Tabiiy va iqtisodiy fanlar tavsifi
Geografiya va iqtisodiyot
Download 1.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Географи ва иқтисодиёт
Geografiya va iqtisodiyot
o‘quv predmeti o‘quvchilarda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obyekt, jarayon va hodisalar, Vatanimiz tabiiy sharoiti va boyliklari, aholisi va xo‘jaligi, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning geografik asoslari, tabiatdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishning global va hududiy muammolari, moliyaviy-iqtisodiy savodxonlik va bozor iqtisodiyoti asoslari haqida ilmiy-amaliy tushunchalarni shakllantiradi, mustaqil fikr-mulohaza yuritishni, geografik va iqtisodiy bilimlarni amalda qo‘llashni o‘rgatadi. Fanni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda xaritalardan foydalana olish ko‘nikmalari, ekologik va moliyaviy-iqtisodiy savodxonlikni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Geografiya va iqtisodiyot fani o‘quvchilarda tabiat, aholi va xo‘jalik haqida tushunchalarni shakllantirish jarayonida fizika, kimyo va biologiya fanlariga oid ma’lumotlardan foydalanadi, turdosh fanlar sohasidagi bilimlarni o‘z maqsad va vazifalaridan kelib chiqib mazmun-mohiyatiga singdiradi. Shu bilan birga, geografiya va iqtisodiyot fanini o‘qitish natijasida shakllantiriladigan tushuncha va kompetensiyalar boshqa tabiiy va iqtisodiy fanlarda o‘rganiladigan obyekt, hodisa va jarayonlar haqida kompleks tasavvurni tarkib toptirishga xizmat qiladi. 6 umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi Biologiya o‘quv predmetlari o‘quvchilarda jonli tabiatning obyekti va tizimini his etish, jonli va jonsiz tabiat o‘rtasidagi aloqalarni shakllantiradi. Jonli muhit muammolarini hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar, o‘quvchilarning ijtimoiylashuvi yaxshilanadi. Bir vaqtning o‘zida atrofimizni o‘rab turgan jonli tabiatga ijobiy munosabat, tabiiy rang- baranglikni saqlab qolish, shuningdek, javobgarlikni his kilgan holda mustahkam hayotiy faoliyat shakllanadi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling