Tabiiy suvlarda ifloslanish va o’z-o’zidan tozalanish jarayonlari. Reja
Download 21.42 Kb.
|
1 2
Bog'liqTabiiy suvlarda ifloslanish va o
Tabiiy suvlarda ifloslanish va o’z-o’zidan tozalanish jarayonlari. Reja: 1 Suvning asosiy ifloslanish sabablari 2 Tabiiy suvlarning kimyoviy komponentlari 3 Tabiy suv turlari 1 Suv yetishmasligining yana bir muhim sababi uning sanoat,ma’ishish va qishloq xo’jaligi chiqindalari bilan ifloslanishdir. Oqova suvlar, ya’ni ishlatilgan va ifloslangan suvlar aksariat xollarda suv xavzalariga qo’yilmoqda. Bunday suvlarning 1m3 xajmi toza suvning 40-60 m ni ifloslaydi.Oqova suvlarga tushadigan ifloslovchilar mineral organik va biologik ifloslovchilarga ajratiladi. Mineral ifloslovchilarga qum, loyqa, mineral tuzlar, kislota va ishqorlar kiradi.Organik ifloslovchilarga o’simlik va hayvon qoldiqlari, odam va hayvonlarning fiziologik chiqitlari va h.o. lar kiradi. Biologik ifloslovchilarga mikroorganizmlar kiradi va bunday ifloslanish ko’pincha ma’ishiy oqova suvlarga xos. Suvlarning ifloslanishi natijasida Har yili 500 mln kishi turli kasalliklar bilan kasalanadi. Ayniqsa suvlarning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi xavflidir.Suv yetishshmasligi sharoitida undan oqilona foydalanish,oqova suvlarni tozalash va qaytadan sho’rlatish muhim ahamiyatga ega. Oqova suvlarning mexaniq,kimyoviy va biologik tozalash usullari mavjud. Mexaniq usulda suv ogir mineral va organik ifloslovchilardan tozalanadi (tindirish) kimyoviy usulda ifloslovchi birikmalar turli kimyoviy moddalar foydalanib cho’kma holatiga o’tkaziladi. Biologik usul yordamida organik ifloslovchilar mineral holatga o’tkaziladi. Bunda turli xil mikrorganizmlar,o’simliklar va hayvonlardan foydalaniladi. Suv biologik usulda tozalangandan keyin xlor bilan dizenfeksiya qilinadi.Suv xavzalarining oqova suvlar bilan ifloslanish muammosini xal qilishning eng qulay samarali usuli chiqindisiz texnologik jarayonlarning yaratilishidir. Qishloq xo’jaligida sug’orishning yangi usullarini qo’llash ham suvni tejashga yordam beradi. Yer osti suvlaridan oqilona foydalanish va ularni muxofaza qilish ham muhimdir. Yer osti suvlari-iichimlik suvining asosiy manbaidir. Yer osti suvlari sizot, artezian va mineral suvlarga ajratiladi.Hozirgi vaqtda dunyo okeaning ifloslanishi global ekologik muammo bo’lib qoldi. Okeanlarning ifloslanishi oqova suvlarning daryo suvlari orqali okeanga tushishi, pestisidlar bilan ishlov berilgan o’rmon va dalalardagi oqimlarning qo’yilishi neft maxsulotlarining qazib olishdagi va tashishdagi yo’qotishlar natijasida sodir bulmoqda. Okeanlarning neft va neft maxsulotlari bilan ifloslanish juda yuqori. Qazib olish va tashish vaqtida neftning anchagina qismi okeanga tushadi. Natijada suvning yuzasida neft qobig’i hosil bo’ladi. Bu okean va atmosfera o’rtasidagi bog’liqlikni buzadi,ko’pchilik tirik organizmlar nobud bo’ladi.Uzoq yillar mobaynida dunyo okeani radioaktiv va o’ta zaharli chiqinddilarning o’ziga xos axlatxonasi bo’lib keldi. Bu muammo barcha davlatlarning hamkorligida xal qilnishi lozim.Bizning mamlakatimizda, umuman O’rta Osiyoda suv resurslari chegaralangan.Respublikamizda qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning asosiy qismini sug’oriladigan maydonlar tashkil qiladi. Bizda yetishtiriladigan paxta,sholi kabi o’simliklar ko’p talab qiladi. Foydaladigan suvlarning 85% i qishloq xo’jaligiga 12% i sanoatga va 3% i ma’ishiy maqsadlarga ishlatiladi.Yer osti suvlarining 52% i ishlatilmoqda.Amurdaryo va Sirdaryo daryolarining ifloslanganligi muhim ekologik muammo bo’lib kolmoqda. Bu daryolar. Asosan Kirgiziston,Tojikisotn va Turmaniston teritoriyasida ifloslanmoqda. Lekin Respublikamizda ham okava suvlar va zovur suvlari bu daryolarga qo’yilmoqda. Natijada ichimlik suvi muammosi keskinlashmoqda.Ichimlik suvi sifatining yomonlashuvi natijasida, ayniqsa, Xorazmda va Qoraqalpog'iston Respublikasida aholining kasallanishi va o’limi ko’paymoqda. Yer osti suvlarining ifloslanishi kuzatilmoqda. Keyingi yillarda O’zbekiston suv resurslarini muxofaza qilishga katta ahamiyat berilmoqda natijada. Suv xavzalariga qo’yiladigan oqova suvlar xajmi 2,5 martaga qisqardi. Suvdan foydalanishga oid qonun qabul qilingan. Ma’lumki, hozirgi Orol muammosi juda keskinlashgan. Keyinga 30-yil ichida Oroldagi suv satxi 16 metrga pasaydi. Sug’oriladigan maydonlarning kengayishi natijasida Amurdaryo va Sirdaryo suvlari Orolga yetib bormayapti. Suv satxining pasayishi natijasida atmosfera va tuproqning ifloslanishiga olib kelmoqda. Orol muammosini xal qilish ustida O’rta Osiyoda barcha mamlakatlar hamkorlikda ish olib bormoqdalar. 2 Tabiiy suvlarning kimyoviy komponentlari 0.A . Alekin sinflanishiga ko‘ra tabiiy suvlarning kimyoviy kompo nentlari quyidagi guaihlarga bo‘linadi: Bosh ionlar. Tabiiy suvlar tarkibida 70 dan ortiq kimyoviy element aniqlangan boiib, bosh ionlarning chuchuk suvlardagi miqdori umumiy tuzlar miqdoridan 90-95% ni tashkil qiladi. Bosh anionlarga tabiiy suvlarda eng ko‘p uchraydigan — И CO ,S 0 42 , Cl", CO 2 , H Si03“ anioniari, bosh kationlarga esa — Na+, Ca2+, Mg2+, K+, Fe2+ kationlari kiradi. Tabiiy suvlarda doimo Ca2+ va Mg2+ kationlari mavjud boclib, ular suvning umumiy qattiqligini belgilaydi. Bu kationlar suvga asosan tarkibida ohak, dolomit, gips, murakkab alumosilikatlar bor bo‘lgan jinslarni erishi natijasida kelib tushadi. Kalsiy va magniy kationlari sanitar-gigiyenik jihatdan zararsiz bo‘lsada, lekin, qattiq suvlardan maishiy-xo‘jalik va sanoat ehtiyojlari uchun foydalanishda bir qator qiyinchilaklar paydo bo‘ladi. Suvdagi erigan gazlar. Tabiiy suvlarda asosan kislorod, karbonat angidridi va vodorod sulfid gazlari erigan holatda bo‘ladi. Kislorod suvga atmosfera havosidan erishi natijasida kelib tushadi hamda suvdagi yashil o‘simliklaming fotosintez jaryonlarida ajralib chiqadi. Suvda organik birikmalarning miqdori ko‘payib ketsa, kislorodning miqdori kamayadi. Kuchli oksidlantiruvchi modda sifatida kislorod metallarning korroziyasiga olib keladi.Karbonat angidridi suvga atmosferadan erishi natijasida hamda tirik organizmlarning nafas olish jarayonlarida ajralib chiqadi. Suvdagi karbonat angidridining miqdori suvning karbonatli mu-vozanatiga ta’sir etadi. Karbonatli muvozanat buzilib ketsa, suvning kislotaliligi yoki ishqoriyliligi oshib ketishi mumkin. Bunday suvlar metall va betonlarni eritishi yoki karbonatli cho‘kmalarni hosil qilishi mumkin. Vodorod sulfid gazi faqat kislorodsiz muhitda paydo bo‘ladi. H2S suvga badbo'y hid beradi hamda metallar korroziyasiga olib kelishi mumkin. Ichimlik suvni tarkibida H2S gazi bo'lmasligi kerak. Biogen moddalar. Bu moddalarga suvdagi tirik organizmlarning hayot faoliyati uchun kerakli bo‘lgan moddalar kiradi. Biogen mod dalaming asosiylari —azot birikmalaridir. Azotning organik birikmalariga oqsil moddalar kiradi. Azotning noorganik birikmalari asosan ammiakli azot — N H 4+, nitrit- N H 2~ va nitratlar — NH, dan tashkil topgan 3 Tabiiy suv turlari. Suv - buyuk tabiat inomi ekanligini hamma ham chuqur anglab etganmi? Barcha kishilar uchun mazkur savolga ijobiy javob olish, afsuslar bo'lsinkim, mumkin emas, aks holda, hozirgi kunda suvga bo'lgan munosabatimiz daxshatli sur'atda yomon bo'lmas edi. Har qanday inson suv to'g'risida to'liq bilim egasi bo'lganda, hayotimizning ekologik ko'rsatkichlari shunchalik buzilib ketmas edi, ehtimol. Har bir bo'lg'usi texnolog uchun quyidagi, suv to'g'risidagi, ilmiy ma'lumotlarni bilishi shart.Tabiiy suvlar o'z tarkibiy, sifat-miqdoriy ko'rsatkichlariga ko'ra turli-tumandir: sho'r ta'mli dengiz-okean suvi, chuchuk (ichimlik) soy va buloq (daryo, yer osti quduq va hakozo) suvlari, qor-yomg'ir suvi, minerallangan, ayrim hollarda xatto issiq, yer osti suvlarini misol qilib ko'rsatish mumkin. Lekin, shu bilan bir qatorda, hatto, bir soy yoki daryo suvi turli joyida (o'zani bo'ylab, albatta) bir xil tarkib va xususiyatga ega bo'lmasligini ham bilish zarur. Shuning uchun ham, qadimgi Yunonistonlik olim va faylasuf Geraklit (eramizdan oldingi V asrda) daryoning muayyan bir xil tarkibdagi suviga 2 marta tushib bo'lmasligini ta'kidlagan, ya'ni cho'milayotgan kishi har gal yangi tarkibda va sifatda bo'lgan suvga tushadi(cho'milayotgan joyi o'zgarmagan holda). Tabiatga antropogen omil kuchayganligi, ya'ni ko'plab sanoat korxonalari, qishloq xo'jaligi ekinzorlari, kommunal xo'jaliklari faoliyati natijasida har xil chiqitlar bilan atrof-muhitlar bulg'anadi, shu jumladan, iflos oqavalar bilan suv havzalarining ifloslanishi sabab toza suv muammosi hozirga paytda eng dolzarb masala hisoblanadi. Download 21.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling