Tabiiy resurslar vazirligi 10 apreldan 10 aprelgacha davom etadigan "Toza havo"
) Jamoat transportidan foydalanishning huquqiy afzalliklarini sanab
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
DHN oraliq 2-sm
So’ngi savolimiz jamoat transportlari va ularning huquqiy avfsalliklari haqida gap ketadi. Dunyoda katta shaharlar soni juda ko’p. Bunday shaxarlar bizning yurtimizdan ham topiladi. Masalan poytaxtimiz Toshkent. Rivojlangan mamlakatlarda masalan AQSH va Garbiy Yevropa davlatlarda yirik shaharlar soni anchagina. Shu bilan birgalikda bu shaharladagi havoning toza saqlanish maalasi muhim masala sanaladi. Bu davlatlardagi yirik shaharlarning havosini oladigan bo’lsak u shaharlar eng havosi toza shaharlar qatorining eng yuqorisidan o’rin olgan. Chunki davlat shahardagi ifloslanishning oldini olish masalasini birinch o’ringa qo’ygan va bu masala ijobiy samarsini bermoqda deb aytolamiz. Birmuncha iqlimi issiq bo’lgan ba’zi Osiyo davlatlarining yirir shaharlarini oladigan bo’lsak, bu yerdagi bazi shaharlarda ahvol yomonroq. Masalan, Hindistonning yirik shaharlari ifloslanish darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Qo’shnimiz Qirg’iziston, Tajikiston va xususan bizning yurtimizda ham bu borada ancha muncha muammolar yechimini kutib turibdi. Poytaxtimizda avtomashinalar soni ko’pligi, iqlimning issiq kontinentalligi poytaxtni notoza shaharlar qatorida yetakchilik qilishiga ham olib keldi. Bunday bo’lmasligi uchun mansabdor shaxslar ifloslanishga qarshi keskin choralar ko’rishmoqda. Vazirlikning chaqirig’i, “toza havo” oyligi tadbiri, hokimning “avtomonilsiz kun “ o’tkazish haqidagi qarori va boshqa tadbirlar ham albatta o’sha choralar doirasida amalga oshirilmoqda. Katta shaharlarda jamoat transportimning o’rni beqiyos. Bekorga uni kazusimizdagi hokimlik ham eslab o’tmagan. Odamlar qancha shaxsiy avtomobillar o’rniga jamoat transportlaridan foydalansa shaharlarda shuncha kam tirbandlilar bo’lar edi va albattaki shaharning havosi ham tozalanishiga yordam berar edi. Shuning uchunham yuqori organ mansabdor shaxslari shasiy avtomobillar o’rniga jamoat transportidan foydalanishga chairmoqda. Yuqorida aytib o’tganimiz yirik shaharlarida ham havosi toza bo’lgan mamalakatlarda ham jamoat transportlaridan foydalanuvchilar soni yuqoridir. Shu vaboshqa holatlarni inobatga olib mutasaddi hodimlar yuqoridagi kabi tabirlarni amalga oshirmoqdalar. Katta shaharlarda doimo havoning tozaligi muhim masala sifatida qarab kelinadi. Haqiqatdan megashaharlarda shaxsiy avtomobil mashinalri juda ko’p. Masalan o’zimizning Toshkent shahrini oladigan bo’lsak ham shaharda mashinalar soni kam emas. Bu esa jamoat transportlarining ko’p bo’lishiga zarurat tug’diradi. Jamoat transportlari kamroq zaharli moddalar chiqaradi. Fuqarolar shaxsiy avtomobillar o’rniga jamoat transportidan foydalansa kamroq ifloslanish va kamroq tirbandliklar bo’lar edi. Vazirlik ham shu va boshqa sabablarni hisobga olib shaxsiy avtomashinalardan kamroq foydalanishga chaqirmoqda. Avtomashinalarsiz bir kun qanday o’tishi albatta hammaga ham qiziq. Har kun odamlar ishga, yoki o’qishga shoshilib ketishini ko’ramiz. Ana shunday vaziyatlarda ko’chalardagi tirbandlilar ishni yanada jiddiylashtiradi. Shuning uchun sal kech qolinsa “ yo’lda mashinalar ko’p, tirbandliklar ko’payib ketdi shuning uchun kech qoldim “ kabi sabablar ko’plab o’quvchilar tomondan ishlatiladi. Balkim haqiqatdan ham shunday bo’lar. Nima bo’lganda ham jamoat transportlaridan foydalanishning huquqiy avfzalliklari anchagina. Ko’chalardagi shaxsiy avtomashinalardan foydalanayotganlarning ko’pchiligi yoshlar yoki haydashni yaxshi bilmaydiganlardir. Bular esa xavfsizlik nuqtai nazaridan jamoat transportlaridan foydalanishga undaydi. Xullas jamoat transportlaridan foydalanish ko’plab qulayliklarga olib keladi. Vazirlikning “ toza havo “ oyligi doirasida o`tkazilyotgan bunday tadbirlarning maqsadi ham shunda deb o’ylaymiz. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Tabiy resurslar vazirligi Hukumat tarkibiga kirgan holda o’z vakolatlari doirasida o’tkazadigan, chaqiradigan ishlari huquqga zid emas. “ Avtamobilsiz kun “ tadbiri doirasida chiqariladigan Vazirlar mahkamsi qarori ham, Toshkent shahar hokimining qarori ham normativ-huquqiy hujjat va huquqiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi yuridik fakt sanalib yuqorida aytganimizdek huquqiy tartibga solish funksiyasiga misol bo’ladi Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling