Osmon koordinatalari. Geografik koordinatalr. Ekvatorial koordinatalar sistemasi: yoritgichlarning to‘g‘ri chqishi, og‘ishi va soat burchagi.
Yulduzlarning xaritalari. Yoritgichlarning surilma xaritasi bilan ishlash. Yulduzlarning ko‘rinma yulduz kattaliklari.
Yulduzlarning osmondagi o‘rnini xaritalarda tasvirlash. Yoritgichlarning ko‘rinma yulduz kattaliklarini Pogson formulasi yordamida aniqlash.
Olam Qutbining balandligi va joyining geografik kenglamasi orasidagi bog‘lanish. Olam qutbining gorizontdan balandligi aniqlash va uning geografik joyining kenglamasiga tengligini isbotlash. Turli geografik kenglamalarda osmon sferasining sutkalik ko‘rinma aylanishlari. Yoritgichlarning kulminatsiyalari va kulminatsiya balandliklari. Astronomik kuzatishlar asosida joyning geografik kenglamasini taxminiy aniqlash.
Kuzatuvchi Yer ekvatori, qutblari va o‘rta kengliklarda bo‘lganda osmon sferasining sutkalik ko‘rinma aylanishi. Yoritgichlarning botmaslik va chiqmaslik shartlari. Yoritgichlarning yuqori va quyi kulminatsiyalari. Joyning geografik kenglamasini kuzatishlardan aniqlashning ikki usuli: qutb yulduzining gorizontdan balndligini o‘lchash; Quyoshning tush paytidagi balandligi va og‘ishi orqali topish.
Do'stlaringiz bilan baham: |