Tabiiy resurslar vazirligi 10 apreldan 10 aprelgacha davom etadigan "Toza havo"
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
DHN oraliq 2-sm
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”
- “Normativ huquqiy hujjatlar to’g’risidagi” Qonunning 6- moddasi
- “avtomobilsiz kun”
vakolatlari
qaysi huquqiy hujjatda mavjudligini mamlakat qonunchiligidan aniqlashga harakat qiling. Kazusimizdagi birinchi savolga yechim berishimizdan oldin biz O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to’g’risida gapirib o’tsak. Vazirlar Mahkamasi hokimiyat bo’linishida ijro etish vazifasini bajaradi. U o’zidan yuqori turuvchi organlarning hujjatlari O’zbekiston Respublikasi qonunlarining ijrosini ta’minlaydi va o’z vakolati doirasida qarorlar qabul qiladi. O’zidan quyida turadigan organlarning faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. Uning sohaviy vakolatlarini O’zbekiston Respublikasining “Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi qonundan ham bilib olishimiz mumkin. Unga ko’ra Vazirlar Mahkamasi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik sohalarda qonunlar ijrosini ta’minlaydi. Transport sohasidagi vakolatlarini biz ”Transport to’g’risida”gi qonundan ham bilib olishimiz mumkin. Qonunchilikka muvofiq O’zbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qaror va faqrmoyishlar chiqaradi. Vazirlar mahkamasining qarorlari normativ-huquqiy hujjat sifatida e’tirof etiladi (manba: “Normativ huquqiy hujjatlar to’g’risidagi” Qonunning 6- moddasi ) va Bosh vazir tomonidan imzolanadi. Bizga ma’lum bo’lgan kazusimizda ham Tabiiy resurslar vazirligi vazirlik sifatida Hukumat tarkibiga kiradi va uning o’z vakolati doirasida qarorlar chiqarishga hququi bor. “Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi Qoununning 43- moddasida Vazirlar Mahkamasining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirishi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining takliflarini ko‘rib chiqishi, qarorlar va farmoyishlar amalga oshirilishining borishi to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitishga haqliligi aytib o’tilgan. Hokimlarning qoununchilikka zid qarorlarini bekor qilish yoki to’xtatib turishi ham aytib o’tilgan. Ko’rinib turibdiki hokimlar mahaliy ijro etuvchi hokimyati organi tarkibiga kirib ularning faoliyati Vazirlar Mahkamsi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Xuddi shunday Toshkent shahar hokimi ham o’z vakolatlari doirasida qaror chiqaradi. Masalan “Avtomobilsiz kun” o’tkazish tog’risida Hokimning chiqargan qarori ham normativ huquqiy hujjatdir (manba: “Normativ huquqiy hujjatlar to’g’risidagi” Qonunning 6- moddasi ). Uning chiqargan qarorlari ustidan nazoratni Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Kazusga qaytadigan bo’lsak Tabiiy resurslar vazirligi lavozimi bo’yicha Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. “Vazirlar mahkamasi to’g’risida’’gi qonunning 43- moddasida Vazirlar Mahkamasining mahaliy hokimiyat organlari bilan munosabati berilgan. Hokimlarni mahaliy ijro etuvchi hokimiyat tarkibiga kirgizadigan bo’lsak, Vazirning hokimlar va tashkilotklarni chaqirib, o’z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilishiga haqi bor deb o’ylaymiz. Kazusda ham vazir tashkilot va hokimlarni chaqarib “avtomobilsiz kun” o’tkazish hqida xabar bermoqda. Yuqoridagi qonunlarga tayanib biz vazirning chaqirig’ini haqli deb bilamiz. Vazirlikning bir oy muddatga chaqiruv e’lon qilish bo‘yicha xuddi shunday vakolati mamlakat qonunchiligiga, xususan, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunga asoslanib belgilanishi mumkin. Qonun Tabiiy resurslar vazirligiga mamlakatda atrof-muhit va ekologik tizimlarni muhofaza qilish bo‘yicha ekologik siyosat va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish vakolatlarini beradi. “Toza havo” oyligi va “Avtomobilsiz kun” tashabbusining e’lon qilinishi vazirlikning atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishga ko‘maklashish bo‘yicha topshirig‘iga hamohangdir. Kazusimizda ham vazir idoralar, korxona va tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, shuningdek, shahar va viloyatlar hokimliklarini barcha xodimlarni chaqirib “Avtomobilsiz kun” oʻtkazilishi e’lon qilindi. Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiruvchi organ sifatida yuqorida keltirib o’tilgan qonunlarga taynib Tabiiy resurslar vazirining yuqoridagi kabi qarorini va chaqirig’ini o’rinli deb bilamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling