Tabiiy tanlanish va uning turlari


-rasm. Stabillashtiruvchi tanlanish. 95-rasm


Download 467.81 Kb.
bet2/2
Sana22.10.2020
Hajmi467.81 Kb.
#135394
1   2
Bog'liq
TABIIY TANLANISH VA UNING TURLARI


94-rasm. Stabillashtiruvchi tanlanish. 95-rasm. Stabillashtiruvchi tanlanish:

A – latimeriya; B – gatteriya.


Stabillashtiruvchi tanlanish ta’siri odamlarda ham uchraydi. Normal odamlar hujayrasida 44 ta autosoma va 2 ta jinsiy xromosoma borligini bilasizlar. Agar ayolning urug‘langan tuxum hujayrasida 44 ta autosoma va bitta Y xromosoma bo‘lsa, boshqacha aytganda X xromosoma yetishmasa, u holda homila ona qornida 2–3 oydan so‘ng rivojlanmay qoladi va tabiiy abort ro‘y beradi.

Belgilari o‘rtacha darajada yoki unga yaqin darajada bo‘lgan individlarning saqlanishiga qaratilgan tanlanish stabillashtiruvchi tanlanish deyiladi (94-rasm). Gatteriya, gingko biloba, latimeriya kabi organizmlar o‘zgarmas muhit sha-

roitida saqlanib qolganligi stabillashtiruvchi tanlanishning natijasidir (95-rasm).

Harakatlantiruvchi tanlanish. Tabi- iy tanlanishning bu turi populatsiyadagi irsiy o‘zgaruvchanlik chegarasini ken- gaytiradi. Harakatlantiruvchi tanlanish o‘zgargan muhit sharoitida eski reaksiya normasi o‘rniga yangi reaksiya normasini vujudga keltiradi hamda uni mustah kamlaydi. Buning oqibatida kelgusi bo‘g‘inlarda oldingi bo‘g‘inlarning normadagi fenotipidan keskin farq qilgan yangi fenotipga ega organizmlar saqlana boradi. Tanlanishning bu formasi belgi-xossalar eski individlar o‘rniga yangi muhit sharoitiga moslashgan individlar vujudga kelishi bilan xarakterlanadi.

Darvin besh yillik safar chog‘ida kuchli shamol tez-tez bo‘ladigan okean orollarida uzun qanotli hasharotlar kam, rudiment qanotli va qanotsiz hasharotlarning ko‘pligini uchratgan. Olimning izohlashicha, bunday orollarda qattiq shamol bo‘lishi tufayli normal qanotli hasharotlar unga bardosh bera olmasligi sababli shamol ularni uchirib, halok etgan. Mutatsiyalar oqibatida kelib chiqqan rudiment qanotli va qanotsiz hasharotlar mutlaqo havoga ko‘tarilmay, turli yoriq, kavaklarga yashirinib olganlar. Bu jarayon ko‘p ming






97-rasm. Ot evolutsiyasi – harakatlantiruvchi tanlanish natijasidir.

yillar davom etishi tufayli irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish okean orollarida hasharotlarning normal qanotlilarning kamayishiga, rudiment qanotli va qanotsiz individlarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan. Organizmlarning yangi belgi-xossalarining hosil bo‘lishi va rivojlanishini ta’minlaydigan tabiiy tanlanish xili harakatlantiruvchi tanlanish deb ataladi (96-rasm).

Ba’zi bir qushlar, hasharotlar qanotining, tuyoqlilarda yon barmoqlarning, g‘orlarda yashovchi hayvonlarda ko‘zning, parazit o‘simliklarda ildiz va barg- ning yo‘qolishi harakatlantiruvchi tanlanish ta’siri natijasidir. Muhit sharoitining asta-sekin o‘zgarishi tufayli tabiiy tanlanishning bu turi fenotip va genotip jihatdan yangi formalarni hosil qiladi. U yangi turlarning paydo bo‘lishi va organik olamdagi evolutsiya jarayonining asosiy sababchisi hisoblanadi.

Dizruptiv tanlanish. Ba’zi hollarda muayyan joyda tarqalgan bir turga mansub organizmlar orasida bir-biridan farq qiluvchi ikki va undan ortiq individ- lar guruhi uchrashi mumkin. Bu tabiiy tanlanishning yana bir alohida shak-

li bo‘lgan dizruptiv tanlanish natijasidir (98-rasm). Chunonchi, ikki nuqtali tug-

macha qo‘ng‘izida mavsumiy polimorfizm hodisasini ko‘rish mumkin. Bu qo‘ng‘iz- ning qoramtir va qizg‘ish, qattiq qanotli formalari uchraydi. Qizg‘ish qanotlilar qishda haroratning pasayishi tufayli

kam nobud bo‘lib, yoz oylarida kam nasl beradi. Aksincha, qoramtir qanotli formalilar qishda past haroratga bardosh berolmay ko‘proq nobud bo‘ladi va yoz oylarida esa ko‘p nasl beradi. Demak, yilning turli fasliga moslashish orqali bu ikki xil tugmacha qo‘ng‘iz guruhlari o‘z naslini saqlab kelmoqda.







Download 467.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling