II BOB. QUYOSH SISTEMASINING TUZILISHI VA OSMON JISMLARINING HARAKATI
(5 soat )
Quyosh sistemasining tuzilishi. Quyosh sistemasining tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvurlarning rivojlanishi. Olam tuzilishi haqida Kopernikning geliosentrik ta’limoti. Olam tuzilish haqida Beruniy tasavvuri.
Quyosh sistemasining masshtabi va a’zolari. Planetalarning konfiguratsiyalari va ko‘rinish shartlari. Planetalarning Quyosh atrofida aylanish davrlari.
Quyosh va uning a’zolari: planetalar va ularning yo‘ldoshlari, asteroidlar, kometalar, meteor jismlar. Bu osmon jismlarining Quyoshdan uzoqligi. Ichki va tashqi planetalarning ko‘rinish shartlari. Elongatsiya va kvadratura. Planetalarning siderik va sinodik davrlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |