Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish asoslari reja: Tabiiy resurslar ta’rifi, tasnifi va ularning turlari. Tabiiy resurslarning ahamiyati
Tabiiy resurslardan samarali foydalanish deb
Download 32.6 Kb.
|
3-ma\'ruza
Tabiiy resurslardan samarali foydalanish deb, ulardan foydalanish qoidalariga to‘la rioya qilgan xolda jamiyatga faqat hozirgi kunda emas, balki tasavvur qilish mumkin bo‘lgan uzoq kelajakda ham eng yuqori samar olish ta’minlangan bo‘lishiga aytiladi.
Tabiiy resurslarni muhofaza qilish deb, ular hosslarini buzilishi va ifloslanishi, bexuda sarflanishi, kamayib ketishini bartaraf qilishga yo‘naltirilgan huquqiy, tashkiliy, texnik ijtimoiy va iqtisodiy tadbirlar majmuasiga aytiladi. Hozirgi kunda tabiiy resurlardan foydalanishning yangi usullari keng qo‘llanib kelinmoqda: - tabiiy resurlardan qazib olish jarayonida zamonaviy, tejamkor va atrof muhitga imkon darajasida zarar etkazmaydigan texnologiyalarning qo‘llanishi, masalan, ko‘mirni, boshqa qazilma boyliklarni qazib olishda ochiq usulga qaraganda ko‘proq yopiq usullardan foydalanish; - qazib olingan qayta tiklanmaydigan resurslardan kompleks ravishda foydalanib, chiqindiga chiqarmasdan ishlatilish. Qazib olingan rudadan nafaqat oltin yoki qimmat baho metallar ajratib olib rudani oqova suvlarga yuvib borish balki yangi texnologiyalarni joriy etib rudadan to‘liq foydalanib tarkibidagi boshqa metallarni ham ajratib olish. Neft mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarida qo‘llanadigan texnologiyaga bog‘langan xolatda neftdan 60 % dan 85-90%gacha benzin olish mumkin. - tugaydigan resurlardan tugamaydigan resurslarga o‘tish. Kelajakda quyosh radiatsiyasini quyosh energiyasiga tug‘ridan to‘g‘ri aylantirishning nisbatan arzon usullari yaratilsa bir qator mamlakatlarning isitish tizimlari uchun sarf etiladigan energiyaning 50 foizini qoplashi mumkinligini hisoblab chiqilgan; - qayta ishlash texnologiyalarni keng qo‘llash va chiqindilarni boshqa ishlab chiqarishlarda xomashyo shaklida ishlatish. AQSH tajribasi shuni ko‘rsatdiki konserva bankalarni qayta ishlash jarayonida alyuminiy olish boksitlardan (tabiiy konlardan) ajratib olishga nisbatan 10 barobar arzonroq ekan. SHishalarni ham qayta ishlash jarayoni uni tabiy resrulardan ajratib va qayta ishlash jarayoniga nisbatan ancha arzon ekan. Bundan tashqari, yuqorida misol kilib keltirilgan jarayonlarda suv sarfi tejaladi, atrof muhitga, ayniqsa atmosfera havosiga salbiy ta’siri kamayadi. Makalaturadan qoo‘oz ishlab chiqarish jarayonida daraxtlardan olish jarayoniga nisbatan atmosfera havosining ifloslanishi 73% , suvning ifloslanishi – 25%, qattiq chiqindilarning hajmi 39% ga kamayadi. Bundan tashqari, makalaturadan 1tonna qog‘ozni ishlab chiqarilishida 4.7-5,6 m3 hajmdagi daraxtlar va 165-200 m3 suv saqlab qolinadi yoki tejaladi. - chiqindilarni yoqilgi sifatida ishlatish va h.k. Download 32.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling