Tabiiy iqlim sharoiti


Avtosamosval bilan ishlaganda


Download 1.05 Mb.
bet23/26
Sana03.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1744073
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
XIKMATOV.G\' III toifa

Avtosamosval bilan ishlaganda
-haydovchilik guvoxnomasiga ega bo‘lmagan shaxslar avtosamos-valni boshqarishlari mumkin emas;
-yuk ortilgan xolatda belgilangan tezlikda harakatlanmaslik kerak;
-avtomobil pasportida belgilangan me’yoridan ortiq yuk yuklash mumkin emas;
-avtlsamosvalga yuk ortilayotganda kabinida xech kim bo‘lmasligi kerak;
-birinchi tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun “aptechka”bo‘lishi kerak;
Ekskovator bilan ishlaganda

  • Ekskovatorlarning ko‘chma tayanchlari gorizontal tekislikka mustahkam o‘rnatilmaguncha grunt qazish ishlarini boshlash ta’qiqlanadi.

  • Ekskovatorning o‘qi (stela) va cho‘michi tagida, ekskovator va transport vositalari orasida, kovlanayotgan joyda va ish olib borilayotgan joyning 15 m gacha bo‘lgan masofasida odam bo‘lmasligi kerak.

  • Ishlash vaqtida transport vositalarini shunday joylashtirish kerakki, ekskovatorning cho‘michi mashinaning kabinasi ustidan emas, balki mashinaning orqasidan yoki yonidan o‘tishi kerak.

  • Ekskovatorning cho‘michi to‘ldirilgan holatda yurishi mumkin emas.

Avtomobil yo‘llarini loyixalash, qurish va ta’mirlashda atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishni baholash RD 119 0027714-29-93 ga hamda QMQ 2.05.02-95 ning 3-qismi RD 119 0027714-29-93 va 2.05.11-95 ning 7 - qismi shu qatorda texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi me’yoriy hujjatlarning talablarini bajarish zarur.
Avtomobil yo‘lini ta’mirlash ishlarini olib borishda atrof muhitni muxofaza qilish chora tadbirlarini hal qilish zarur. Ishlab chiqarishda texnologik echimlarni qabul qilishda atrof muhitga zarar etkazmaslikni tabiat muvozanatini buzmasligini, geologik, ekologik va gidrogeologik sharoitlarni o‘zgarish xavfi tug‘ilmasligini hisobga olgan holda hal etish lozim.
Ta’mirlash ishlari jarayonida mexanizmlarni tanlashda tegishli sanitariya me’yorlarini, atrof-muhitni va suv qurilmalarini ifloslantiruvchi chiqindilarning ruxsat etilgan me’yorlarga rioya qilgan holda atrof-muhit va atrofdagi erlarga zarar keltiruvchi boshqa zararlarni butunlay yo‘q qilish va o‘ta kamaytirishni ko‘zlash zarur.
Transport oqimi shovqini sanitariya me’yorlaridan oshmasligi zarur. Yo‘l atrofidagi hududga ko‘rsatilgan salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida yo‘l bo‘yida tashqi salbiy ta’sirlarga chidamli bo‘lgan yashil daraxtlardan himoya mintaqasi yaratish kerak.
Qurilishni olib borishda shamol yo‘nalishi bilan bir xil yo‘nalishda ish olib borish ma’qul. Yo‘lni qurish vaqtida agar yo‘l qimmatli unumdor erlardan o‘tsa, o‘sha trassa o‘tadigan er unumdor qismi qirqib olinib, unumsiz erlarga tashib chiqariladi.
Qirqib olinadigan unumdor qatlamning fizik va ximiyaviy tarkibi GOST 17.5.1.03-86 ga to‘g‘ri kelishi kerak. Gildan supesgacha bo‘lgan gruntlarning granulometrik tarkibi 1.5 g/sm3 dan oshmasligi kerak. Aholi punktlaridan o‘tgan joylarda shamol yo‘nalishi hisobga olinib, chang to‘zon va transport tovushlaridan saqlanish uchun shamol yo‘nalishiga teskari tomondan ish olib boriladi
Yo‘l chetlarini qurishda ishlatiladigan sanoat va issiqlik elektrostansiyalaridan chiqqan qoldiq maxsulotlar, shlak, qotgan yoqilg‘i qoldiqlari, fosforit qoldiqlarini, ularni atrof-muhitga ta’sirini hisobga olib, agar ta’siri kam bo‘lsa ularni tavsiya etiladi.
Yo‘llardan uy hayvonlari o‘tadigan joylarda maxsus o‘tish joylari quriladi va ularning xavfsizligi ta’minlanadi.
Avtomobil yo‘lini qurish yoki ta’mirlashda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishni baholash RD 119.002771-29-93 ga muvofiq amalga oshiriladi. SHuning uchun mazkur avtomobil yo‘lini ta’mirlashda atrof-muhit ifloslanishini, salbiy ekologik oqibatlarni yumshatish uchun quyidagi chora tadbirlar amalga oshiriladi.

  • Yo‘l poyini ko‘tarishda ishlatiladigan gruntning changlanishlarini oldini olish zarur.

  • Toza suv oqib o‘tadigan yo‘l poyi yaqinidagi ariqlarga zaharli moddalar tushib ketishiga yo‘l qo‘yilmasligi zarur. (YA’ni: oxak. kul, bitum, sement kabi bog‘lovchi moddalar)

  • Sement maxsus ajratilgan omborlarda saqlanishi, shamol ta’sirida changlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.

  • Qurilishda ishlatiladigan maxsulotlarni tashib keltirishda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak:

  1. Qurilish maxsulotlarining transportdan to‘kilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.

  2. YOqilg‘i moylarini yo‘llarga to‘kilib ifloslanishiga yo‘l qo‘yilmasligi

  3. Yo‘l poyidan suvni chetlatish chora tadbirlarini ko‘rish.

  • Aholi yashaydigan joylarda yo‘l chetini mustahkamlash, yo‘lga ishlatiladigan maxsulotlarni tashish davomida yo‘lni saqlash ishlarini bajarish, (bunda yo‘lga suv sepish, tekislab turish va boshqa ishlar) e’tibordan chetda qolmasligi zarur.

  • Yo‘l chetidagi daraxtlarni faqatgina loyihaviy ko‘rinishni ta’minlash darajasida qirqilishi.

  • Vaqtinchalik foydalaniladigan erlarda rel’efni qayta tiklash amalga oshirilishi zarur.





Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling