temperatura esa 3 ООО К bo‘lib qoldi. Unda nur- 
lanish moddadan ajralib ketdi.
Modda erasi hozirgacha davom etmoqda. Hozir samo 3 ~ 4 К tem- 
peraturali nurlanish bilan to'Igan bo‘lib, uni reliktiv nurlanish deb 
ataladi. Samomiz tinchlikda kengayib, unda galaktikalar, yulduzlar va 
planetalar tug'ildi. Hozirgi kunga kelib ba’zi yulduzlar va planetalar 
o‘zlarining hayotiy potensiallarini sarflab bo'ldilar. Ularning o'miga 
ikkinchi va uchinchi avlod osmon yoritkichlari keldilar.
M a’lumki, Quyosh bizni kerakli energiya bilan ta’minlab turib- 
di. Astronomik kuzatuvlar Galaktika yadrolaridan uzluksiz vodorod 
oqib chiqishini ko‘rsatadi. Demak, galaktikalar yadrosi - samoning 
asosiy qurilish materiali hisoblangan vodorodni ishlab chiqaruvchi 
fabrika ekan. Atom (yadro) reaksiyalari natijasida vodorod yanay- 
am murakkab (o g 'ir) elementlarga aylanadi. M a'lum bo‘lishicha, 
yulduzlar o'lcham ining turlicha bo'lishi bekorga emas ekan. 
Yulduzning m assasi qanchalik katta boMsa u yanada murakkab 
atomlarni sintez qilinishini ta’minlaydi. Quyosh vodoroddan geliy 

Download 333.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling