Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish asoslari reja: Tabiiy resurslar ta’rifi, tasnifi va ularning turlari. Tabiiy resurslarning ahamiyati
Download 32.6 Kb.
|
3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tugaydigan resusrlar
- Qayta tiklanadiganlar
- Qayta tiklanmaydiganlar
Tugamaydigan resurlar - quyosh energiyasi va quyosh tufayli paydo bo‘lgan tabiiy kuchlar: dengiz sathining pasayishi va ko‘tarilishi, shamol. Ular deyarli tugamaydi va ularni muhofaza qilish (masalan quyoshni) atrof muhitni muhofaza qilish uchun ob’ekt bo‘la olmaydi. CHunki insoniyat bunday imkoniyatga ega emas.
Tugaydigan resusrlar zahirasiga va ulardan jadallik bilan foydalanish qulamiga bog‘liq ravishda kishilik jamiyati ehtiyojilarini faqat ma’lum davr davomida ta’minlash mumkin. Ular tabiatda o‘z-o‘zidan tiklanmaydi, chunki ular inson tomonidan yaratilmagan. Ular tabiatda uzoq geologik davrlarda va jarayonlarda kimyoviy elementlarning to‘planishi natijasida hosil bo‘ladilar Tugaydigan resurlar o‘z navbatida qayta tiklanadiganlar va qayta tiklanmaydiganlar resurlarga bo‘linadilar. Qayta tiklanadiganlar deb ma’lum tabiiy sharoitda undan foydalanish davomida doimiy ravishda qayta tiklab borish imkoniyati bo‘lgan resurlarga aytiladi. Bunday resurslarga hayvonot va o‘simlik dunyosi, qator mineral resurlar, masalan kul tubida yig‘iluvchi tuzlar, torf qatlamlari hamda tuproq kiradi. Ammo ularni tiklash va ko‘plab ishlab chiqarishni ta’minlash uchun ma’lum shart sharoitlar yaratilishi lozim. Masalan, tuproqlarda 1 sm li gumus qatlami hosil qilish uchun 300-600 yil, kesilgan o‘rmonlarni, ovlanadigan hayvonlarni tiklash uchun esa o‘nlab yillar talab etiladi. Lekin tuproqlarning haydaladigan yukori qisminigina tabiiy sharoitda tiklash uchun bir necha ming yil talab etiladi. Qayta tiklanadigan resurlardan foydalanish darajasi ularning tiklanish tezligia mos kelishi kerak. Aks holda qayta tiklanadigan resurlar qayta tiklanmiydigan resurlarga aylanib kolishi mumkin. Qayta tiklanmaydiganlar – umuman tiklanamaydi yoki insonlar tomonidan ulardan foydalanish davri davomida juda sekinlik bilan tiklanadi. Bunday resurslardan foydalanish, albatta ularning tugab borishiga olib keladi. Oxirgi 30 yil davomida insoniyat o‘z ehtiyojlari uchun ishlatgan mineral xom ashyo mikdori uning paydo bo‘lish davridan bugun ishlatilgan mikdorga teng ekan.1961 yildan 2015 yilgacha insoniyat neft zahiralarini o‘zini tarixi davomida ishlatgan hajmining 80%ini ishlatgan. SHuning uchun, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurlarni muhofaza qilish, ulardan tejab-tergab, oqilona, kompleks ravishda foydalanish endilikda kechiktirib bo‘lmas zaruriyatdir. Bundan keyin tabiiy resurslarni qazib olib va qayta ishlash vaqtida yo‘kotilishini kamaytirishga erishish hamda bu resurslarni boshqalariga yoki sun’iy yaratilganlariga almashtirish ham ayni maqsadga muvofikdir. Jamiyatning ma’lum rivojlanish davri davomida tabiiy resurlardan foydalanishda ularni real va potensial resurlarga ajratiladi. Real resurlar deb jamiyatning ayni holida rivojlanish bosqichida qidirib topilgan, zahiralari aniqlangan va jamiyat tomonidan faol ishlatilayotgan resurlarga aytildi. Potensial tabiiy resurlar deb jamiyat tarraqqiyotining hozirgi boqichida qidirib topilgan, qisman va miqdoran aniqlangan resurslarga aytiladi. Ulardan foydalanish uchun texnik vositalar etarli bo‘lmagan, xom ashyolarni qayta ishlash texnologiyalari ham ishlab chiqilmagan yoki umuman yaratilmagan bo‘lishi mumkin. Er sayyorasining potensial er resurlariga cho‘l, tog‘liklar, botkokliklar, sho‘rlangan hududlar, doimiy muzliklar ham kiradi. Potensial resurlariga bir qator kosmik resurlar – quyosh energiyasi, dengiz suvlarning ko‘tarilishi va qaytishi, shamol energiyasi va boshqalar ham kiradi. Download 32.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling