umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
Surxondaryo tabiiy geografik okrugining iqlimi va suvlari,
tuproqlari,
o‘simliklari va hayvonot dunyosi. Okrug O‘zbekistonning eng
janubida joylashganligi, atrofini sovuq havo oqimidan
to‘sib turuvchi tog‘lar
tufayli quruq subtropik iqlimning vujudga kelganligi. Iqlim elementlarining
xususiyatlari va hududiy tafovutlari.
Afg‘on shamoli va uning vujudga kelish
sabablari. Asosiy daryolari, ularning
to‘yinishi va suv rejimi. Yer osti suvlari,
suv omborlari. Tuproq-
o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining balandlik
mintaqalanishi. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Tabiatni muhofaza qilish
va ekologik muammolari, Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi ekologik vaziyat.
Surxon davlat
qo‘riqxonasi. Dorivor o‘simliklar
Amaliy
mashg‘ulot. O‘quvchilarni mantiqiy fikrlashini va amaliy
ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan topshiriqlarni bajarish: Mirzacho‘l,
O‘rta Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo okruglari tabiatiga doir
xarita, jadval va diagrammalar bilan ishlash.
Nazorat ishi.
Quyi Zarafshon tabiiy geografik okrugi. Iqlimi va suvlari,
tuproqlari,
o‘simliklari va hayvonot dunyosi. Geografik o‘rni va
chegaralari. Geologik tuzilishi.
O‘lkaning kaynozoy erasidagi rivojlanishi,
antropogen davrdagi paleogeografiyasi. Zilzilalari. Foydali qazilmalari.
O‘lkaning yer usti tuzilishi. Buxoro va Qorako‘l vohalari relyefi.
Quyi Zarafshon tabiiy geografik okrugining iqlimi va suvlari,
tuproqlari,
o‘simliklari va hayvonot dunyosi. Iqlimining o‘ziga xos
xususiyatlari. Iqlim elementlarining hududiy
o‘zgarishi. Zarafshon daryosi va
uning gidrologik xususiyatlari. Undan boshlanuvchi kanallar. Suv omborlari.
Yer osti suvlari. Tuproqlari,
o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘ziga xos
xususiyatlari. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Ekologik muammolari,
Buxoro,
Qorako‘l vohalarida tuproqlarning sho‘rlanish sabablari. To‘qay
o‘simlik va hayvonlari, ularni muhofaza qilish. “Jayron” Respublika
ekomarkazi.
Do'stlaringiz bilan baham: |