Tabiiy fanlarning zamonaviy kon sepsiyasi
Download 333.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nerv sistemasining tashqi ta’siriga eng oddiy munosabati reflcks
9.3. Instinkt va refleks
F e’l-atvor - evolyutsion mexanizm hisoblanadi. Organizmlar, rivojlanishining boshidayoq tashqi muhit ta ’siriga o ‘z munosabatini bildiradi. Lekin, bu eng oddiy usullarda amalga oshiriladi. Nerv siste- masi va sezgi organlari shakllana borgan sari organizm fe’l-atvori mu- rakkablashib, beixtiyor harakatlar o ‘rnini aniq maqsad va y o ‘nalishga ega bo‘lgan faoliyat bosadi. Shu o ‘rinda eng oddiy harakatlanish ham tashqi muhit ta'siriga munosabat ko‘rinishini beradi. Hayvon orga nizmlarning tana tuzilishi va morfologik xususiyatlari atrof-muhitning keskin o'zgarish davrida adaptatsiya jarayonini ta'm inlay olmaydi. Bunday vaziyatlarda hayvon organizmining fe'l-atvori o ‘zgarishigina moslashuvga yordam beradi. N.Trinberg ta ’rifi bo‘yicha “ Ikki turga mansub, bir xil fe’l-atvorli hayvonlar mavjud emas”. Hatto bir turga mansub hayvonlar o ‘zini har xil tutishi mumkin. Hayvon organizmi “sinov” va “xato” - metod- lariga tayanib, o ‘z tana tuzilishiga mos bo‘lgan optimal fe’l-atvomi ta ’minlaydi. Ular bir necha tiplarga bo‘linishi mumkin. Masalan: faol (aktiv) yoki sust (passiv), tasodifiy yoki maqsadli va boshqalar. Organizmlarning genetik faktorlari va tayanch sistemasi tuzi- lishining turli-tumanligi fe'I-atvorning juda ham ko‘p shakllari pay do bo'lishiga olib kelgan. Tabiiy tanlash sharoitida hayvonlaming 101 nafaqat fe’l-atvori, hattoki genotipi ham cfzgaradi va populyatsiya tarkibiga ta’sir ko‘rsatadi. Muayyan bir ogranizmning fe’l-atvori ich- ki va tashqi programmalashtirish bilan belgilanadi. Tashqi program- malashtirish organizmning yakka holda, orttirilgan tajribasi natijasida atrof-muhitga moslashishi bilan belgilansa, ichki programmalashti rish turning evolyutsiyasi natijasidir. Nerv sistemasining tashqi ta’siriga eng oddiy munosabati reflcks deb yuritiladi. Reflekslar tez va avtomatik ravishda ong nazoratidan tashqarida amalga oshadi. Reflekslar shartli va shartsiz bo'ladi. Bu y o ‘nalishda I.P.Pavlov (1849-1936)ning ilmiy izlanish va tajriba- lari alohida o ‘rin tutadi. I.P.Pavlov tajribalar orqali hayvon orga nizing “o ‘rgatish” orqali shartsiz reflekslarni shartli reflekslar bilan to ‘ldirilishi mumkinligini aniqlagan. Lekin bu tajribalar uy hayvon- lari bilan o'tkazilgan va ularning harakatlari yoki reflekslari avtomat- lashib ketgan. Yovvoyi tabiatda hayvonlarning fe’l-atvori va xulqini irsiy axborot belgilaydi. 0 ‘z o ‘znida irsiy axborot avloddan-avlodga genlar yordamida o ‘tadi. Download 333.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling