Tabiiy tolalalar
Download 103.12 Kb.
|
Abdukodirov J kurs ishi tjl (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEXNOLOGIK JARAYONLARNI LOYIHALASH” Qo’rg’ontepa tumanida “Mayda gulli” o’rilishli gazlamalar ishlab chiqaruvchi kichik korxonani rejalashtirish mavzusida
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligi FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI yengil sanoat va to`qimachilik fakulteti “TABIIY TOLALALAR” KAFEDRASI “TEXNOLOGIK JARAYONLARNI LOYIHALASH” Qo’rg’ontepa tumanida “Mayda gulli” o’rilishli gazlamalar ishlab chiqaruvchi kichik korxonani rejalashtirish mavzusida KURS ISHI BAJARDI: 43-19 YESTJ guruh taladasi Abdukodirov J. KURS ISHI RAHBARI: Niyazaliyeva M.M. KIRISH Oʻzbekiston Respublikasi yengil sanoat tarmoqlarini rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, aholining yengil sanoat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish, aholining bandliginitaʼminlash, tovarlar bozorini sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan toʻldirish kabi masalalarni yechishda muhim oʻrin tutadi. Bu borada Respublikamizda olib borilayotgan tadbirlar, xukumat qarorlari sohani rivojlantirishda xuqukiy jihatdan qoʻllabquvvallaniyotganinikoʻrsatadi. 2018-yilda aholi bandligiga koʻmaklashish davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida PQ-3506-sonli Prezident qarori 2018-yil 3-fevralda qabul qilindi. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24- yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasidagi yangi sanoat korxonalarini qurish hisobiga aholini, ayniqsa yoshlar va kam taʼminlangan oilalar bandliginitaʼminlash, yangi doimiy ish oʻrinlarini yaratish, xizmat koʻrsatish sohasini kengaytirish, shuningdek, shu asosda aholi turmush sifati va farovonligini oshirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarni ijro etish maqsadida: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat hududlariga amalga oshirgan tashriflari davomida ishlab chiqilgan sanoat, qishloq xoʻjaligi tarmoqlari va xizmat koʻrsatish sohalaridagi loyihalar, shuningdek, respublika hududlari, shaharlar va tumanlarini kompleks rivojlantirish dasturlari hamda tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 168,2 mingdan kam boʻlmagandoimiy ish oʻrinlarini yaratish; Xususiylashtirilgan korxonalar va davlat mulki ob`yektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha “yoʻlxarita”lari va investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 19,9 ming yangi ish oʻrinlarini tashkil etish kabi ishlar rejalashtirligan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 12-yanvar PQ-3472-sonli qarorida ham maxalliy xom ashyo xajmini oshirish, yetishtirilgan xom ashyoni qayta ishlab, maxalliy korxonalarda tayyor mahsulot ishlab chiqarish chora tadbirlari belgilangan. Kurs ishining maqsadi Qo’rg’ontepa tumanida “Mayda gulli” o’rilishli gazlamalar ishlab chiqaruvchi kichik korxonani rejalashtirish haqida. Qoʻrgʻontepa tumani - Andijon viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, va qozoqlar. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 334 kishi. Shahar aholisi 57,5 ming kishi, qishloq aholisi 102,9 ming kishi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoqlari - paxtachilik va gʻallachilik. Sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka yetishtirish, tokchilik va bogʻdorchilik ham rivojlangan. 12 jamoa va shirkat xoʻjaliklari, 282 dehqon va fermer xoʻjaliklari ishlab turibdi. Tumandagi ekin maydonlariga paxta, gʻalla, kartoshka ekiladi. Pichanzor va yaylovlar, mevazor va tokzorlar bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 42 mingdan ziyod qoramol (shu jumladan 19,9 mingdan ortiq sigir), 55,8 mingga yaqin qoʻy va echki, 142,2 mingga yaqin parranda, 975 yilqi boqiladi. Download 103.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling