Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari
Tugamaydigan resurslar. Tugamaydigan resurslar
Download 1.56 Mb.
|
Akmaljon tabiiy resurslar
Tugamaydigan resurslar.Tugamaydigan resurslar.Suv resurslari;Iqlim resurslari;Kosmik resurslar;Suv resurslari. Suv yer yuzida hayot mavjudligining asosiy shartlaridan biridir. Suv manbalari hajmi, hosil bo‘lishi va joylashish o‘rniga qarab mahalliy, regional va global suv resurslariga bo‘linadi.Suvsiz inson hayotining tasavvur qilib bo‘lmaydi. Suv o‘simliklar, hayvonlar va odamlar uchun hayot hamda asosiy ozuqa manbai hisoblanadi. Suvning eng yaxshi tomoni shundaki, undan qaysi maqsadda va qaerda foydalanilmasin, u yo‘q bo‘lib ketmaydi. Faqat bir holatdan boshqa holatga o‘tishi, bir jism tarkibidan boshqa jism tarkibiga o‘tishi mumkin.
Inson faoliyati ta’sirida Yer sharining ayrim joylarida suv miqdori ancha o‘zgarishi va ifloslanib yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin. Amaliy jihatdan olganda faqat okean suvlarigina tugamaydi. Ammo, okean suvlari ham neft hamda turli chiqindilar ta’sirida o‘zining suvlari ham neft hamda turli chiqindilar ta’sirida o‘zining tabiiy xususiyatini yo‘qotadi. Bu hol esa hayvonlar va o‘simliklar hayotini xavf ostida qoldiradi. Chuchuk (toza) suv miqdori Yer sharining ko‘pgina joylarida uning miqdori kamaygan. Bu joylarda ekin maydonlarini sug‘orish, kommunal ehtiyojlar sanoat xom ashyolari, ichish uchun toza suv yetishmaslik hollari sezilmoqda. Joylarda toza suvlarning kamayishiga sabab faqat unga bo‘lgan talabning oshganligi bo‘lmasdan, suv keladigan daryolarning, ko‘llarning o‘rmonlar kesilishi natijasida qurib qolishi va inson faoliyati natijasida suvning ifloslanishi kabi hollar ham sababchidir. Toza suv masalasi yildan-yilga eng muhim muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ifloslangan suv ichish uchun yaroqsiz bo‘lib, u hatto tirik organizmlar uchun xavfli bo‘lib qoladi. Shu sababdan undan ratsional foydalanish, uning tozaligini saqlash va muhofaza qilish hozirgi vaqtda eng muhim masalalardan biri hisoblanadi
Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling