Tabiiy geografik provinsiya - zona doirasida geografik uzoqlik bo`ylab iqlimning o`zgarishi hamda relyefi va geomorfologik tafovutlar natijasida tarkib topadi. Tabiiy geografik privinsiya zonaning geografik o`rni, iqlimi hamda orografik geomorfologik xususiyatlari, o`simlik qoplami, tuproqlari, yer osti suvlari, tabiiy geografik protsesslar, hayvonot olami va boshqalarda mujassamlashgan yirik qismlaridir. Bunga Turkiston tabiiy geografik o`lkasining Jung`oriya-Tyanshan, Markaziy Qozog`iston, Turon provinsiyasini misol qilib ko`rsatish mumkin. - Tabiiy geografik provinsiya - zona doirasida geografik uzoqlik bo`ylab iqlimning o`zgarishi hamda relyefi va geomorfologik tafovutlar natijasida tarkib topadi. Tabiiy geografik privinsiya zonaning geografik o`rni, iqlimi hamda orografik geomorfologik xususiyatlari, o`simlik qoplami, tuproqlari, yer osti suvlari, tabiiy geografik protsesslar, hayvonot olami va boshqalarda mujassamlashgan yirik qismlaridir. Bunga Turkiston tabiiy geografik o`lkasining Jung`oriya-Tyanshan, Markaziy Qozog`iston, Turon provinsiyasini misol qilib ko`rsatish mumkin.
- Tabiiy geografik oblast - provinsiyaning bir qismi bo`lib boshqa harakteri, mezoiqlimi yer osti suvlarining xususiyati va tuproq, o`simlik qoplami bilan ajralib turadi.
Tabiiy geografik rayon - tabiiy geografik oblastning sharoiti bilan boshqalardan farq qiladigan, o`ziga xos tuproq va o`simlik qoplamiga ega bo`lgan yirik qismidir. - Tabiiy geografik rayon - tabiiy geografik oblastning sharoiti bilan boshqalardan farq qiladigan, o`ziga xos tuproq va o`simlik qoplamiga ega bo`lgan yirik qismidir.
- Tabiiy hududiy majmualar, ya`ni tabiiy landshaftlar, birinchidan aniq hududiy birlik, ikkinchidan geografik birliklardan tashkil topgan murakkab geografik majmua, uchinchidan asosiy tabiiy- geografik birlik va hududiy tabiiy geografik tadqiqotlarning asosiy obyektidir.
- Landshaftlarning tipologik birliklarini xaritaga tushirish o`ziga xos usul hisoblanadi. Bu usul qo`llanilganida tabiiy geografik birliklar tipologik landshaftlar majmualari xaritalar asosida aniqlanadn. Bunday tipologik majmualar egallagan maydon bir tabiiy geografik birlik deb olinadi. Tabiiy geografik rayonlashtirishda bunday usuldan foydalanishdan avval hududning tipologik landshaflar xaritasi tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |