Tabiiy va iqtisodiy fanlar tavsifi


O‘z-o‘zini  rivojlantirish


Download 1.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/82
Sana03.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1153399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82
Bog'liq
Географи ва иқтисодиёт

O‘z-o‘zini 
rivojlantirish 
kompetensiyasini 
shakllantirishda 
umuminsoniy fazilatlariga ega 
bo‘lish, Vatanni sevish, huquqiy, iqtisodiy 
bilimlarga ega bo
‘lish, yangiliklarga intilish va o‘zlashtirgan nazariy bilimlari 
asosida mustaqil qaror qabul qilishga, jamiyatda 
ro‘y berayotgan progressiv 
va innovatsion 
o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish hamda ulardan kundalik 
hayotda foydalana olishga 
o‘rgatish zarur. 
Ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishda 
fuqarolik burch, ijtimoiy va siyosiy rivojlanish, favqulodda vaziyatlar, 
ekologik muammolar haqida bilimlarga ega 
bo‘lish hamda badiiy va san’at 
asarlarini tushunish hamda ularni asrashda tashkilotchilik xislatlarini 
rivojlantirishdan iborat. 
 



umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi 
3. UMUMIY 
O‘RTA TA’LIMDA GEOGRAFIYA VA IQTISODIYOT FANINI 
O‘QITISH
3.1. GEOGRAFIYA VA IQTISODIYOT FANINI 
O‘QITISH KONSEPSIYASI 
 
1-bob. UMUMIY QOIDALAR
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida Geografiya va iqtisodiyot 
fanini 
o‘qitishni rivojlantirish Konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-sonli Farmoni bilan 
tasdiqlangan 
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini
” va 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-sonli 
Farmoni bilan tasdiqlangan 
“2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston 
Respublikasining 
Atrof 
muhitni 
muhofaza 
qilish 
konsepsiyasi
”da 
belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
Konsepsiya xalq 
ta’limi tizimida geografiya va iqtisodiyot fanini 
o‘qitishni rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilab beradi.
 
Jumladan, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning 
ta’lim sohasidagi 
yutuqlaridan foydalanib milliy xususiyatlarni va respublikamizda amalga 
oshirilayotgan 
islohotlarni 
hisobga 
olgan 
holda 
ta’lim sohasini 
takomillashtirish; 
geografiya va iqtisodiyot fani davlat 
ta’lim standarti talablarining ta’lim 
sifati va kadrlar tayyorlashga 
qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini 
ta’minlash; 
geografiya va iqtisodiyot fani 
bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 
bitiruvchilariga 
qo‘yiladigan malaka talablarini amaliyotga tatbiq etish; 
geografiya va iqtisodiyot fani mazmunini sifat jihatidan yangilash, 
shuningdek 
o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini 
individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish; 
yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, tabiatni 
o‘rganish, undan 
foydalanish va muhofaza qilish
, o’lkashunoslik va turizm, moliyaviy-iqtisodiy 
savodxonlikni oshirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan bilimlarni hosil qilishda 
maktabdan tashqari 
ta’limning to‘garak, ekskursiya va boshqa zamonaviy 
yo‘nalishlarini joriy etish; 
geografiya va iqtisodiyot fanini 
umumta’lim fanlari bilan o‘zaro 
integratsiyasi va 
o‘quvchilarni tabiat, aholi va xo’jalikni o’rganish, atrof-
muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda 
iqtisodiyot 
tarmoqlari 
va ijtimoiy sohalar bilan bog‘liq bo‘lgan 
mutaxassisliklarga qiziqtirish orqali kasbga 
yo‘naltirishni tashkil etish; 
geografiya va iqtisodiyot fanining mazmuni, mustaqil hayotda 
qo‘llash 
imkoniyati 
bo‘lgan moliyaviy-iqtisodiy va ekologik savodxonlikni, tanqidiy 
fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish; 
o‘quvchilarni dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quv 
tadqiqotlarini 
o‘tkazish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan ijodkorligini 
tarbiyalash; 


10 

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling