Tabiiy tusdagi favqulotda vaziyatlarda fuqarolarga tibbiy yordamni tashkil etish


Zilzila natijasida inshootlarga etkaziladigan zarar qo‘yidagicha baholanadi


Download 0.89 Mb.
bet2/4
Sana07.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1438329
1   2   3   4
Bog'liq
Tabiiy tusdagi favqulotda vaziyatlarda fuqarolarga tibbiy yordamni tashkil

Zilzila natijasida inshootlarga etkaziladigan zarar qo‘yidagicha baholanadi:

  • 1-darajali zarar: engil shikastlar, bino devorlarida ingichka yoriklar paydo bo‘ladi va suvoq qo‘chadi.
  • 2-darajali zarar: o‘rtacha shikastlar, devorlarda kichik yoriklar paydo bo‘ladi, mo‘ri shikastlanadi.
  • 3-darajali zarar: binolarning kuchli shikastlanishi, devorlarda katta va chuqur yoriqlar paydo bo‘ladi, mo‘rilar to‘la vayron bo‘ladi.
  • 4-darajali zarar: bino va inshootlar ichki devorlarining to‘la vayron bo‘lishi.
  • 5-darajali zarar: bino va inshootlar to‘la vayron bo‘ladi.
  •  
  • «Aholini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilishga tayyorlash kompleks dasturini tasdiqlash to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 19 iyul № 208-sonli Qarori
  • Yer ko‘chkisi – namgarchilik tufayli og‘irlik kuchi ta’sirida tog‘ jinslarining qiyalik bo‘ylab pastga tomon siljishi.
  • O‘pirilish – og‘irlik kuchi ta’siri ostida tog‘ jinslarining uzilib pastga otilib tushishi.
  • Sunami (yapon.)-seysmik dengiz to‘lqini. SHimoliy Amerikaning g‘arbiy sohillari, YAponiya, Aleut orollari, Filippin, YAngi Gvineya, Indoneziya, Tinch okeanining janubiy qismidagi orollar, Gavay orollari, Peru, CHili va Markaziy Amerika bu yerda ro‘y beradigan zilzilaning doimiy hamrohi halokatli sunami zarbasiga duchor bo‘lib turadi.
  • Vulqon. Yer po‘stidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bug‘lari va jins blaklarini otilib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan xodisalar majmui.
  • Gekla vulqoni Islandiya orolining janubiy-g‘arbiy qismidagi so‘nmagan vulqondir. 1004 yildan boshlab qayd etila boshlagan. Hozirgacha hammasi bo‘lib 20 ta kuchli vayronagarchilik keltirganlari ma’lum shulardan eng kuchlilari 1766, 1947-48 yillardagisidir.

Birlamchi tibbiy yordam

  • Birlamchi tibbiy yordamga baxtsiz hodisalarda va kutilmagan kasalliklarda zudlik bilan ko‘rsatiladigan birlamchi tibbiy yordamlar majmuasi kiradi. Ushbu yordamning keyinchalik tez va sifatli ko‘rsatilishi ko‘p hollarda insonlar hayotini saqlab qolishda katta rol o‘ynaydi.
  • Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish har bir tibbiyot xodimining vazifasi bo‘lishi bilan bir qatorda, aholining boshqa vakillari ham eng oddiy birlamchi va vrachgacha bo‘lgan yordamlarni hamda o‘ziga va bir-biriga yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini bilishlari shart. Ko‘pchilik rivojlangan davlatlarning tajribalari shuni ko‘rsatdiki, o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilgan birinchi vrachgacha yordam tufayli ko‘plab insonlarning hayotini saqlab qolish mumkin.
  • Tibbiy yordam o‘z ichiga favqulodda hodisa ro‘y bergan zonada ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordamni, zararlangan zonadan tashqarida ko‘rsatilgan birlamchi vrachlik yordamini va shahardan tashqarida yoki shahar yaqinida saqlanib qolingan tibbiy muassasalarda ko‘rsatilgan (yuqori malakali) tibbiy yordamlarni o‘z ichiga oladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling